Reja : Kirish Asosiy qism


Tikanboshlilar filogeniyasi


Download 1.55 Mb.
bet4/8
Sana23.12.2022
Hajmi1.55 Mb.
#1047991
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
umirtqasiz hayvonlar kelib chiqishid

Tikanboshlilar filogeniyasi
Tikanboshlilar filogeniyasi to‘g‘risidagi eng eski nazariya ulami yassi chuvalchanglar bilan yaqinlashtiradi. Xartumni sestodlar skoleksiga o‘xshashligi, hazm qilish sistemasining bo‘lmasligi, ayirish sistemasining protonefridiy tipida boiishi, nerv sistemasidaortogen belgilarining bolishi ana shundan darak beradi. Lekin yopishuv organlarining tuzilishi va ichakning yo‘qolib ketishi ulami parazit yashashi bilan pay do bo'lgan konvergent bel- gilar hisoblanadi. Tikanboshlilarga yassi chuvalchanglardan mustaqil holda kelib chiqqan va tor doirada ixtisoslashgan hay vonlar tipi sifatida qaralishi lozim. Ular hayvonot dunyosining uchi berk shoxchasi hisoblanadi.

Tikanboshlilaming tuzilishi.
A -urg‘ochi.
В-erkak: 1 - hartum, 2 - hartum qini, 3 - lemniska, 4-qin muskullari, 5-ligament, 6-tuxum, 7-bachadon qo‘ng‘irog‘i, 8 - bachadon, 9 - qin, 10 - jinsiy teshik,
11- bosh gangliy, 12 - nerv stvoli, 13 - urug‘donlar, 14-urug‘ yo'llari, 15 -sement bezlari, 16-protonefridiy, 17 - kuyikish organi, 18 - kuyikish xaltasi

Mollyuskalar filogeniyasi
Ko‘pchilik olimlaming fikriga qaraganda, mollyuskalar halqali chu- valchanglardan kelib chiqqan. Darhaqiqat, mollyuskalarning embrional rivojlanishi, xususan, tuxum hujayrasining maydalanishi, mezodermaning hosil bo‘lishi, shuningdek troxofora lichinkasi ulami halqali chuvalchang­lar bilan qarindoshligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari eng sodda tuzilgan yonboshnervlilar vamonoplakoforalaming tuzilishidametamerlik xusus- iyati yaqqol ко ‘zga tashlanadi. Bu xususiyatni’ nautilusda ktenidiy jabralar, buyraklar va yurak bo‘lmalarining soni 2 juftdan bo‘lishi ham isbot qiladi. Biroq bir qancha zoologlaming fikricha mollyuskalar chig‘anog‘i va or- ganlarining metamerligi birlamchi emas, balki ikkilamchi paydo bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Masalan, faqat buyrak teshigi oldidajoylashgan osfradiyga ega bo‘lgan bir juft jabralar haqiqiy, boshqalari esa nafas olishni jadal- lashtirish uchun ikkilamchi tarzda keyinchalik kelib chiqqan.
Xuddi shun­ingdek monoplakoforalarning qalpoqsimon chig‘anog‘i va metamer joy­lashgan muskullari ham ikkilamchi paydo bo‘lgan. Chunki qadimgi mono- plakoforalaming spiral chig‘anog‘i va ikki boylash muskullari bo‘lgan.
Mollyuskalar evolyutsiyasini ko‘rsatib berishda ichki organlar, ayniqsa selom bo‘shlig‘i organlaridagi metamerlik belgilari ko‘proq ahamiyatga ega. Neoplinada 6-7 juft metanefridiy tipidagi ayirish organlari, 2 juftdan jinsiy bezlar va yurak bo‘lmachasining bo ‘lishi mollyuskalar tanasini dastlab 6-7 bo ‘g ‘imdan iborat bo ‘lganligidan dalolat beradi. Bu hoi mollyuskalam- ing qadimgi ajdodlari tanasi oz sondagi larval lichinka uchun xos halqalar- dan iborat oligomer halqali chuvalchanglar bo‘lganligidan darak beradi. Oligomerizatsiya jarayoni tufayli bir qancha organlar (buyrak, yurak bo'lmasi, haqiqiy ktenidiy jabralar) soni kamayib ketgan.
Hozirgi mollyuskalar orasida monokoplakoforalar eng sodda tuzilgan. Buni neoplinaning tuzilishi ko‘rsatib turibdi. Monoplakoforalar tuzilishin- ing ayrim belgilari, xususan yurak qorinchasining ikkita bo‘lishi bilan plas- tinkajabralilar, qorinoyoqlilar va boshoyoqlilaming embrioniga o'xshab ketadi. Yonbosh nervlilaming yuragi doimo toq boiadi. Bundan tashqari monoplakoforalar yonboshnervlilarga nisbatan birmuncha sodda tuzilgan. Shuning uchun mollyuskalarning bu ikki kenja tiplari umumiy ajdodlaridan ancha ilgari ajralib chiqqan bo‘lishi lozim. Bu gipotetik ajdodining chig‘anog‘i bo'lmagan; faol hayot kechirgan. Undan mollyuskalarning ikki guruhi-yonboshnervlilar vachig‘anoqlilar kelib chiqqan. Sodda tuzilgan qadimgi monoplakoforalardan hozirgi qorinoyoqlilar, plastinkajabra- lilar, kurakoyoqlilar paydo bo‘ladi.Boshoyoqli mollyuskalar boshqa guruhlardan mustaqil ravishda dast- labki sodda mollyuskalardan kelib chiqqan bo'lishi lozim.



Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling