Reja: klassik siyosiy iqtisod
Download 288.24 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- David Rikardo (1772–1823)
«Xalqlar
boyligini ng tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqo t» 1-qismida: qiymat va qo’shimcha daromad muammolari tadqiq etildi 2-qismida: kapital jamg’arilishi va uning funktsional shakllari 3-qismida: kapitalizm rivojlanishining tarixiy shart-sharoitlari ko’rsatib berildi 4-qismida: merkantilizm va fiziokratlar ta’limotiga bo’lgan o’zining munosabatlari aks etildi 5-qismida: davlat moliyasi savollari ko’rib chiqildi D.Rikardoning iqtisodiy ta’limoti David Rikardo (1772–1823) klassik iqtisodiy maktabining atoqli vakillaridan biri hisoblanadi. U Londonda badavlat birja makleri yahudiy Avraam Rikardo oilasida tug’ilgan. Oiladagi 17 farzandning uchinchisi bo’lgan David yoshligida muntazam ta’lim olgan emas va u hech qachon kollej va universitetlarda ham o’qimagan. Lekin u otasi yordamida tijorat sirlarini yaxshi o’rgangan va 16 yoshidayoq kontora va birjada otasiga yordamchi bo’lib ishlagan. D.Rikardo 21 yoshida otasi bilan aloqani uzishga majbur bo’ldi. Chunki otasi uning xristian dinidagi qiz bilan bo’ladigan nikohiga qarshi edi. Oradan 5–6 yil o’tgach, D.Rikardo birjada o’ynab yirik boylik orttirdi (bu davrga kelib uning oilasida uchinchi farzand tug’iladi, keyinchalik bu oila yana beshta farzand ko’radi). D.Rikardo 1810 yilga kelib London moliya dunyosidagi yirik shaxslarning biriga aylanadi. 1799 yili Bat kurortida D.Rikardo A.Smitning “Odamlar boyligi ...” asarini o’qib chiqqach, unda birinchi bor siyosiy iqtisodga bo’lgan jiddiy qiziqish paydo bo’ladi. Shundan keyin u siyosiy iqtisod bilan shug’ullana boshladi va hammani qiziqtirgan savollarga javob berishga harakat qildi . Iqtisodiyotning asosiy kontsepsiyasida Rikardo burilish yasadi. Rikardo iqtisodiyotning asosiy maqsadi kapitalistlar va ishchilar o’rtasida daromadlarni taqsimlashni tartibga solish qonunini o’rganish deb hisoblagan. Turgo, Stuart, Smit, Sismondi va boshqalar asarlarida ijara, foyda, ish haqi va boshqa tabiiy ma’lumotlar berilgan bo’lsa, siyosiy iqtisod muammolari: daromad va uni taqsimlash qonunlari ilmiy tahlil qilinmagan edi. Rikardo daromadlarni taqsimlash funksiyasiga to’liq kirishib, uni tizimda makroiqtisodiyotni bir qismi sifatida tan oldi. Uningcha bu erda, uch sinf muammosi yotadi, bular: kapitalistlarni foyda olishga qiziqishi, yer egalarini renta olishi, ishchilarni ish haqi olishi. Kapitalistlarni aktsiyadan oladigan daromadini tushintirish uchun daromad, foiz, renta va ish haqi nazariyalari yaratildi. U daromadlarni taqsimlashda narxlarning davriy o’zgarishiga to’xtalib o’tilgan. Umuman olganda daromadlarni taqsimlash funksiyasi zamonaviy iqtisodiyotining makro va mikro darajadagi oddiy ko’rinishi, makroiqtisodiyot nazariyasining esa bir qismidir. Shunday bo’lsada, u tomonidan ilgari surilgan qiymatning mehnat nazariyasi nisbiy narxlarni shakllanishiga tayanch nuqta bo’ldi. Boshqa tomondan, Maltus va Rikardoning iqtisodiyotning makroiqtisodiy barqarorlik g’oyalari pravoslav cherkov tomonidan qariyb bir asrga yopib qo’yildi. Ingliz iqtisodchisi Tomas Robert Maltus (1766–1834) dvoryan oilasida tug’ilgan. Kembrij universitetini tamomlagach, qishloq ruhoniysi, 1807 yildan esa siyosiy iqtisod professori bo’ldi. Ehtimol, eng ashaddiy va qattiq tanqidga uchragan ingliz olimi Tomas Robert Maltus g’oyalari bo’lsa kerak. Pessimizmi uchun, aholi farovonligini ancha oshirish mumkinligiga ishonmaganligi uchun. «Nufus qonuni». T.Maltus resurslarning cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida aholi extiyojlarini qondirish muammosiga o’ziga xos tarzda yondashdi. U o’zining “Nufus qonuni to’g’risida tajriba” asarida aholi soni juda tez ko’payib boradi, oziq-ovqat mahsulotlarning o’sishi esa, ancha orqada qolib ketadi deb ishontirishga uringan. Asarlari «Nufus qonuni to’g’risida tajriba» (1798) «Yer rentasining tabiati va o’sishi to’g’risida tadqiqot» (1815) «Siyosiy iqtisodning printsiplari» (1820) T.Maltus aholining ko’payishini cheklovchi muayyan chora-tadbirlar qo’llanilmasa, insoniyat Download 288.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling