Reja: Adabiyot-so’z san’ati
Download 1.36 Mb.
|
Reja Adabiyot-so’z san’ati-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- TAZKIRALARDAN AYRIM NAM UN ALAR Mirzo Ulugbek
- Boysungur Mirzo
- SAYYOHLIK ASARLARI
- Arrian Flaviy
TAZKIRACHILIK
«Tazkira» arabcha so'z bo'lib, «zikr», ya'ni «eslatib o'tish», «yozib qo'yish» ma'nosini anglatadi. U shoirlarning hayoti va ijodi haqida eng muhim ma'lumotlar, asarlaridan namu- nalar keltirilgan antologiya-majmuadir. Uning eng qadimgi namunasi Abu Mansur as-Saolibiy yaratgan «Yatimat ud-dahr fi mahosini ahl al-asr» («Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona») tazkirasidir. U o'sha davr (XI asr) Arab, Ajam, Movarounnahr, Xorazm va Xuroson adabiyoti haqida qimmatli ma'lumotlarni beradi. Muhammad Avfiyning «Lubob ul-albob» («Mag'izlarning mag'izi», XIII asr), Davlatshoh Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» (XV asr), Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar», XV asr), Maleho Samarqandiyning «Muzakkir ul-as'hob» («Suhbatdoshlarningzikri», XVIII asr), Fazliy Namanganiyning «Majmuat ush-shuaro» (XIX asr) asarlari tazkirachilikning eng yaxshi namunalaridir. Bu tazkiralar adabiyotimiz tarixini, o'tmishda yaratilgan durdona asarlarning g'oya va mazmunini o'rganish uchun asosiy manbalar sifatida qimmatlidir. Keyingi tarixchilar o'z asarlarini yozishda mana shunday tazkiralarga suyanib ish tutganlar. TAZKIRALARDAN AYRIM NAM UN ALAR Mirzo Ulug'bek — donishmand podshoh erdi. Kamoloti bag'oyat xo'b erdi. Yetti qiroat bila Qur'oni majid yodida erdi. Hay'at (astronomiya) va riyoziy (matematika, aljabr)ni xo'b bilur erdi. Andog'kim, «Zij» bitdi va rasad bog ladi va holo (hozirgacha) aning «Zij»j aroda shoye'dur. Bovuju bu kamolot gohi nazmg'a mayl qjiur. -9- Boysung'ur Mirzo - xushta'b va saxiy, ayyosh (bazm ayshlarni sevguvchi) va hunarparvar podshohe erdi. Xattot va naqqosh va sozanda va go'yandadin muncha benazir kishi (bordir) kim, aning tarbiyatidin arog'a kirdi. Ma'lum emaskim, liccli podshoh zamonida paydo bo'lmish bo'lg'ay…Alisher Navoiy, «Majolis un-nafoisdan”dan SAYYOHLIK ASARLARI O'rta Osiyo xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy hayotiga dunyo xalqlarining qadimdan qiziqqanliklari yaxshi ma'lum. Hatto alohida sayyohlarning snu muammolarni atrollicha o'rganish uchun maxsus safarlarga chiqqnni ham sir emas. . . . Xerodot (mil. av. 490/4K()-430/424) yunon tarixchisi. U yunon-lbrs urushlari haqida ma'lumotlar to'plab,O’rta Osiyo xalqlari hayoti haqida ham ko'plab axborotlarni yozib qoldirgan. Xerodotning «Tarix» asari 9 kitobdan iborat bo’lib, har bir kitobi yunonlar e'zozlaydigan 9 muzadan biriga ba- g'ishlangan (Klio, Evderna, Galiya Menpanena, Terpsixora Erato, Poligimniya, Uraniya, Kalliopa). Bu kitoblarda tors (Lion) podshohlari, skif qabilalari Midiya va Yunoniston (Ellada) kabi qudratli davlatlar o'rtasida chiqqan urushlarning sabablarini aniqlashga intiladi. Xerodot fikricna yaxshilikka yomonlik, yovuzlik, axloqsizlik, adolatsiz ishlar xalqaro urushlarni keltirib chiqaradi Strabon (mil. av. 64/63 - mi|. 23/24- yillar) - qadimgi yunon tarixchisi va sayyohi. U 17 jilddan iborat «Geogratiya» kitobining muallifi. Unda Qora dengiz bo'yi mamlakatian, Kichik Osiyo haqida ham noyob ma'lumotlar jamlangan. Arrian Flaviy — II asrda yashagan yunon tarixchisi va yozuvchisi. U «Iskandar yurishi» va boshqa asarlarida O'rta Osiyo to'g'risida ham qimmatli ma'lumotlarni yozib qoldirgan. Bu asarlarda makedoniyalik Iskandarning bizning vatanimiz So'g'diyonaga qanday bostirib kelgani, Spitamen kabi milliy qahramonlarimizning jasoratlari tasvirlangan. VII asrda Xitoy sayyohi Sima Syan o'z yurtidan chiqib ketib, 629- yildan 646- yilgacha 17 yil davomida 120 dan ortiq mamlakat va o'lkalarda bo'ladi. Jumladan, u Qashqar va Issiqko'l orqali Sayram, Toshkent, Samarqandga borgani haqida alohida ma'lumotlarni yozib qoldirgan. Marko Polo, Istaxriy, Maqdisiy kabi sayyohlar ham O'rta Osiyoda ko'p bo'lishgan. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling