Reja: Adabiyot-so’z san’ati


Download 1.36 Mb.
bet5/38
Sana04.08.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1665059
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Reja Adabiyot-so’z san’ati-fayllar.org

Adabiyot nazariyasi barcha zamonlarda bunyod etilgan hamma asarlar uchun umumiy bo'lgan asoslarni, badiiy asarning tarkibiy qismlarini, badiiyat qonun-qoidalarini o'rganadi.

Adabiyot tarixi esa muayyan mamlakatlar yoki xalqlar milliy adabiyotlarining rivojlanish bosqichlarini, biror xalq yoki jahon adabiyoti vakillari bo'lgan buyuk san'atkorlarning hayoti va ijodini o'rganadi.
Adabiyot tarixini o'rganish nima uchun kerak? Har bir millat egasi, mamlakat fuqarosining o'z adabiyoti, madaniyati, tarixini bilishga intilishi ma'naviy kamolot talabi va ehtiyoji tufaylidir. Xalq adabiyot tarixiga oid ma'lumotlarni bilish uchungina emas, balki milliy adabiyotning eng yaxshi namunalari mazmuni, g'oyalarini tushunib, shular vositasida ma'naviy kamol topish uchun ham o'rganadi.
Hozirgi adabiy jarayonda bunyod etilgan asarlarni baholash, ularning yutuq va kamchiliklarini, taraqqiyot yo'nalishlarini izohlash va ko'rsatish “Adabiy tanqid”ning zimmasidadir.
Adabiyotshunoslik oldida badiiy so'z san'atiga oid asarlarning ijtimoiy-ma'naviy
hayotdagi mavqeyini belgilash, badiiy adabiyotning o'ziga xos xususiyatlarini izohlash, badiiy ijod turlari, asar tarkibi va ijodiy jarayonning qonuniyatlarini ko'rsatib berish ham turadi. Bu vazifalar bilan adabiyot nazariyasi shug'ullanadi.
Adabiyotshunoslikning ushbu uch sohasi bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir, ular bir-birisiz yashay olmaydi, aksincha, bir-biriga oziq beradi, bir-birini boyitadi.

-7-
O'ZBEK ADABIYOTI TARIXINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI


San'atning boshqa turlari kabi adabiyot ham jamiyat tarixi bilan uzviy bog'liqlikda taraqqiy etadi. Uning taraqqiyot bosqichlari xalqning turli davrlardagi tarixiy taqdiri bilan bog'liqdir. Ayrim mutaxassislar adabiyot tarixi bosqichlarini podsholarning, sulolalarning hukmdorlik davrlari bilan, yirik tarixiy hodisalar bilan bog'lashadi. Adabiyotning o'ziga xos qonuniyatlari borki, ularni bilish badiiy-estetik tarbiya ehtiyojidan kelib chiqadi.
Bizningcha, adabiyotimiz tarixini quyidagicha davrlashtirish mumkin:
1.Eng qadimgi adabiy yodgorliklar («Avesto», «To'maris», «Xuastuanift», «Shiroq», «Alpomish» va b.).
2.Ilk o'rta asrlar adabiyoti (O'rxun-Enasoy yodgorlik- lari).
3.O'rta asrlar adabiyoti (IX—XV asrlar):
a)IX—XII asrlar adabiyoti;
b)Temuriylar davri adabiyoti;
d) Navoiy va uning davri adabiyoti.
4.XVI-XIX asrlar adabiyoti.
5.XX asr adabiyoti.
Eng qadimgi adabiy yodgorliklar O'rta Osiyo hududida qadimdan birgalikda yonma-yon yashab kelayotgan xalqlarning mushtarak ijod namunalaridir.
VI—VIII asrlar bo'yicha umumturkiy adabiyot degan atama mavjud. Bu davrlarda turkiylar yagona mushtarak etnik butunlik sifatida yashaganlar. Ularning o'zbek, uyg'ur, qozoq, qirg'iz, turkman, qoraqalpoq, ozarbayjon singari alohida- alohida xalqlarga ajralib chiqishi keyingi jarayondir. Albatta, bunday davrlashtirish ham nisbiydir. Chunki ijtimoiy-ma'naviy liodisalar o'ziga xos murakkabliklarga ega. Bir davr tugab ulgurmasidan, keyin keladigan yangi davr uning «ichida» paydo bo'la boshlashi mumkin.
Muhimi, o'zbek adabiyotining taraqqiyot bosqichlari xalqimiz ijtimoiy-badiiy tafakkuri taraqqiyotidagi o'ziga xosliklarni, rivojlanish jarayonidagi yangilanishlarni o'zida aks ettiradi. Ular birgalikda yaxlit bir fan sohasini tashkil etadi.
Adabiyotni o'rganishdan turli maqsadlar ko'zda tutilishi mumkin. Adabiyot, avvalo, insoniyat ma'naviy boyliklarining xazinasidir. Yevropalik qadimgi va hozirgi olimlar O'rta Osiyo xalqlarining tarixi, madaniyati, san'ati, urf-odatlarini o'rganish maqsadida ular yaratgan badiiy ijod namunalariga ko'pdan beri murojaat etib kelishadi.
XI asr qomusiy olimi Mahmud Koshg'ariy ham ilk adabiyotshunoslardan biri bo'lgan. U ayni paytda tilshunos, elshunos (etnograf), tarixchi, folklorshunos olim va shoirdir. U zamonasidagi ko'plab badiiy ijod namunalari, ularning o'ziga xos xususiyati, ijro usullari, tuzilishi haqida qimmatli ma'lumotlarni bergan. Keyingi asrlarda shakllangan va keng tarqalgan tazkirachilik ham ilk adabiyotshunoslik namunalaridan biridir.
Forobiyning «She'r san'atlari haqida» risolasi Arastuning «Poetika» asariga sharh sifatida yozilgan. U adabiyot nazariyasiga oid ilk manbalardan biridir.
Beruniy, Ibn Sino, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Utbiy, Saolibiy, Abu

-8-
Abdulloh


Xorazmiy kabi sharq allomalari ham adabiyot tarixi va nazariyasiga doir ajoyib asarlar yozib qoldirganlar. Bular orasida, ayniqsa, Abu Mansur as- Saolibiyning «Yatimat ud-dahr fi mahosini ahl al-asr» («Zamona ahlining fazilatlari haqida yagona durdona») tazkirasi, Abu Abdulloh Xorazmiyning 9 kitobdan iborat «Mafotih ul-ulum» («Ilmlarning kalitlari») asarlaridaadabiyot, tarix, musiqa san'atiga oid juda qimmatli ma'lumotlar uchraydi.
O'zbek adabiyotshunosligining ham o'ziga xos tarixi bor. Bu boradagi yirik tadqiqotchi sifatida Mahmud Koshg'ariyni ko'rsatish mumkin. U XI asrgacha bo'lgan adabiyotimizning ko'plab durdona namunalarini to'plabgina qolmasdan, ular haqidagi dastlabki nazariy ma'lumotlarni ham bergan. Jumla- dan, asarda she'r, qo'shiq, marsiya, afsona, maqol singari janrlar haqidagi dastlabki izohlar uchraydi. Ayni paytda, bu janrlarning go'zal namunalari ham ilova qilinadi.
Mahmud Zamaxshariyning (1074—1144) «Muqaddimat ul-adab» («Adabiyot muqaddimasi») asari arab tili qoidalariga bag'ishlangan bo'lsa-da, unda adabiyot nazariyasiga, ayniqsa, badiiy tasvir vositalariga alohida e'tibor berilgan.
Yuqorida eslatilgan tazkiralar ham adabiyotshunoslik fanining rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etgan.
Bu borada Kaykovusning «Qobusnoma» asari ham o'ziga xos o'ringa ega. U adabiyot nazariyasiga oid dastlabki ixcham ma'lumotlarni beradi.

Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling