Reja: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. О‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/39
Sana18.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1579650
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39
Bog'liq
Hayot faoliyati havfsizligi amaliy

2.Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlarni 
tayyorlash milliy dasturi”, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq ta’lim 
muassasalarida fuqaro muhofazasi bo‘yicha darslar olib borilishi ko‘zda tutilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2000 yil 4 yanvardagi buyrug‘iga 
asosan o‘rta umumta’lim maktablarining 1-9 sinflarida “Inson xavfsizligi asoslari” 
kursi joriy etilgan. Kursni o‘qitishda asosiy e’tibor shaxsiy va jamoa xavfsizligi 
asoslarini o‘rgatish, xavfli vaziyatlarni ko‘ra bilish, uni baholash hamda 


favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda uyda, ko‘chada, jamoat joylarida bajarilishi 
kerak bo‘lgan hatti-harakatlarni o‘rgatishga qaratilgan. 
3. Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari. Akademik litseylar, 
iqtisoslashgan kollejlarning o‘quvchilariga ta’lim berish maqsadida tashkiliy 
ko‘rsatmalarga asosan “Fuqaro muhofazasi va hayot xavfsizligi asoslari” kursi 
ishlatilishi lozim. Hozirgi kunda talabalar tayyorgarligi 2001 yilda O‘rta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan “CHaqiriqqacha yoshlarni 
tayyorlash” fani dasturi bilan yo‘lga qo‘yilgan. Dasturda fuqaro muhofazasi 
darslariga 35 soat vaqt ajratilgan. 
4. Oliy o‘quv yurtlari. Universitetlar, institutlar va boshqa oliy ta’lim 
muassasalari talabalariga ta’lim berish ishlari “Fuqaro muhofazasi va favqulodda 
vaziyatlar” fani asosida olib borish ko‘zda tutilgan. Ta’lim berish jarayonida 
favqulodda vaziyatlarda boshqarish, hatti-harakatlar masalalariga hamda aholini va 
hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish 
usullarini o‘rgatishga katta ahamiyat berilgan. 
5. Iqtisodiyot ob’ektlari rahbarlari hamda mutaxassislarini tayyorlash, ularga 
ta’lim berish O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 
2000 yili tasdiqlangan 40 va 80 soatlik dasturlar asosida Fuqaro muhofazasi 
institutida olib boriladi. 
Rahbar xodimlarga ta’lim berishdan asosiy maqsad aholi va hududlarni 
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishga tayyorlash, avariya, halokat, tabiiy 
ofatlar sodir bo‘lganda uning oqibatlarini bartaraf etish, fuqaro muhofazasi kuch va 
vositalarini tashkil etishning yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatishdir. 
Rahbar 
xodimlarni, 
tuzilma 
rahbarlari, 
tashkilotlar, 
muassasalar, 
korxonalarning 
avariya-qutqaruv 
otryadlari 
tarkibidagi 
xizmatchilarini, 
harbiylashtirilgan hamda doimiy tayyor maxsus tuzilmalarning xodimlariga fuqaro 
muhofazasidan ta’lim berish ishlari favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga qarashli 
hududiy rahbarlar tarkibini tayyorlash markazlarida hamda o‘quv mashqlari va 
mashg‘ulotlarda olib boriladi. Ta’lim berish jarayonida rahbarlarning fuqaro 
muhofazasidan o‘z funksional vazifalarini o‘zlashtirib olishlariga, xavfli sharoitda 
muhitni tahlil qilish va baho berish, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan hududda 
xizmat lavozimidan kelib chiqqan holda to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalarini 
berishga asosiy e’tibor beriladi. 
Tashkilotlar, korxonalar va ob’ektlarning rahbarlari joriy tayyorgarligi ish 
joylarida fuqaro muhofazasi boshliqlari tomonidan o‘quv yili uchun 15 soat 
hajmida tashkil etiladi. Tayyorgarlikdan o‘tayotgan rahbar xodimlar sodir bo‘lishi 
mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilish, ular sodir 
bo‘lganda oqibatlarini bartarf etish va unga rahbarlik qilish bilimlarini 
egallashlariga ahamiyat beriladi. 


Tuzilmalar tarkibidagi korxonalar, muassasalar va tashkilot xodimlariga 
fuqaro muhofazasidan ta’lim berish ishlari ish joyining o‘zida 15 soat hajmida, 
hamma uchun umumiy bo‘lgan mavzularni (10 soat) o‘rganish sharti bilan olib 
boriladi. Bu tuzilmalar tarkibiga ta’lim berish jarayonida favqulodda vaziyatlar 
oqibatlarini bartaraf etish ko‘nikmalarini amaliyotga yaqinlashtirilgan holda olib 
borish yo‘l-yo‘riqlariga alohida e’tibor beriladi. 
Ishchilar, xizmatchilar, iqtisodiyot tarmoqlari xodimlarini ishlab chiqarishdan 
ajratmagan holda, rejalashtirilgan mashg‘ulotlarda (15 soat), maxsus tayyorlangan 
rahbarlar boshchiligida o‘quv guruhlarida hamda mavzularni mustaqil o‘rganish va 
o‘rgangan mavzularni amaliy mashg‘ulotlar, ob’ekt miqyosidagi mashqlar va 
kompleks o‘quv mashqlari davomida mustahkamlash orqali amalga oshiriladi. 
Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmagan aholiga ta’lim 
berish ma’ruzalar o‘qish, suhbatlar o‘tkazish, o‘quv filmlarini namoyish qilish
mustaqil ravishda qo‘llanma va eslatmalarni o‘rgatish, radioeshittirishlar va 
teleko‘rsatuvlar o‘rdamida olib boriladi.
Bu toifadagi aholini tayyorlashda asosiy e’tibor ularni ma’naviy-ruhiy 
tayyorlashga, favqulodda vaziyatlarning turlari va ko‘lami haqida ma’lumot 
berishga, yashash sharoitidan kelib chiqqan holda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
favqulodda vaziyatlar haqida ko‘nikmalar berishga, favqulodda vaziyatlar sodir 
bo‘lgan sharoitda hatti-harakat yo‘llarini o‘rgatishga, sodir bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan avariyalar, tabiiy ofatlar, falokatlarga oilaviy tayyorgarlik mas’uliyatlarini 
singdirib boishga qaratilgan. 
Fuqaro muhofazasidan ta’lim o‘quv mashqlari o‘tkazish bilan birgalikda olib 
boriladi. Har bir toifadagi aholiga “Diqqat, barchaga!” signali orqali hududning 
geografik xususiyatidan kelib chiqqan holda favqulodda vaziyatlarda bajarilishi 
lozim bo‘lgan hatti-harakatlarga o‘rgatish bilan o‘quv yili tugatiladi. 
Tayyorgarlik shakllari, usullari va vositalari. 
Ofatlarga tayyorgarlikni ta’minlashning 7 yo‘nalishi ajratiladi: 
1. Zaiflikni baholash-favqulodda vaziyatga tayyorgarlik shundan boshlanadi. 
2. Rejalashtirish – tayyorgarlikni ta’minlash ishlarining bo‘linmas qismi. 
Rejaning aniq bir shakli bo‘lmaydi. Rejalashtirish ehtiyojga qarob tuziladi, 
favqulodda vaziyatgacha bo‘lgan, u ro‘y berganda va undan so‘nggi harakatlarning 
aniq va o‘z vaqtida bo‘lishi ta’minlanadi. 
3. Tashkiliy tizim –kuchlarni shakllantirishni ko‘zda tutuvchi yo‘nalish. 
Ulardan tayyorgarlikni ta’minlashda foydalanish mumkin. 
4. Axborot tizimi –favqulodda vaziyatgacha, u ro‘y bergandan so‘ng zaiflik 
darajasini belgilash, ogohlantirish, qaror qabul qilish uchun zarur bo‘lgan axborot 
manbai, ehtiyoj, vaqti va tartibini aniqlashni ko‘zda tutuvchi yo‘nalish. 


5. Asosiy resurslar –bu yo‘nalish moddiy va moliyaviy resurslarni 
shakllantirish, favqulodda vaziyat ro‘y berganda yordam ko‘rsatilishi haqida 
shartnomalar tuzilishini ko‘zda tutadi. 
6. Ogohlantirish tizimi  muqobil aloqa vositalari ta’minotiga ega mustahkam 
ishlovchi ogohlantirish, bashorat qilish va xabar berish tizimini yaratish. 
7. Javob qaytaruvchi mexanizmlar – ularda tayyorgarlikni ta’minlashdagi 
barcha kamchiliklar ko‘zga tashlanib qoladi, amaliy harakatlar, malaka va 
ko‘nikmalar hosil qilinadi.
Aholi tayyorgarligini amalga oshirishda o‘qitish usullaridan bahs-munozara, 
o‘quv darsliklari bilan mustaqil ishlash, muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, 
mantiqiy masalalarni mustaqil echish usullaridan foydalanish mumkin.
Bahs-munozara usuli- o‘qituvchi yoki tinglovchilarning fikrlashni talab 
qiluvchi savollari bo‘yicha tinglovchi o‘z fikrlarini bayon qiladilar va o‘zgalar 
fikrini eshitadilar. 
Muammoli vaziyatni yuzaga keltirish – vaziyat bir oz tor tarzda bayon 
qilinadi. Bunday vaziyatlarni qo‘llash ko‘proq ma’ruzalar davomida qo‘llanib, 
o‘quv jarayoniga muammoli o‘qitish elementlarini kiritish imkoniyatini beradi. 
Tinglovchilardan ko‘proq diqqat-e’tiborini shu vaziyatga jalb qilishlarini va xulosa 
chiqarishlarini talab qiladi. 
Ish o‘yinlari- qandaydir ma’noda inson faoliyatini mashq qilishdan iborat. U 
deyarli barcha vaziyatlarni “o‘ynash” va odamlar ruhiyatini tushinish, ularning 
o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rish imkonini beradi. 
Ish o‘yinlari quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
-auditoriya va qatnashchilarni tayyorlash; 
-vaziyatni, yo‘riqnoma va boshqa materiallarni o‘rganib chiqish; 
-o‘yin jarayonini olib borish; 
-o‘yin natijalarini tahlil qilib, muhokama etish. 
“Miyaga hujum” usuli – muammoni shakllantirish, mashq jarayoni, “miyaga 
hujum”- qo‘yilgan muammoni engish, eng yaxshi g‘oyalarni tanlab olish va 
natijalar to‘g‘risida xabar berish jarayonini o‘z ichiga oladi. 
Fuqaro muhofazasi boshqaruv organlarini, kuchlarini, FVDT mansabdor 
shaxslarini tayyorlash muvaffaqiyatli hal etilishi hamda barcha pog‘onadagi fuqaro 
muhofazasi boshliqlari uyushgan holda reja tuzishlariga, rejaning bajarilishiga 
uzluksiz rahbarlik qilishlariga, uni nazorat qilishlariga, shuningdek qo‘l 
ostidagilarga yordam berishlariga, o‘quv-moddiy bazasining mavjudligiga, uning 
yaratilishiga, yaroqli holda turishiga, hamda muttasil takomillashtirib borilishiga 
bog‘lik bo‘ladi. 



Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling