Reja : Kirish Asosiy qism
Bo ‘gimoyoqlilar tipining filogeniyasi
Download 1.55 Mb.
|
umirtqasiz hayvonlar kelib chiqishid
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xelitseralilaming filogenetik
- Jabra bilan nafas oluvchilar filogeniyasi.
Bo ‘gimoyoqlilar tipining filogeniyasi
Bo‘g‘imoyoqlilar tipining ajdodlari tanasi ko‘p bo‘g‘imlargabo‘lingan primitiv tuzilgan ko‘p tokli halqali chuvalchanglar bo‘Igan. Ko'pchilik olim- laming fikricha bo‘g‘imoyoqlilar bilan halqali chuvalchanglar tuzilishidagi umumiy o'xshashlik ulami bitta umumiy Articulata (bo‘g‘imlilar) tipiga birlasbtfrish uchun asos bo ‘ladi. Во‘g‘imoyoqlilar turli kenja tiplarining vakillari bir-biridan tanasining bo‘limlargabo‘linishi, bosh bo‘limining ixtisoslashish darajasi, oyoqlarin- ing tuzilishi va lichinkasining rivojlanish xususiyatlari bilan keskin farq qiladi. Halqali chuvalchanglardan bo‘g‘imoyoqlilaming kelib chiqish jaray- oni tana tuzilishi murakkablashuvi orqali borgan. Bu jarayonda chuval- changlaming yupqa kutikulasi pishiq tashqi tana skeletiga aylangan; teri- muskul xaltasi alohida muskullarga ajralib ketishi tufayli aralash tana bo‘shlig‘i - miksotsel paydo bo‘lgan; parapodiylardan yurish oyoqlari, orqa qon tomiridan esa yurak kelib chiqqan; murakkab ko'zlar rivojlan- gan. Sefalizatsiya (boshning shakllanishi) jarayonida tananing oldingi bo‘g‘imlaridan bosh bo'limi hosil bo‘lishi va oldingi parapodiylar og‘iz opganlari (jag‘lar)ga aylanishi tufayli tanadagi gomonom bo‘g‘imlar o‘miga geteronom bo‘g‘imlar paydo bo‘lgan. Yuqorida keltirilgan fikrlarning da- lili sifatida suvda hayot kechiradigan ayrim bo‘g‘imoyoqlilarda nafas ol- ish organi tashqi teri jabralaridan iborat ekanligini aytib o‘tish kifoya. Tu- ban qisqichbaqasimonlarning jabrasi ham parapodiylardan kelib chiqqan oyoqlar bilan bog'langan; biroq oyoqlar bo‘g‘imlarga bo‘linganligi bilan parapodiylardan farq qiladi. Bo‘g‘imoyoqlilaming antennullasi halqali chu- valchanglaming paypaslagichlaridan hosil bo‘lgan. Xelitseralilaming filogenetik yo'li trilobitasimonlardan boshlanadi. Tri- lobitalar paleozoy oxirigacha yashagan; ulaming avlodlari evolyutsiya davomida antennullalarini yo‘qottan, boshidagi birinchi juft о‘simtalari xelitseralarga, ikkinchi jufti pedipalpalarga, qolgan ikki jufti esa oldingi ikki juft yurish oyoqlariga aylangan. Tana bo‘g‘imlaridan oldingi ikki jufti ko'pchilik xelitseralilarda bosh bo‘limi bflan birlashib yaxlit boshko‘krakni, qolgan bo‘g‘imlari esa oldingi va keyingi qorin bo‘limIarini hosil qilgan. Shu sababdan xelitseralilar trilo- bitasimonlar orqali halqali chuvalchanglar bilan filogenetik bog'langan. Xelitseralilaming tuban tuzilgan vakillari trilobitasimonlar singari suvda hayot kechiradi va jabra bilan nafas oladi; oliy xelitseralilarga mansub bo'lgan o'rgimchaksimonlar esa quruqlikda yashashga moslashgan. Shunday qilib, bo‘g‘imoyoqlilar evolyutsiyasi ikki xil parallel filogene- tik yo‘nalishda borganligini taxmin qilish mumkin. Ulardan birinchisidan dastlab jabra bilan nafas oluvchilar, keyinroq traxeyalilar kelib chiqqan. Ikkinchi yo‘nalish trilobitasimonlar orqali xelitseralilaming paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu jarayonda birinchidan oligomerizatsiya tufayli halqali chuvalchanglarda tana bo‘g‘imlarining soni tobora kamaya borsa, ikk- inchidan ayrim bo‘g‘imlaming ixtisoslashuvi kuchaygan. Oligomerizatsiya o‘z navbatida tana bo‘g‘imlarining geteronomligi, organlaming ixtisoslashuvi hamda kuchayishiga sabab bo'lgan. Jabra bilan nafas oluvchilar filogeniyasi. Bu kenja tipda tuban tuzilishbelgilarijabraoyog'lilarda saqlanib qolgan. Chunki ular tanasi ко‘p sonli gomonom bo‘g‘imlarga bo‘lingan; nerv sistemasi qorin nerv narvoni tipida tuzilgan; yuragi uzun naysimon; oyoqlari kalta, ikki shoxli bo‘ladi. Shunga o'xshash tuban tuzilish belgilarini bargoyoqlilar va sefalokaridlar turkumlari vakillarida ham ко‘rish mumkin. Tana bo‘g‘imlari soni jabraoy- oqlilarda 31 tagacha, bargoyoqlilarda esa 46 tagacha yetadi. Shoxdor mo‘ylovlilaming vakillarida esa 8 tagacha kamayadi. Chig'anoqli qisqichbaqasimonlar va jag‘oyoqlilar bo‘g‘imoyoqlilar evolyutsiyasining ikkinchi yo'nalishini tashkil qiladi. Ulaming tanasi kam miqdordagi bo‘g‘imlardan (chig‘anoqlilarda - 10, jag‘oyoqlilarda - 14) iborat. Bu ikki turkum bitta umumiy polimer halqali chuvalchanglardan kelib chiqadi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling