Reja: Aholi bandligi haqida Ahonining bandligini ta’minlashda tadbirkorlik faoliyati Xulosa


Download 0.8 Mb.
Sana29.01.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1140275
Bog'liq
Aholi bandligini ta\'minlash

Reja: 1. Aholi bandligi haqida 2.Ahonining bandligini ta’minlashda tadbirkorlik faoliyati 3.Xulosa


Mustaqillik yillarida aholi turmush darajasini oshirish, munosib ish o‘rinlari bilan ta'minlash hamda kadrlar tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Shu bilan birga, samarali iqtisodiy islohotlar hamda intellektual salohiyat bilan bog‘liq bo‘lgan sohalardagi bir qator ijobiy o‘zgarishlar natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda

Aholini ish bilan ta’minlashning mohiyatI

To’liq ish bilan ta’minlash–bu kasbga oid mehnat bilan ta’minlash bo’lib, u shaxsga daromad keltiradi va o’zi, hamda, oilasining munosib turmush kechirishga sharoit yaratadi.

  • Aholini ish bilan oqilona ta’minlash ishchi kuchiga talab va taklif o’rtasidagi muvozanatiga erishishni bildiradi.

Erkin tanlangan ish bilan ta’minlash shuni nazarda tutadiki, o’zining mehnat qilishga bo’lgan qobiliyatiga (ish kuchiga) egalik qilish huquqi faqat uning egasiga, ya’ni xodimning o’ziga tegishli. Mazkur tamoyil har bir xodimning ish tanlashida to’g’ri yo’l tutishini, har qanday ma’muriy tarzda ishga jalb qilishni taqiqlashni kafolatlaydi.

  • Erkin tanlangan ish bilan ta’minlash shuni nazarda tutadiki, o’zining mehnat qilishga bo’lgan qobiliyatiga (ish kuchiga) egalik qilish huquqi faqat uning egasiga, ya’ni xodimning o’ziga tegishli. Mazkur tamoyil har bir xodimning ish tanlashida to’g’ri yo’l tutishini, har qanday ma’muriy tarzda ishga jalb qilishni taqiqlashni kafolatlaydi.
  • Ish bilan ta’minlash munosabatlarini iqtisodiy, ijtimoiy va demografik jarayonlar taqozo etadi. Uning iqtisodiy mazmunini xodim uchun o’z mehnati bilan o’ziga munosib tarzda yashashni ta’minlash, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligining o’sishiga yordam berish imkoniyatida o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy mazmun shaxsning tarkib topishi va rivojlanishida ifodalanadi. Demografik mazmun ish bilan ta’minlash aholining yosh va jinsiy xususiyatlari, uning tarkibi va boshqalar bilan bog’liqligini aks ettiradi.

Aholini ish bilan bandligini ta'minlashda tadbirkorlik faoliyati

2022-yilda aholini tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va ish bilan ta’minlash bo‘yicha jami 2 trln 159 mlrd 146 mln so‘m subsidiya ajratiladi, qarorga muvofiq, quyidagilar hokim yordamchilarining tavsiyalari asosida beriladi:

- oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi kreditlar;

  • - Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Jamoat ishlari jamg‘armasi, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi, “Ayollar daftari” jamg‘armasi, “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘zini o‘zi band qilish va ish bilan ta’minlash uchun ajratiladigan subsidiyalar.

Aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini o‘rganish yakunlarini muhokama qilib, O‘zbekiston Respubilkasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi ta’kidlaydiki, xalq deputatlari Kengashlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, sektorlar rahbarlari tomonidan bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli farmonida iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini ta’minlash va ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida taqdim etilgan imtiyozlar asosida 1 968 ta mikrofirma, kichik korxona va yakka tartibdagi tadbirkorga keyinchalik 12 oy davomida teng ulushlarda to‘lash sharti bilan aylanmadan olinadigan soliq, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni jami 3 980,7 mln. so‘m mablag‘ hajmida foizsiz kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) huquqi taqdim etilgan.
Shuningdek 11 932 nafar yakka tartibdagi tadbirkor uchun 2020-yil 1-apreldan 1-oktabrgacha bo‘lgan davrda ijtimoiy soliq miqdori, 5 197 ta tadbirkorlik sube’ktiga qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari 50 foizga qadar kamaytirilgan. Natijada jami 35,5 mlrd. so‘m mablag‘ tadbirkorlar ixtiyorida qoldirilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalar, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishi bo‘yicha nafaqa va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 1-apreldan e’tiboran 6 102 taga oshirilib, ularga shu oyda jami 2,0 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilgan. Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘lar o‘z vaqtida moliyalashtirilgan.

Tadbirkorlik faoliyati

Shuningdek, boshqa hududdan kelib ishlayotganlarning turar joy ijarasi xarajatlari kompensatsiya qilib beriladi.

  • Yil yakuni bo‘yicha yuqori natijaga erishganlarga ipoteka krediti asosida uy-joy olish uchun uy-joyning 50 foizigacha subsidiya beriladi.

Mehnat bozorida yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor bois, jami aholiga nisbatan ish bilan ta'minlash ulushi yuqori bo‘lmoqda. Ularga jamiyatda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish va tashabbus ko‘rsatib mehnat qilishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.
Mamlakatda kichik biznes rivoji uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samarali ishlayotganligi tufayli, aholining ishbilarmonlik qobi-liyati kengayishi, yoshlarda tadbirkorlik tashabbusi ortishi kuzatilmoqda. Bu jihatlar o‘z navbatida, istiqbolli taklif va tashabbuslarni o‘z vaqtida rag‘batlantirishga katta yo‘l ochib bermoqda. Natijada, ish bilan band aholining aksariyat qismi aynan kichik biznes sohasida mehnat qilmoqda, tarmoqning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa ortmoqda.
Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling