Reja: Abu Ali ibn Sinoning hayoti va
IBN SINONING TIBBIY FIKRLARI
Download 468.11 Kb.
|
IBN SINONING TIBBIY FIKRLARI
Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot, uning m ohiyati va vazifalari haqidagi ilmiy-nazariy fikrlari asosan uning o ‘zi yashagan o ‘rta asrlar fani darajasida b o ‘lgan. Lekin, u o ‘zining chuqur bilim i, o ‘tkir zehni va m antiqiy mulohazalari bilan o ‘sha davrdagi ko‘p olim lardan ancha yuqori turgan. Ibn Sino tibbiyotning m ohiyati va vazifalarini boshqalardan chuqurroq va kengroq tasaw ur etgan. 0 ‘rta asrlarda Sharq mamlakatlarida ilm-fan yuksak darajada rivojlangan edi. Lekin, shu bilan birga u b a’zi xato va kam chiliklardan ham xoli em as edi. Asosiy kam chilik shundan iborat ediki, u vaqtlarda tabiat hodisalari tajriba yo‘li bilan chuqur tekshirilm ay, ko 'p in ch a abstrakt falsafiy fikr yuritish va intuitsiya orqali hal qilinardi. Tibbiyot sohasida ham shunday edi. M asalan, kasallikning m ohiyati va kelib chiqish sabablari eksperim ental usul bilan isbot etilm agan ru tu b a tla r nazariyasi va m izo jlar tu sh u n ch asig a aso slan ard i. Bu tushunchalar tibbiyotda asosiy m ezon hisoblanardi. Ibn Sinodek buyuk olim ham bu tushunchalarni bosib o ‘tolm adi. U inson organizm ida sodir bo‘lib turuvchi fiziologik va patologik jarayonlami izohlashda shu rutubatlar va m izojlar tushunchasiga asoslanardi. Lekin, Ibn Sino o ‘zining o ‘tkir zehni va chuqur m ulohazalari bilan bu m asalada boshqa ko‘p olimlarga nisbatan aniqroq va tog‘riroq fikr yuritardi.Abu Ali ibn Sinoning tibbiy fikrlari uning tibga oid asarlarida, xususan, m ashhur "Tib qonunlari" kitobida o ‘z ifodasini topgan. Biz Ibn Sinoning tibbiy fikrlari haqida so‘z yuritishni shu kitobni tahlil qilishdan boshladik.Ibn Sino tibbiyot, uning m ohiyati va vazifalari haqida so‘zlab, aw alo tibbiyotning o ‘zi qanday fan degan masalaga to ‘xtaladi. U tibbiyotga bunday ta ’rif bergan. "Tibbiyot shunday bir ilmki, u bilan inson gavdasi ning ahvoli sog‘lik va kasallik jih atid an o ‘rganilib, uning mavjud sog‘lig‘i saqlanadi va yo‘qotilgani tiklanadi1". Ibn Sinoning bu ta ’rifida juda m uhim bir fikr bor. U salo m atlikni saqlash masalasini birinchi o ‘ringa qo'y g an . D em ak, Ibn S inoning tu sh u - nishicha, tibbiyotning asosiy vazifasi kishi lar sog‘lig‘ini saqlashdan iborat. Bu fikr yuksak darajada rivojlangan hozirgi zam on tibbiyotining asosiy qoidasiga butunlay mos keladi. Ibn Sino o ‘zining bu fikri bilan o ‘sha zamondagi ko‘pchilik tibbiyot nam oyandalarining fikrlaridan ming yil ilgarilab ketgan edi. Ibn Sino tibbiyotning vazifasi salom atlikni saqlashdan iborat, degan fikrni boshqa asarlarida ham ko‘p m arta ta ’kidlagan. Masalan, nazm bilan yozilgan "Urjuza fi-t-tib" ("Tibbiy uijuza") nom li kitobida bu fikrni qisqa va ihcham qilib, "Tibbiyot — sog‘liqni saqlash va kasallikni tuzatishdan iborat (fan)", deb yozgan. "Urjuza fi-t-tib" m azm un va hajm jihatidan "Tib qonunlri"dan so‘ng ikkinchi o ‘rinda turuvchi katta she’riy asardir. Ibn Sino tib ilm ini nazariy va am aliy qism larga b o ‘lgan. U ning yozishicha, nazariy qism tibning asosiy qoidaiarini o ‘rganadi. Xususan, u kasalliklarning turlari va sabablarini aniqlaydi. Amaliy qism esa tadbir va am alning qanday bo‘lishini ko‘rsatadi. Bu yerda Ibn Sino ikki m uhim masalani ko‘zda tutgan. U lardan biri sog‘lom tananing tadbirini bilish, ya’ni tana sog‘lig‘ini saqlash, buni olim sog'liqni saqlash ilmi deb atagan. Ikkinchi m asala kasal tananing tadbirini bilish, ya’ni kasallikni m uolaja qilib, uni sog‘lom holatga qaytarish. Buni Ibn Sino davolash ilmi deb atagan. Ibn Sino nazariy-tibbiy bilimlar doirasiga unsurlar, mizojlar, xiltlar, quwatlar, a’zolar va ularning funksiyalari haqidagi tushunchalami kiritgan. Olimning ta’kidlashicha bu tushunchalaming har biri o‘ziga xos mohiyatga ega. Ibn Sinoning unsurlar haqidagi tushunchasi atom istik nazariyaga yaqinlashib boradi. Ibn Sino unsurga bunday ta ’rif bergan: "Oddiy jism lar unsurlar) shunday narsalarki, ular shakli turlicha b o ‘lgan b o ‘laklarga bo‘linmaydi. Shu oddiy jismlarning qo‘shilishidan koinotdagi turli shaklga ega b o ‘lgan navlar paydo b o ‘ladi"‘ .Ibn Sinoning unsurlar haqidagi fikrlari D em okritning atom istik nazariyasining xuddi o ‘zidir, deyish to ‘g‘ri emas. A tom istik nazariyada bir xil atom (bitta m ateriya) ustida so‘z boradi. Ibn Sinoda esa to ‘rtta unsur (to‘rtta materiya) ustida fikr yuritiladi. Demokritning fikricha butun borliqning asosini bitta m ateriya (bir xil atom ) tashkil etadi. Ibn Sinoning fikricha esa borliq to ‘rt xil unsur (atom ) ya’ni to ‘rt xil m ateriyadan tashkil topgan, deb hisoblanadi. Bu tushunchalar bir-birlaridan farq qilsalar ham , ularda um um iylik bor. U larning h ar ikkovida borliq bo‘linm as atom lardan tashkil topganligi e ’tirof etiladi. Download 468.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling