Reja: Adabiyot-so’z san’ati
Download 1.36 Mb.
|
Reja Adabiyot-so’z san’ati-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-Dars. “Devonu lug’otit turk” qomusiy asar sifatida Reja: 1. Mahmud Qoshg’ariy haqida ma’lumot
Savol va topshiriqlar:
1.Toshga bitilgan bitiklarning O'rxun-Enasoy obidalari nomini olishiga sabab nima? 2. Ular qachon topilgan? 3.Ularni o'rganish bilan shug'ullangan olimlar nomini bilasizmi? 4.Yodgorliklar qanday mavzularda yaratilgan? 5. To'nyuquq qanday obraz? 6. T'o'nyuquqning kuyinchakligi, o'z o'y-fikrini boshqalarga xavotir bilan yetkaza olishi matnda qay tarzda ifodalangan? 7. 'I'o'nyuquqning o'z vatani, qo'shini, xalqi bilan faxrlanishi — iftixori matnda qaysi so'zlar bilan tasvirlangan? 8. «Xoqoni bahodir ekan, maslahatchisi donishmand ekan» degan baho kimlarga nisbatan qo'llangan? Uning dushmanga nisbatan qo'llanishida qanday ma'no bor? 9. Majmuada berilgan To'nyuquq bitiktoshi matniga xos qiyin so'zlar lug'atini tuzing. 10. Matndagi asosiy qismlarni ajratishga harakat qiling. Har bir qismga sarlavha toping. 11.Yodgorliklardagi xalq mustaqilligi, ona yurt daxlsizligi, shaxs va erk g'oyasi ifodalangan o'rinlarni belgilang. Ularning qanday so'zlar bilan tasvirlanganiga e'tibor bering. 12. Uyda «To'nyuquq — buyuk vatanparvar shaxs» mavzusida qisqacha insho yozing. -35- 5-Dars. “Devonu lug’otit turk” qomusiy asar sifatida Reja: 1. Mahmud Qoshg’ariy haqida ma’lumot 2.”Devonu lug’otit turk”asarida xalq og’zaki ijodi namunalari 3.Alp Er To’nga marsiyasi haqida XI asrga kelib turkiy xalqlar madaniyati, adabiyoti va san'atining yangi rivojlanish pallasi boshlanadi. Bu davrda qoraxoniylar davlati amalda ancha mustahkamlanib olgan, Buxoro, Samarqand, Shosh, Qashqar shaharlari yirik madaniyat markazlariga aylangan edi. Qoraxoniylar davlati Xorun, Bug'roxon va Tamg'ochxon, lbrohim davrlarida ancha kuchaygan, nisbatan iqtisodiy va madaniy yuksalishiga erishgan edi. Qoraxoniylar davlatining markazlari bo’lmish Bolosog'un, Isfijob (Sayram), Shosh, Taroz shaharlarida ham ilm-fan egalari, turli sohalarning yirik mutaxassislari, dono va fozil kishilar to'plangan edi. Mahmud Koshg'ariy Bolosog'un shahrida dunyoga kelgan. Uning to'liq ismi Mahmud ibn Husayn ibn Muhammaddir. Hozirgi Qirg'izistonda Barskon daryosi va Barskon dovoni bor. Ular Issiqko'l atrofida joylashgan. Xuddi shu yerda Barskon shahri bo'lgan, Mahmudning otasi va bobosi ana shu shahardan edi. Otasi Koshg'arga ko'chib kelgan va Mahmud shu yerda tug'ilgan. Shuning uchun ham Koshg'ariy nisbasini olgan. «Barsg'an — Afrosiyob o'g'lining nomi. Barsg'an shahrini bino qilgan shudir. Mahmudning otasi shu shahardan», — deb yozadi «Devon» muallifi. Mahmudning ilk ustozlaridan biri koshg'arlik Husayn xalifadir. So'ng u Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag'doddagi maktab va madrasalarda ham o'z ilmini oshirgan. Mahmud Koshg'ariy umri davomida qilgan mashaqqatli mehnati evaziga qomuschi olim va tolmas sayyoh bo'lib tanildi. U turkiy til grammatikasini ishlab chiqqan birinchi tilshunos olimdir. Turkcha-arabcha lug'atning birinchi namunasi ham uning nomi bilan bog'liq. «Devon-u lug'otit-turk» Mahmud Koshg'ariy qoldirgan va turkiy xalqlar uchun bebaho bo'lgan qomusiy asardir. Bu asarda olim turkiy tildagi so'zlar ma'nosini arab tilida izohlab beradi. Misol sifatida esa qo'shiqlar va maqollardan hamda badiiy adabiyotdan parchalar keltiradi. Bu haqda Mahmud Koshg'ariyning o'zi yozadi: «Men bu kitobni maxsus alifbo tartibida hikmatli so'zlar, saj'lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim... Bu ishda misol tariqasida turklarning tilida qo'llanib kelgan she 'rlardan, shodlik va motam kunlarida qo 'llaniladigan hikmatli -36-
Shunday qilib, bu kitobda O'rta Osiyoda yashagan turkiy xalqlarning XI asrgacha bo'lgan badiiy ijodi to'g'risida juda qimmatli ma'lumotlar jamlangan. Bular hozirgi avlodlar uchun ham nihoyatda katta ahamiyatga ega. «Devon-u lug'otit-turk» asari 1072- yilda yozila boshlagan. Ammo unga kirgan materiallar uzoq yillar davomida to'plangan. Mahmud Koshg'ariyning o'zi: «Men turklar, turkmanlar, o'g'uzlar, chigillar, yag'molar, qirg'izlarning shaharlari, qishloq va yaylovlarini ko 'p yillar kezib chiqdim, lug'atlarini to'pladim» — deb yozadi. Asar 1074- yilda yozib tugatilgan. Muallif bu haqda shunday degan: «Kitob 464- yilda (hijriy) jumodul-avval boshlarida boshlandi va to'rt karra yozilgandan (ko'chirilgandan) va tuzatilgandan so'ng 466- yil jumodul-oxirning 12 kuni bitirildi». Mahmud kitobiga «Devon-u lug'otit-turk» («Turkiy tillar lug'atlari») deb nom beradi va uni Abulqosim Abdulloh binni Muhammad al-Muqtadoga bag'ishlaydi. Mahmud Koshg'ariy turk tilining nozik bilimdoni va tolmas targ'ibotchisidir. U «arab tili bilan ikki uloqchi ot singari teng poyga qilib, o'zib borayotgan turk tilini» ko'klarga ko'taradi, uning o'ziga xos xususiyatlarini mahorat bilan ko'rsatib beradi. «Devon» sahifalari orqali tanishish ko'z oldimizda Mahmud Koshg'ariyni geograf, botanik, zoolog, tilshunos, folklorshunos, adabiyotshunos, tarixchi olim sifatida namoyon qiladi. Shuning uchun ham uni qomusiy olim yoki alloma deb ataymiz. “Devon-u lug'otit-turk” XI asrda yozilgan bo'lsa-da, unga jamlangan badiiy parchalar turkiy xalqlar adabiyotining ancha oldingi davrlarida vujudga kelgan. Unda jamlangan xalq og'zaki ijodi namunalarining ko'pi asar yozilgan davrdan 5—6 asr qadimroqdir. Ularda turkiy xalqlarning urf-odatlari, ishonch-e'tiqodlari, marosimlari bilan boglanib ketadigan badiiy lavhalarni ko'ramiz. Ularning bir qismi bevosita tarixiy mavzularga bag'ishlangan. Alp Er To'nga marsiyasi, «Oltin qon» rivoyati, Yabog'u (yobg'u)lar, tangutlar bilan bo'lgan janglar haqidagi parchalar, shuningdek, ayrim shaxs va joylar bilan bog'liq afsonalar shular jumlasidandir. Bu yodgorlikdan XI asrgacha bo'lgan adabiyotdagi bir qator janrlar va badiiy tasvirning o'ziga xos xususiyatlari haqidagi ma'lumotlarga ega bo’lamiz. «Devon»da adabiyotshunoslikka doir anchagina atamalar bor. Muallif «hikmatli so'zlar, saj'lar, maqollar, rajaz va nasr deb atalgan adabiy parchalar haqida gapirib o'tgan. Shuningdek, ayrim adabiy hodisalar haqida maxsus izohlar kiritgan. Jumladan: « Yir -kuy, maqom... Ko'pincha bu so'z she'rga nisbatan qo'llanadi. Bu so'z ir tarzida ham talaffuz qilinadi». Qo 'shug’-. she’r, qasida, qo'shiq». De'von»ga kirgan adabiy shakllarning asosiy qismini to’rtliklar tashkil qiladi. O'zbek adabiyolida to'rtlik shakliga tayanadigan bir qator she'riy janrlar rivojlangani ma'lum. -37-
Ularda nihoyatda xilma-xil mavzular tilga olinadi. Vatan va yurt muhabbati, xalq uchun jang qilgan bahodirlar bilan faxrlanish, tabiat manzaralari, go'zalligi, mehnat shavqi, turli insoniy kechinmalar talqini asardagi yetakchi mavzulardir. Devonda turkiy xalqlar turmush manzaralari bilan bog'liq bo'lgan she'riy parchalar katta o'rin tutadi. Ularda xalqning urf-odati, yashash tarzi, mashg'uloti, ishonch- e’tiqodlarining ifodasi juda ochiq ko'rinadi. Yigitlarig ishlatu, Yig'ach yamish irg'atu, Qulan, kayik avlatu, Bazram qilib avnalim. (Yigitlarni ishlatib, Daraxt mevalarini qoqtiraylik. Qulon, kiyiklarni ovlatib, Bayram qilib ovunaylik.)Bu misralarda turkiy xalqlarning hayot manzaralari o'z aksini topgan. Yigitlarni ishga safarbar qilish, meva terish, ovchilikka yo'naltirish qadimgi turmush tarzining ayrim lavhalaridir. Quyidagi she'r esa ijtimoiy hayotning boshqa sohasiga daxldor: Erdi ashin taturg'an, Yavlaq yag'ig' qatarg'an. Bo'yni tutib qazirg'an, Basti o’lim ag'taru. (Bir kishining o'limiga achinib aytadi: Oshini mehmonlarga tutadigan, Yomon dushmanni qochiradigan, O'g'roq askarini (bahodirligi bilan) qaytarib yuboradigan edi. Afsus, o lim uni yanchdi, ezdi.) She'rda marhumning boshqa kishilar bilan munosabatlarida namoyon bo’ladigan xislatlariga urg'u beriladi. Gap qabilaning sobiq jasur a'zosi haqida ketmoqda. U vafot etgan. Ammo uning tirikligidagi ko'plab fazilatlari boshqalarga hali- hanuz namuna bo’la oladi. Bu yerda marhumning ochiqqo'lligi, mehmondo'stligi va muhimi, qo'rqmas, dovyurak, shijoatli ekanligi alohida ta'kidlanmoqda. «Devon»da ko'plab lirik qo'shiqlar ham mavjud. Ularda insonning qalb kechinmalari, nozik his-tuyg'ulari ifodasi, tabiat va ona yurt manzaralari tasviri yetakchilik qiladi. Tabiat manzaralarining o'zidayoq nozik va jonli kuzatishlar ko'zga tashlanadi. Tabiat va yurt go'zalligi vositasida tabiat hodisalari tufayli inson ruhiyatida yuzaga keladigan turli o'zgarish va kechinmalar juda ixcham, go'zal va ta'sirchan ifoda etiladi. Lirik qo'shiqlarning bir qismi bevosita kishilarni qurshagan olam haqida. Ularda turkiy xalqlarning doimiy yo'ldoshi — otlar ham alohida mavqe tutadi. Bunday she'rlarda otlarning holati, harakati alohida tasvirga olinadi: Iqilachim erik bo'ldi, Erik bo'lg'u yeri ko'rdi. Bulut o'rub ko'k o'rtuldi, Tuman turib to'li yag'di. (Sho'x, o'ynoqi otim sur'at bilan chopdi, Yugurishda o'zdi. Bulut ko'tarilib, Tuman tushib, Do'l yog 'gani uchun u shunday sho'xlikni munosib topdi.) Ko'rinib turganidek, parchada tabiatdagi o'zgarishlarning (qisli kelib, bahor kelishi) hayvonot olamiga ta'siri ta'riflanayotganday. Aslida bu ham insonning o'z kuzatishlari natijasida olgan ta'sirlanishidir. -38-
Bulnar meni ulas ko'z, Qora mcngiz qizil yuz. Andin tamar tugal tuz, Bulnap yana ul qachar. (Mastona ko 'zli, ko 'rkam yuzli, qora xolli, yonoqlaridan yoqimlilik yog'ayotgan go'zal meni o 'ziga asir qiladi. Asir qiladi-da, so 'ng qochadi.) Bu yerda go'zalning surati naqadar chiroyli va samimiyat bilan chizilgan.. Lirik qo'shiqlarda tasvir nihoyatda jonli va ta'sirchan. Ular kishini hayrat va hayajonga soladi: Aqtirur ko'zum y’olaq, Tushlanur o'rdak, yug'aq. (Ko 'zim yoshlari buloq singari oqadi, Hatto unda o'rdak, oqqush kabi qushlar yig 'iladilar, sho 'ng 'ishadilar.) Ko'z yoshlarini buloqqa o'xshatish tabiiy va go'zal. Ammo uning mubolag'ali tasviri yanada zavqlidir: Qaqlar qamug' ko'lardi, Tag'lar bashi ilardi. Ajun tani yilirdi, Tutu chechak yerkashur. (Suvlar ko'payib, chuqurlar ko'lga aylandi, Tog' boshlari xayoliy narsa kabi (ko 'zga arang) ilashdi. Dunyo nafasi ilidi, turli chechaklar saf tortdi.) Qishning tugab, bahorning boshlanayotgani, muzlarning erib, oqar suvlarning ko'paygani, tog' cho'qqilarining qorlardan tozalanib, havo ilishi boshlanganligi hamda atrofdagi o't-o’lanlarning ko'karishi tavsif etilmoqda. Muhimi, bularning barchasi ehtirosli misralarda o'z aksini topgan. MUNOZARA Yuqorida keltirilgan to'rtlik katta bir munozaraning tarkibiy bo’lagidir. Munozara o'ziga xos adabiy janr bo'lib, u asar qahramonlarining o'zaro tortishuvi, bahsi asosiga quriladi. Munozaradagi ishtirokchilar, asosan, ramziy (kinoyaviy) xususiyatga ega bo'ladi. U she'riy yoki nasriy tarzda yaratilishi mumkin. Yusuf Amiriyning «Bang va Chog'ir», Yaqiniyning «0'q va yoy», shuningdek, Nishotiyning «Shohboz va Bulbul», «Gul va Daf», «Binafsha va Chang» munozaralari bu janrning o'zbek adabiyotidagi go'zal namunalaridandir. Ammo «Qish va Yoz» munozarasi bu janrning eng qadimgi namunasi sifatida alohida ahamiyatga ega. Mahmud Koshg'ariy «Qish va Yoz» munozarasiga oid ko'plab to'rtliklarni keltirgan. Ammo ular asarning bir joyida emas, balki uning turli qismlarida har xil so'zlarning izohiga dalil sifatida ishlatiladi. Yuqoridagi to'rtlik «Ilardi» degan so'zni izohlashda ko'rsatilsa, «Utti» — yutdi, g'olib bo'ldi ma'nosidagi so'z izohida quyidagi to'rtlikni o'qiymiz: Qish Yay bila to'qushti, Qing'ir ko'zun baqishti, Tutashqali yaqishti, Utg'alimat o'g'rashur. -39- (Qish Yoz bilan to'qnashdi, Bir-birlariga ular yomon ko 'z bilan qarashdi. Bir-birlarini tutish uchun yaqinlashdilar, Ularning har biri yengishni istar edi.) Tabiatdagi bu jarayon inson hayotidagi jonli manzaralarga o'xshatilib, unga qiyosiy holda aks etgan. O'zaro to'qnashish, bir-biriga qing'ir ko'z bilan qarash, kurashish uchun o'zaro yaqinlashish va g'oliblik istagi kabi insonga xos tuyg'ular tabiatga nisbat berilmoqda. Adabiyotshunoslikda bu hodisaning nomi jonlantirish deyiladi. Mahmud Koshg'ariy keltirgan «Qish va Yoz» munozarasida ana shu tasvir vositasi asosiy o'rin tutadi. Har ikki fasl to'la «tilga kiradi». Ular bir-biriga tegishli bo'lgan xususiyatlarni go'yo «fosh etadi». Bunda biroz bo’lsa-da, kuzatuvchi — muallif nuqtayi nazari ham ko'rinib qoladi. Ayniqsa, «Qish yayg'iru savlanur», «Yay qish bila qarishti» misraralari bilan boshlanadigan to'rtliklarda shu holat mavjud. XALQ QO'SHIQLARI Qo'shiqlar qadimdan xalq orasida keng tarqalgan. Ular, asosan, kuyga solinib ijro etilgan. Qo'shiq aslida keng ma'noli tushuncha bo'lib, o'z ichiga bir qancha turlarni oladi. Ular orasida mehnat va marosim qo'shiqlari, hunarmandchilik, chorvachilik, dehqonchilik bilan bog'liq qo'shiqlar, mavsum qo'shiqlari, lirik qo'shiqlar va boshqalar bor. Qo'shiqlarda alohida kishilarning shodlik va g'ami, his-hayajoni, tuyg'ulari, fikr-mulohazalari ifodalansa-da, ularda, asosan, keng xalq ommasining orzu-umidlari, o'y-xayollari, ijlimoiy munosabatlari, urf-odatlari, dunyoqarashi mujassamlashgan. Shuning uchun ham ularda shu xalq tarixi muayyan darajada badiiy ifodasini topgan bo'ladi. «Devon-u lug'otit-turk» dagi ko'pgina qo'shiqlar ovchilik, chorvachilik bilan — turkiy xalqlarning yashash tarzi bilan chambarchas bog'liq holda yuzaga kelgan. «Qo'shiq» atamasi ham ilk marta Mahmud Koshg'ariy tomonidan qayd etilgan. Muallif unga she'r, qasida deb izoh bergan. Xalq qo'shiqlari ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi. Unda shodlik va g'am, o'yin-kulgi va qayg'u- hasrat, ko'tarinkilik va tushkunlik, turli marosimlar: to'y, farzand tarbiyasi (alla), o'tganlar yodi tasvirlanishi mumkin. Tabiiyki, inson mehnati ham ularning yetakchi mavzusidir. Ular orasida tabiat tasviriga, tabiat manzaralariga bag'ish- langanlari ham oz emas. Yana bir turkum qo'shiqlar bevosita farzandlar, jamiyat a'zolarining ma'naviy kamolotiga bag'ishlangan. Ularda yaxshi insoniy fazilatlar ulug’lanadi,insonni ma’naviy jihatdan boyitadigan xislatlar targ’ib qilinadi, aksincha inson nomini yerga uradigan, uning xalq nazaridan qolishiga sabab bo'ladigan, o'zgalar ko'ngliga malol keltiradigan xususiyatlar tanqid qilinadi. Mahmud Koshg'ariy «Devon»idagi she'riy parchalarning asosiy qismi xalq og'zaki ijodi mahsulidir. Ular shakliga ko'ra, asosan, ikkilik, to'rtlik va murabba'lardan tashkil topgan. To'rtliklar, asosan, a-a-a-b shaklidagi qofiyadoshlikka ega. Ular orasida a-b-d-b turidagi qofiyalar ham uchraydi. Qo'shni-qo'nim ag'ishqa, a Qilg'il angar ag'irlik, b Artut alib anung'il, d Ezgu -40- tavar o'g'urluk. b (Qo'ni-qo'shnilaringga yaxshilik qil, Ularni hurmatla. Ulardan biror sovg'a olsang, Undan yaxshiroq mukofot hozirla.) To'rtliklarning to'rtala misrasi o'zaro qofiyadosh bo'l¬gan (a-a-a-a) namunalar ham mavjud. Murabba' shakli ham (a-a-a-b) asarda keng qo'llangan. «Alp Er To'nga marsiyasi», «Qish va Yoz» munozarasi shu shakldadir. «Devon»dagi she'riy parchalar — xalq qo'shiqlari barmoq vaznidadir. Ayrim namunalar aruzning ba'zi ko'rinishlariga muvofiq kelsa-da, aslida barmoq vaznida yozilgan. Ularning ko'pi yetti bo'g'inli misralardan tuzilgan. «Alp Er To'nga oldimu?», «Qaqlar qamug' ko'lardi» kabi she'rlar shu vaznda. Umuman, yetti bo'g'inli misralardan tuzilgan she'r turkiy xalqlar, jumladan, o'zbek xalqining ham og'zaki ijodida keng tarqalgan. «Devon»da sakkiz bo'g'inli misralardan tuzilgan she'rlar ham uchraydi: «Iqilachim erik bo'ldi» she'ri shu xildadir. Uning tuproqlari 4-4 shaklida tuzilgan. Ayrim she'rlar uzunroq misralardan ham tashkil topgan: Bilga erig ezgu tutib so'zin eshit, Erdamini o'granibon ishga sura. Ko'rinib turganidek, bunday she'rlar 4-4-4 tarzida turoqlanib kelyapti. «Devon»da 13, 14 bo'g'indan tuzilgan misralar ham mavjud: O'tru turib yag'di angar kish o'qi jig'alvar, (14) Aydim: asig' qilg'u emas, sen taqi yalvar. (13) Bu yerda misralardagi bo'g'inlar soni teng emas. «Devon»dagi xalq qo'shiqlarining tasvir usullari nihoyatda xilma-xildir. O'xshatish, sifatlash, qarshilantirish, jonlantirish, parallelizm va qiyoslar ularda tez-tez ko'zga tashlanadi. Ko'pgina ifodalar sodda, ixcham, lekin quyma va ta'sirchan. “Qaqlar qamug' ko’lardi” to'rtligi boshdan oxirigacha jonlanlirishga tayanadi. «Qish va Yoz» munozarasida ham xuddi shunday tasvirni ko'ramiz. «Bulnar meni ulas ko'z» to'rtligida esa sifatlash asosiy o'rin tutadi. Ko’z mengiz (xol), yuz o'ziga xos silatlashlar (ulas, qora, qizil) bilan ziynatlangan. Boshqa to’rtliklarda esa o'xshatish, mubolag'a singari badiiy tasvir vositalari tez-tez qo'llanganini ko'rish mumkin. She'rlarda qofiyalarga katta e'tibor berilgan. «Alp Er To'nga o'ldimu?" to'rtligida she'rning ta'sir kuchini ta'minlagan unsurlardan biri ham qofiyadir. Undagi o'ldimu-qaldimu-aldimu so'zlari to'liq jarangdorligi va ohangdoshligi bilan ajralib turadi.Bular qadimgi xalq qo'shiqlarining takrorlanmas badiiyatini yuzaga chiqargan omillardir. Bu an'analar keyingi asrlarda yanada takomillashgan, rivojlangan holda davom etadi. ALP ER TO'NGA MARSIYASI “Devon-u lug'otit-turk” asari qahramonlik qo'shiqlari jamalangani bilan ham alohida e'tiborga molik. Unda Vatan himoyasi, yurt taqdiri, xalq birligi va chegaralarning daxlsizligi uchun kurash g'oyalari kuylangan ko'plab she'riy va nasriy parchalar bor, Tangutlar bilan jang», «Yaboqular bilan jang" kabi -41- parchalar shular jumlasidandir. Ularda jang manzarasi, dushman lashkarining qiyofasi va holati, botirlarning ularga qarshi shiddatli va matonatli kurashlari juda yorqin, badiiy ta'sirchan tarzda ifodalangan. Bu silsilada Alp Er To'nga haqidagi marsiya ham mavjud. Alp Er To'nga turklarning qadimiy qahramoni. Yusuf Xos Hojibning yozishicha, tojiklar uni Afrosiyob deb atashgan. Mahmud Koshg'ariy Afrosiyobni Qashqarda— O'rdukent shahrida turar edi, deb ko'rsatadi. «To'nga Alp Er» yo’lbars kabi kuchli, bahodir demakdir. Shuningdek, uning Barman, Barsg'an degan o'g'illari hamda Qaz ismli qizi haqida «Devon»da ma'lumotlar bor: «Qaz Afrosiyob qizining nomidir. Qazvin shahrini shu qurgandir. Bu so 'zning asli qaz o'yini-g'oz o 'ynaladigan joy demakdir. Chunki u shu yerda turar va shu yerda o 'ynar edi. Shuning uchun ba'zi turklar Qazvinni turk shaharlaridan hisoblaganlar. Shuningdek, Qum shahri ham chegara hisoblanadi. Chunki qum turkcha so'zdir. Afrosiyobning qizi u yerda ov qilar va o'ynar edi. Ba'zilar turk shaharlari chegarasi Marvash — Shohijondan boshlanishini so'zlaydilar. Chunki Qazning otasi To'nga Alp Er — Afrosiyobdir. U Tahmuraspdan uch yuz yil keyin Marvni bino qilgan. Ba 'zilar butun Movarounnahrni turklar o'lkalaridan deb bilganlar. U Yankanddan boshlanadi. Uning bir oti Dizro'yindir. U sariqligiga ko 'ra mis shahri demakdir. Buxoroga yaqindir. Bu yerda Afrosiyobning qizi Qazning eri Siyovush o'ldirilgan. Ma'jusiy-otashparastlar har yili bir kuni bu yerga kelib, Siyovush o'lgan joy atrofida yig'laydilar. Mollar so'yib, qurbonlik qiladilar. So 'yilgan mol qonini uning mozori tepasiga to'kadilar. Ularning odatlari shunday». Shuningdek, Mahmud Koshg'ariy Afrosiyobning bolalari xoqon, xon deb atalganini eslatadi. «Devon»da ana shu buyuk tarixiy shaxs — Alp Er To'nga haqidagi bir necha to'rtliklar saqlanib qolgan. Ular, asosan, Alp Er To'nga — Afrosiyobning vafotiga bag'ishlangan. U tom ma'nodagi marsiya namunasidir. Marsiyada Afrosiyob — Alp Er To'nganing o'limi achchiq qismat, dahshatli fojia, o'rnini to’ldirib bolmaydigan yo'qotish sifatida baholanadi: Alp Er To'nga o'ldimu? Esiz ajun qaldimu? O'dlak o'chin aldimu? Emdi yurak yirtilur. Bu yerda esiz (yomon, yaramas, manfur), ajun (olam, dunyo), o 'dlak (vaqt, zamon, taqdir) so'zlarigina biroz eskirgan. Boshqa so'zlar bugungi tilimizda ham faol qo'llanmoqda. Marsiyada xalq orasidagi birdamlik, ko'tarinkilik, hamjihatlik, ahillik, ezgulik Afrosiyob nomi bilan bog’lab izohlanadi. Aksincha, uning o'limi yovuz va yaramaslarning bosh ko’tarishiga, ezgu ishlarning kamayishiga, bilimdonlarning ezilib, axloq-odobning zaiflashuviga sabab boiganligi ta'kidlanadi. Alp Er To'nga — xalq sevgan qahramon. Shunga ko'ra uning oradan ketishi beklarning oti charchashiga, ularning g’am ostida qolishiga, yuzlarning sarg'ayishiga sabab bo'ladi. Mana bu misralar bevosita motam marosimini yodga soladi: -42- Bo'ri bo'lib ul(i)dilar, Yoqa yirtib turdilar. Yig'lab-siqtab yurdilar, Ko'z yoshlari mo'l bo'ldi. Xalqning bo'ridek ulishi, ya'ni haddan tashqari iztirobi, hatto oyoqlarini yirtib yig'lashi, uning ustiga bu iztirobning davomli bo'lishi (yig'lab-siqtab yurdilar) xalqning Alp Er To'ngaga bo'lgan kuchli muhabbatini samimiy, ishonarli va tasirchan chizib bera oladi. Amirlar otlarning horishi uzoq va mashaqqatli yo'l oqibatidir. Demak. Afrosiyob matomiga faqat yaqin-atrofdagilar emas balki uzoq olisdan ham kelishgan. Bunday ulug' insonning vafoti ularning ruhiyatiga kuchli ta'sir qilgan (qayg'u beklarni ozdirdi) Yuzda sariqlik, zafaronlikning bo'lishi ham qayg’uning kuchiga ishoradir. Bu yerda insonning tashqi ko'rinishi orqali uning ichki istiroblari ko'rsatib berilmoqda. Marsiya davomida Afrosiyobning o'ziga xos bo'lgan alohida hislat va fazilatlari ham eslatib o'tiladi. Shunday yuksak fazilatlar egasining dunyodan o'tishiga afsus va nadomatlar bildiriladi. She'rda ana shu chuqur qayg'u va iztiroblar nihoyatda ta'sirchan ifodalanadi. MARSIYA HAQIDA TUSHUNCHA Biror kishining vafoti munosabati bilan yozilgan, g'am-alam, hasrat va qayg'uni ifodalagan lirik she'r yoki qo'shiq marsiya deb ataladi. Alp Er To'nga haqidagi marsiya bizgacha yetib kelgan eng qadimiy marsiya namunalaridan biridir. Marsiya, odatda, jamiyat tarixida muayyan iz qoldirgan kishilarga bag'ishlab yoziladi yoki to'qiladi. Alp Er To'nga haqidagi marsiya og'zaki ijod mahsuli. Demak, unda xalqning shu qahramonga bo'lgan buyuk hurmat va ehtiromi ifodalanadi. Afrosiyob faqat bek emas, balki «beklar begi». Uning qahramonligi, botirligi, shijoati va mardligi alohida tilga olingan. Zero, qahramondagi bu xususiyatlar xalq taqdiriga kuchli ta'sir qilgan. Uning sharofati bilan dushman xalq erkiga daxl qila olmagan. Ana shunday oliyjanob insondan ayrilish haqiqatda ham musibatdir. Marsiya turli she'riy shakllarda ifodalanishi mumkin. Adabiyotimizning keyingi bosqichlarida g'azal, qasida, muxammas, musaddas, tarjiband, tarkibband shakllarida yozilgan marsiyalar uchraydi. Alp Er To'nga haqidagi marsiya murabba’ shaklidadir. Uning har bir bandi to'rt misradan iborat. Yuqorida aytganimizdek, misralar, asosan, a-a-a-b qofiyalanish tartibiga ega. Mumtoz adabiyotimizdagi marsiyalarning asosiy qismi aruz vaznida bitilgan. Alp Er To'nga marsiyasi esa barmoqdadir. Uning har bir misrasi yetti bo'g'indan tuzilgan. Turoqlar, asosan, 4-3 shaklida. MAQOLLAR Vatanga muhabbat, uni ardoqlash, ona-Vatanga tegishli bo'lgan har bir narsani muqaddas bilish, o'zini shu Vatanga daxldor deb his qilish chinakam insonlarga xos fazilatdir. «Devon»da shu xislatlarning nihoyatda ulug’langanini ko'rish, kuzatish maroqli. Unda «Tulku o'z iniga ursa, ujuz bo'lur» — «Tulki o'z uyasiga -43- qarab ulisa, qo'tir bo'ladi» maqoli keltirilgan va Mahmud Koshg'ariy uni shunday izohlaydi: «Bu maqol o'z elini, urug'ini va mamlakatini yomonlovchilarga qarata aytiladi». Dushmanning mavjudligi doimo hushyor va sergak bo'lishni taqozo etadi. Quyidagi maqol shu haqda: Tulum anutsa, qulun bo'lur, Tumun unutsa, bolun bo'lur. (Dushmanga (qarshi) qurol hozirlagan kishi qulun (toy) ga ega bo'ladi, qurol hozirlashni unutgan kishi asir bo 'ladi.) Bu maqol xavf-xatarga oldindan hozirlik ko'rish lozimligini bildiradi. Maqollarda kattalar tajribasi, ularning pand-o'gitlari ham inson ma'naviyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan omillardan biri sifatida talqin qilinadi: Qul savi qalmas Qag'il bag'i yazilmas. (Keksalar so'zi, nasihati bekor ketmaydi, Tolning ho'l novdasining bog'i yozilmaydi.) Yaxshilikni ulug’lash, ezgu ishlarga da'vat «Devon-u lug'otit-turk»dagi maqollarda tez-tez uchrab turadi. Aslida dunyoning foniyligi, inson umrining qisqaligi qayd etilgan quyidagi maqol hayotning shu qonuniyatini bilishga, undan ibrat olib, umrning bekor, behuda o'tib ketmasligini esda saqlashga qaratilgan: «0'd kechar, kishi to'ymas, yalinguq o'gii mangu qalmas», ya'ni zamon o'tar, kishi to'ymas, inson bolasi mangu qolmas. Yaxshilik mohiyatiga ko'ra g'oyat keng ma'noli tushunchadir. U himmat, muruvat, shafqat bilan yondosh hodisa. Shunga ko'ra «Suv ichirmasga sut ber» maqolining mavjudligi hayratlanarli emas. U, senga yomonlik qilganga ham yaxshilik qil, degan ma'noda ishlatiladi. Yaxshilikning javobi ham yaxshilik, ezgulik, oliy himmatlik yoki maqtov bo'ladi: Ko'b sukutga qush qo'nar, Ko'rkluk kishiga so'z kelar. (Shoxi ko 'p, shoxlari o 'ralib ketgan daraxtga qush qo'nadi, Yaxshi kishiga so'z - maqtov keladi.) Yoki shuning boshqacha shakli: Yig'ach uchina el tegir, Ko'rklig kishiga so'z kelir. (Daraxt uchiga shamol tegadi, yaxshi odamga so 'z yetadi. Shuning uchun u o 'zini ehtiyot qilishi kerak.) Insondagi oliy fazilatlardan yana biri bosiqlik, halimlikdir. Aksincha, yomonlik, tubanlik, yuzsizlik eng yaramas xislatlarga kiradi. Shuning uchun xalq tilida shunday maqol yuzaga kelgan: «Tuzin birla urush, o'tun birla ustarma» — Yuvosh odam bilan urush (chunki sen uni bosishing mumkin), uyatsiz, yuzsiz odam bilan urushma (chunki u seni sharmanda qiladi) «Erik erni yag'lig', ermagu bashi qanlig'» — (Tirishqoqning labi yog'liq, erinchoqning boshi qonliq), chunki tirishqoq ko'p ishlab, yaxshi taomlar, go'sht, -44- yog'lar oshaydi. Erin- choq o'zining yalqovligi bilan ishdan qochadi. Xafalikdan boshiga uradi, uni qonatadi. Bu matal yalqovlikni tashlashga, g'ayrat bilan ishlashga chorlaydi. Umuman, g'ayrat, shijoat, mehnatsevarlik, qat'iyat, sabr va matonat, chidam ajdodlarimiz ruhiyatida yetakchilik qilgan. Buning dalili sifatida yana bir maqolni eslataylik: «Tag'ig' uqruqin egmas, tengizni qayg'iqin bukmas» — (Tog' arqon bilan egilmaydi, dengiz qayiq bilan bukilmaydi). Bu maqol katta ishni arzimagan sabab bilan to'xtatib bolmaydi, degan mazmunda qo’llanadi. Har bir ishga astoydil kirishishga undovchi maqollar ham mavjud. Shulardan biri «Emgak ekinda qolmas» — (Mehnat bo'sh ketmaydi) maqolidir. Birgalikda harakat qilish, o'zaro kengashishga chorlovchi maqollar ham anchagina. Masalan, «Kengashlik bilik uzlashur, kengashsiz bilik o'prashur» — (Maslahatli ish borgan sari yaxshilanib boradi, bemaslahat ish borgan sari buzilishga yuz tutadi). «Sabanda sandrish bo'lsa, O'rtugunda irtash bo'lmas» — (Yer haydash vaqtida puxtalik bo'lsa, xirmonda anglashilmovchilik bo'lmaydi). Bu maqol keyin anglashilmovchilik, janjal chiqmasligi uchun ishni boshdan pishiq qilish kerak, degan ma'noda qo'llanadi. Erk, ozodlik, mustaqillik insoniyatni faol harakatga undaydigan tushunchalardir. Shu xislatga ega bo'lgan shaxs beg'amlik, loqaydlik kasalliklariga duchor bo’lmaydi. «o'kuz azaqi bo'lg'incha, buzag'u bashi bo’lsa yik» - (Ho'kizning oyog'i bo'lguncha, buzoqning boshi bo'lgan yaxshiroq) maqoli «Mustaqillik bo'ysunishdan yaxshi» degan ma'noda qollanadi, deydi Mahmud Koshg'ariy. Bosiqlik, og'irlik kabi xislatlar har doim el ardog'iga, ko'pchilik hurmatiga sazovor bo'ladi. Aksincha, bardoshsizlik, besabrlik tahqir va tanqidga duchor qilishi quyidagi maqolda o'z ifodasini topgan: «Ko'k ko'rdi, keragu yazti» — (Mehnat va mashaqqatni ko'rdi-yu, o'tovini orqasiga yuklab oldi). Maqtanchoqlik doimo butun insoniyat tomonidan qoralanib kelingan salbiy xislatlardan biridir. Qadimda ham maqtanchoqlikni yomon ko'rishgan. Mahmud Koshg'ariy bu borada bir maqol mavjudligini aytadi: «Ashuch aytur tubum altun, qamich aytur men qaydaman» — (Qozon aytur: tubim oltin, cho 'mich aytur: men qay daman?) Muhimi, olim bu maqolning qo’llanish o'rnini ham izohlaydi: «Bu masal o'zining kimligini biladigan tanish kishilar oldida maqtanuvchi kishiga nisbatan aytiladi». Nafs domiga tushmaslik, suqlikdan tiyilish, umuman badnafslik balosidan saqlanish oson ish emas. Ammo ulardan forigiik ro'shnolikdir. Bu borada yana «Devon»da o'qiymiz: «Ag'ilda o'glaq tug'sa, ariqda o'ti unar» — (Molxonada buzoq tug'ilsa, ariqda o 'ti chiqadi). Bu maqol ovqat yoki rizq uchun ortiqcha urinish va qayg'urish kerak emasligini anglatish uchun aytiladi. Ayni paytda isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslik, tejamkorlik ham insondagi yaxshi fazilatlardan biri sifatida sanaladi: «Tavg'ach xanning to'rqusi telim, tenglamazib bichmas» (Qoraxitoy xoqonining ipak gazjnoli ko'p, lekin o'lchamay kesilmaydi). Bu maqol ishni boshida puxta o'ylab qilishga undab, isrofgarchilikka qarshi aytilgan. Mehmonga hurmat -45-
Aksincha, mehmonga beparvo va bepisand munosabatda ho'lish, ayniqsa, undan o'zini olib qochish juda qattiq qoralanadi: «Bardi eran qo'nuq ko'rub qutqa saqar, Qaldi yovuz uyuq ko'rub evni yiqar» (Mehmonni davlat va barakatdan sanaydiganlar o'lib ketdi, sahrolarda ko'ringan qoralarni va manzillarni belgilash uchun qo'yilgan toshlarni odam deb o'ylab, u kelib qo'nib qolmasin deb, chodirini buzuvchilargina qoldi.) Mehmon qadimgi turkiy tilda «uma» deyilgan, yana «Devon»ga murojaat qilaylik: Uma kelsa, qut kelar» — (Mehmon kelsa, qut kelar), ya'ni senga mehmon kelsa, u bilan birga qut-baraka, baxt keladi. Qo'noqni yaxshi qarshi oladilar, malol olmaydilar. Mehmon inson shuhratini oshiradigan omillardan biri. Inson o'z nomining yoyilishidan manfaatdor bolmog'i kerak. Bu ham uning ko'nglidagi ezgu o'y-orzular, yaxshi fazilatlar bilan bog'liq. Saxovatpeshalik — ochiq va samimiy ko'ngillar mevasidir. Aksincha, baxillik, xasislik tor ko'ngillikning, ko'rolmaslikning oqibatidan boshqa narsa emas: «Qiz kishi savi yo'rig’li bo’lmasa» - (Baxil odamning ovozasi chiqmaydi, shuhratlanmaydi) maqoli bejiz emas. Bu maqol odamlarni yaxshi nom chiqarishga, saxiy bo’lishga undaydi. Bularning hammasi faqat o'z zamoni uchungina emas, bizning zamondoshlarimiz uchun ham katta tarbiyaviy va badiiy ahamiyat kasb etadi. Download 1.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling