Reja: Adabiyot-so’z san’ati
-Dars. Qadamiy adabiy yodgorliklar. “Avesto”-O’rta Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligi
Download 1.36 Mb.
|
Reja Adabiyot-so’z san’ati-fayllar.org
2-Dars. Qadamiy adabiy yodgorliklar. “Avesto”-O’rta Osiyo xalqlarining mushtarak yodgorligi
Reja: 1.O’rta Osiyo-qadimgi madaniyat o’choqlaridan biri 2.Turkiy xalqlarning mushtarak tarixiga bir nazar 3.”Avesto”. ”Mehr yasht” qismidan Mitra alqovi O'zbeklarning millat sifatida shakllanishi uzoq tarixga ega. O'zbeklar qadimgi turkiylarning avlodlaridir. Turkiylar keyinchalik mustaqil millat va xalq sifatida shakllangan o'zbek, qozoq, qirg'iz, boshqird, qoraqalpoq, turkman, uyg'ur, ozarbayjon, gagauz, usmonli turk, tatar, yoqut va boshqa xalqlarning ajdodlaridir. Shuning uchun ham qadimgi turkiylar qoldirgan ulkan madaniy va adabiy meros bu xalqlarning mushtarak yodgorligi hisoblanadi. Demak, «turk» katta bir til oilasining umumiy nomidir. Xerodot Sharq qabilalari orasida turg'itoylar yoki iskit yurtidagi turkiy (yurkey) lar haqida yozib qoldirgan. «Tavrot»da to'lharmalar nomi zikr etilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida tik, di, tukyu qabilalarining nomi qayd etilgan. Aslida bularning luiininasi «turk» so'zining turlicha shakllaridir. Qadimgi afsonalar Nuhning nabirasi, Yofasning o'g'illaridan birining nomi ham turk bo'lganini ko'rsatadi. Eron rivoyatlaridagi Faridunning o'g'li Turaj yoki Tur ham shu nomga aloqador.«Turon» so'zi ayni shu shakldan kelib chiqqan. O’rxun-Enasoy obidalarida «turk» va «turuk» atamalari uchraydi. Turk so'ziining ma'nolari xilma-xildir. U «qalpoq», “dubulg'a”, «tark etilgan», «yetuklik chog'i», «dengiz qirg'og'ida o'tirgan odam», «jazm etmoq», «tarqalmoq», «yoyilmoq», »kuch-quvvat», «bo'ri» ma'nolarini beradi. Geografik nom sifatida Turkiya atamasi qadimgi Bobil (Vizantiya) manbalarida mavjud. VI asrda bu nom Kichik Osiyoni anglatgan(Menandr). IX X asrlarda Volga bo'yidan O'rta Yevropagacha bo'lgan hududlar ham shu nom bilan atalgan. Onado'li — Anatoliya esa Xll asrdan boshlab Turkiya nomini olgan. Sluiningdek, qadimgi turkiy xalqlar yashaydigan joylar Turon deb nomlangan. Bu yerlarni forslar «Turonzamin» deyishgan. Qadimgi turkiylar o'z tili, madaniyatiga ega bo'lishgan. Bu tilning eng qadimgi davrlardagi taraqqiyoti haqida aniq ma'lumotlar mavjud emas. Dastlabki yozma manbalar esa VI—VIII asrlarga tegishlidir. Ular O'rxun-Enasoy obidalari nomi bilan mashhur bo'lgan bitiklardir. Har holda turkiy tilning milodning ilk asrlaridan boshlanganini taxmin etish mumkin. Bu til XII—XIII asrlargacha amalda bo'lgan. -15- 13 asrlik tarix silsilasida bu til namunalari shimoli-sharqda tabiatga ishonch sifatida O'rxun-Enasoy obidalarida, shimoli- g'arbda xristian dini shaklidagi nasorolar yozuvlarida, janubi- sharqda budda dinida so'g'd, uyg'ur yozuvlarida, moniylik dinida moniy va uyg'ur yozuvlarida, so'ngroq islom dinida arab yozuvi bilan yozilgan. O'rta Osiyo turkiy xalqlar madaniyati tarixida alohida mavqega ega. O'zbekiston hududidan qadimgi odam turmush tarzining izlari ko'plab topilgan. Samarqand yaqinidagi Omonqo'tan g'orida, Xo'jakent—Chorbog' tog'Iarida tig' shaklidagi, pichoqsimon va belchasimon ish qurollari, kiyik suratlari saqlanib qolgan. G'ordan topilgan tog' echkisi, ot, ayiq, qashqir, jayra, sug'urva boshqa hayvonlarning suyaklari qadimgi ajdodlarimiz ovchilik bilan mashg'ul bo'lganli- gini ko'rsatadi. Zorovut Kamar g'ori devorlaridagi suratlar ham qadimiy odamlar hayot tarzi haqidagi bilimlarimizni kengaytiradi. Bu suratlarning tuzilishi ancha murakkab. Unda go'yo yowoyi buqalarni ovlash tasvirlangan. Tasvirda chopib borayotgan buqalar, yelib borayotgan itlar va ovchilar ko'rsatilgan. Ovchilarning o'q-yoy otayotganlari ham aks etgan. Eramizdan awalgi uch ming yillikda metall buyumlar, qurol-yarog'lar ishlatilgani seziladi. Eramizdan awalgi VII asrdan boshlab sun'iy sug'orishga asoslangan dehqonchilikning rivojlanishi ko'zgatashlanadi. Sug'orish ishlari Amudaryo va Sirdaryo qirg'oqlari atrofida amalga oshirilgan. Xorazm davlatchiligi uch ming yillik tarixga ega. Kushonlar, Kangyuy, Qang' — Xorazm davlati tarixi olimlarimiz tomonidan o'r- ganilmoqda. Ma'lumki, eramizdan oldingi VI—V asrlar boshlarida O'rta Osiyoda ilk qadimiy davlatlar vujudga kelgan edi. Ularga i|iiisl)i I ron podsholarining (Kir) yurishlari qadimgi afsonalar («To'maris, «Shiroq»)da ham aks etgan. Iskandar Zulqarnaynning harbiy yurishlari ahamoniylar davlati inqirozini tczlashtirdi. Yunon-Baqtriva davlati shu tarzda yuzaga keldi. Uning yonida Parfiya, Baqtriva. So'g'd va Kushon davlatlari pavdo bo'ldi (eramizgacha II—( asrlar). Eramizning boshlarida esa Xorazmda Qang' davlati vujudga keldi. Qadimgi turkiylar davlati eramizning V asridan boshlab ancha kuchaygan. Birinchi Ko'k turk xoqonligi VI—Vlll asrlarda hukmronlik qilgan. Uning tarkibiga to'lashlar, tardushlar, uyg’urlar, o'n o'qlar, basmillar, qirg'izlar, o'g'uzlar, kitan va boshqalar kirgan. Xoqonlik 535- yilda paydo bo'lgan. 630-680- yillarda Ko'k turklar davlati inqirozga yuz tutadi. O'rxun-Enasoy obidalarida buning bir qator sabablari ochib berilgan. Jumladan, «Kul tegin" blliktoshida shunday omillar sanaladi: 1. Keyingi davrlardagi hukmdor va boshliqlarning layoqatsizligi.Taxtga tasodifiy odamlarning kelib qolishi: "Undan so'ng inisi og'asiday ish tutmagan ekan, o'g'li otasiday ish tutmagan ekan. Taxtga johil xoqon o'tirgan ekan, badfe’l xoqon o'tirgan ekan. Vaziri ham bilimsiz ekan. Qo'rqoq ekan ,, Turk beklari turkcha otini tashladi. Tabg'ach beklarining tabgachcha otini qabul qilib, tabg'ach xoqoniga qaram bo'ldi. Ellik yil kuchini sarf qilibdi». -16- 2. Turkiy qavmlarning o'zaro noahilligi: Tarbiyat qilgan xoqonning so'zini olmayin har qayerga ketding U yerlarda butunlay g'oyib bo'lding, nom-nishonsiz ketding" 3.Tabg’ach davlalatining siyosati va ichdan yemiruvchi targ’iboti-tashviqoti: “Oltin kumush. ichkilik, ipakni shuncha hisobsiz berayotgan tabg’ach xalqi so'zi shirin, ipak kiyimi nafis ekan.hirin so’zi,ipak kiyimi bilan aldab, yiroq xalqni shu xilda yaqinlashtirar ekan. Yaxshi qo'shni bo'lgandan keyin yovuz ilmini u yerda o'rganar ekan”. Qadimgi turkiylar yuksak madaniyat egalari bo'lishgan. Ular dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik bilan ko'proq shuig'ullanishgan. Ayniqsa, yilqichilik asosiy o'rin tutgan. Bu ko'pgina mifologik, folklor va tasviriy san'at asarlarida ham o'z ifodasini topgan. Jumladan, Xorazmdagi Qo'yqirilgan qal'asidan topilgan hamda eramizgacha bo'lgan IV— III asrlarga oid deb qaraladigan sopol ko'zachalarda qanotli otlar tasviri mavjud. Tuyachilik ham yaxshi rivoj- langan. 647- yilda turk yabg'usi (mansab nomi)ning maxsus uzum jo'natgani haqida xabar bor. Shuningdek, donli ekinlar asosiy o'rin tutgan. Bolaliktepa (Surxondaryo) dan uzum uru- g'i, bug'doy, arpa, mosh, shaftoli, o'rik, olcha, qovun, tarvuz urug'lari, yong'oq, pista, bodom qoldiqlari, paxta chanog'i topilgan. Xuddi shu yerda birqator tasviriy san'at namunalari ham mavjud. Jumladan, u yerdagi zodagon ayollar tasviri qadimgi ajdodlarning yuksak san'atidan dalolat beradi. Panjakentdagi devorga chizilgan san'at namunalari ham bu fikrni tasdiqlaydi. Ajinatepa (Surxondaryo)dan topilgan haykallar esa hay- kaltaroshlikning yuksak darajada rivojlanganligidan dalolatdir. Ayritom (Termiz yaqinida)gi budda ibodatxonasi xaroba- laridan topilgan musiqachilarning toshdan yasalgan haykal- chalari bu fikrni quvvatlaydi. Unda uch musiqachi ayol tasvir- langan. Bu ayni paytda musiqa san'atining rivojidan ham dalolatdir. Savdoning alohida mavqeyi haqida ham to'xtash joiz. Zero, turkiylar muhim savdo yoilarining ustida edi. Bu holat bir qancha xalqlar madaniyatining bir-birlariga ta'sir ko'rsa- tishiga ham omil bo'ldi. Birgina «Avesto»da ham turkiy, ham eroniy xalqlar dunyoqarashi, urf-odatlari, yashash tarzlariga oid ma'lumot- larning uchrashi tasodifiy emas. Savdo aloqalarining kengayishi turli tillar va yozuvlarning ham keng tarqalishiga sabab bo'ldi. Oromiy va yunon yozuvlari iste'molda edi. Oromiy yozuvi asosida shakllangan so'g'd va xorazmiy yozuvi ham qoilanila boshlaydi. Bu yozuv yodgorliklari tangalar, muhrlar, kumush buyumlar va ayrim hujjatlarda aks etgan. Xorazmiy yozuvi- ning eng qadimgi namunasi Qo'yqirilgan qal'asidan topilgan bo'lib, eramizdan oldingi III asrga oiddir. So'g'd yozuvining yodgorligi esa Tali Barzu (So'g'd)dan topilgan sopol idish sinig'iga o'yib yozilgan va u eramizdan oldingi I asrga tegishli. Bu yozuv namunalarining II—III asrlarga oid obidalari Dunxuan (Sharqiy Turkiston)dan -17- topilgan. Ularda Samarqandda yashagan ona va Dunxuanda turadigan qiz o’rtasidagi yozishmalar ifodalangan. Yozishmalar oilaviy turmush, O'rta Osiyo xalqlarining yuqori madaniy saviyasi haqidagi axborotlarni beradi. Mug' tog'i (Panjakent yaqini)dagi qal'adan topilgan 400ga yaqin buyum alohida ahamiyatga molik. Ular orasida to'qilgan qopqoq va sandiqlar, ustiga teri qoplangan ayollar idishi, ayniq|sa, undagi bezatilgan ot va qurol-anjomli suvoriy tasviri va boshqa buyumlar bor. Jumladan, ko'plab yozma manbalar ham topilgan. Charmga yozilgan arabiy bitik hujjatda lashkarboshi Divashtining jang oldidan ittifoqchilaridan yordam so'ragani bayon qilingan (VIII asr). Ayni paytda ular o'z davrining tarixiy hujjati va so’g’d tilining yodgorligi sifatida ham katta ahamiyatga ega. "Qutadg'u bilig» (Yusuf Xos Hojib) asarining XV asrda llirotda ko'chirilgan nusxasi shu yozuvda bitilgan. «Hibat ul- haqoyiq» (Ahmad Yugnakiy) asarining ham uyg'ur yozuvidagi nusxasi topilgan. X asrda Beshbaliq (Sharqiy Turkiston) shahrida yashagan Singqu Seli Tutung «01tin yorug'» asarini Xitoy tilidan tarjima qilgan. Bu asar tarjimasi ham uyg'ur yozuvida bitilgan. Shuningdek, «0'g'uznoma», «Muhabbatnoma» (Xorazmiy), «Latofatnoma» (Xo'jandiy), «Mahzan ul-asror» (Mir Haydar) va boshqa ko'pgina asarlarning uyg'ur yozuvidagi nusxalari ham mashhurdir. «Avesto» — O'rta Osiyo xalqlarining eng qadimiy mushtarak yozma yodgorligi. U zardushtiylik dinining muqaddas kitobidir. O'rta Osiyoda yashagan qadimgi aholining asosiy qismi shu dinga e'tiqod qilgan. U O'rta Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqla'rining qadimgi davrdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, dinlari,olam va odam to'g'risidagi tasavvurlari, urf-odatlari, ma'naviy madaniyatlari, adabiyoti va yozuv san'ati tarixini o'rganishda muhim manba hisoblanadi. «Avesto»dagi ma'lumotlarning qadimgi qismlari miloddan avvalgi 3000-2000- yillarga taalluqlidir. Ular «Gotlar» («Gohlar») va «Yashtlar» deb nomlangan. Abu Rayhon Beruniy (973—1048) «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida «Avesto» haqida bunday ma'lumotlarni beradi: «Podshoh Doro ibn Doro xazinasida «Avesto»ning o'n ikki ming qoramol terisiga tilla bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni vayron qilib, ularda xizmat etuvchilarni o'ldirgan vaqtda uni yondirib yubordi. Shuning uchun o'sha vaqtdan beri «Avesto»ning beshdan uch qismi yo'qolib ketdi. «Avesto» o'ttiz «nask» edi. Majusiylar qo'lida o'n ikki nask chamasi qoldi. Biz Qur'on bo'laklarini haftiyaklar deganimizdek, nask «Avesto» bo'laklaridan har bir bo'lakning nomidir». «Avesto» o'sha davrlar tarixi, fani, madaniyati haqida ma'lumot beruvchi qomusiy asardir. U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Unga yozilgan sharhlar «Zend Avesto» nomi bilan mashhurdir, O'rta Osiyoga arablarning kirib kelishi bilan zardushtiylik diniga sig'inuvchilar ta'qib ostiga olingan. Shu tarzda u asta-sekin O'rta Osiyo xalqlari orasida iste'moldan chiqa borgan. -18- «Avesto» ko'p xudolikdan yakka xudolikka o'tish davrida bitilgan. Unda olam ikki asos, ikki ibtido, ya'ni yorug'lik va zulmat, yaxshilik va yomonlikning kurashidan iborat, deb izohlanadi. Yaxshilik xudosi Axuramazda — Xurmuzd bo'lib, u go'yo yer, suv, o'simliklar va barcha tabiiy boyliklarni yaratgan. Yomonlik ramzi Axriman esa unga qarshi kurashadi. Asarda bu kurashning badiiy ifodasi ham muayyan darajada o'z aksini topgan. «Avesto»da yozilishicha, zardushtiylikda qo'riq yer ochib, bog'-rog' qilgan odam ilohiyot rahmatiga erishadi. Yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurash 3—4 ming yillardan so'ng adolat, ezgulik g'alabasi bilan tugaydi. Yerga osmondan uch soshyanta — farishta tushadi va insoniyatni yovuzliklardan qutqaradi. Uchinchi farishta tushganida qiyomat-qoyim bo'lib, barcha o'lganlar tiriladi. Xurmuzd — Axuramazda va uning farishtasi yovuz ruh — Axrimanni qaynab turgan ma'fanga tashlaydilar. «Avesto»da ifoda etilgan zardushtiylik ta'limotiga ko'ra, odam vafot etgach, to'rtinchi kuni Tangri farishtasi Surush (farishta Jabroilning vazifadoshi) uning ruhini Chinvod qilko'prigiga olib keladi. U yerda odamning bu dunyoda qilgan yaxshiliklari o'lchanadi. Yaxshiliklari ko'p bo'lgan odam qilko'prikdan o'tib, jannat bog'lariga kiradi. Gunohkorlar do’zaxga boshlovchi dev Vizrash ixtiyoriga topshiriladi. «Avesto» ta'limotiga ko'ra, yaxshilik qiluvchi odam pokizalik urug'larini ekadi, bu yaxshilik urug'lari iymonni oziqlantiradi. Yaxshilik qilmay, jabr-zulm qiluvchilar iymonsiz, do’zaxiy odamlardir. Madaniy merosning nihoyatda katta ma'rifiy-tarbiyaviy ahamiyati bor. U yoshlarimizda axloq-odob va ezgulikni, do'stlik va ahillikni, yaxshilik va oliyhimmatlikni, qahramonlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlikni shakllantirish va tarbiyalashda o'ziga xos o'ringa ega. Ana shu xislatlariga ko'ra ham u zamonamizga xizmat qilaveradi. Zero, «Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy o'zlikni anglashni, ta'bir joiz bo'lsa, milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi». «Avesto» o'sha davrlar tarixi, fani, madaniyati haqida ma'lumot beruvchi qomusiy asardir. U pahlaviy tiliga tarjima qilingan va unga sharhlar yozilgan. Bu buyuk asar hozir dunyodagi ko'plab xalqlarning tillariga o'girilgan. Mustaqillik sharofati bilan u o'zbek tiliga ham (Asqar Mahkam va Mirsodiq Is'hoqov) tarjima qilindi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling