Reja: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. О‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana18.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1579650
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
Hayot faoliyati havfsizligi amaliy

Nazorat savollari. 
1. Aholini siyosiy ruhda tayyorlash nima? 
2. Aholini favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash nima? 
3. Fuqaro muhofazasi bo`yicha aholini o`qitish usullari. 
4. Aholini ma`naviy tayyorlash nimalarga asoslangan. 
5. Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va hususiyatlari. 
6. Aholini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini, harbiy qismlarini ma`naviy–siyosiy va 
psixologik tayyorlashni mazmuni va mohiyati. 


5-MAVZU.
 
AHOLINI FVDT KUCHLARINI FAVQULODDA VAZIYATLARDA 
HARAKAT QILISHGA TAYYORLASHNI TASHKIL ETISH. AHOLI VA 
HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH 
TADBIRLARINI REJALASHTIRISH. FAVQULODDA VAZIYATLAR XAVFI 
TUG‘ILGANIDA VA SODIR BO‘LGANIDA AHOLINI EVAKUATSIYA 
QILISH. 
REJA: 
1. Aholini siyosiy ruhda tayyorlash 
2. Aholini favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash 
3. Fuqaro muhofazasi bo`yicha aholini o`qitish. 
4. Aholini ma`naviy tayyorlash. 
5. Fuqarolarni muhofaza qilishning asoslari va hususiyatlari. 
6. Aholini, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini, harbiy qismlarini ma`naviy–
siyosiy va psixologik tayyorlashi. 
Tayanch iboralar: fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ma`naviy 
tayyorlash, favqulodda vaziyatlar, favqulodda vaziyatlarga ruhiy tayyorlash, milliy 
istiqlol g`oyalariga sodiqlik. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Prezdenti 
Islom 
Karimov 
Vazirlar 
Mahkamasining 1994y.9 apreldagi kengaytirilgan majlisida shunday dedi, 
jumladan. ”O`zbekiston davlati har qanday sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya 
qiladi.” 
Jumladan. ”Davlat har qanday sharoitda ham o`z fuqarolarini himoya qila 
olish holatida bo`lishi, ularni haqiqiy mehnatlari evaziga ortirgan boyliklari va 
ularni uy joylari baxtsiz hodisa qurbonlari bo`lishini oldini olishi shart. Bu vazifani 
hal etishda fuqaro muhofazasi katta rol o`ynaydi. 
FM harbiy qismlari zararlanish o`choqlarida, baxtsiz hodisalarda, yirik 
avariya va halokatlarda o`z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlari harbiy qismlarni 
shaxsiy tarkibini manaviy-siyosiy va psixologik tayyorgarliklariga bog`liq. 
Manaviy –siyosiy tayyorgarlik deb shaxsiy tarkibga va aholiga milliy istiqlol 
g`oyalarini manaviy yangilanish intizomini yuqori ahloqiy prinsiplarini 
shakllanishiga aytiladi.
FM Psixologik tayyorgarlik ostida shaxsiy tarkibning psixologik 
barqarorligini, ya`ni odamlarda harbiy vazifalarni bajarish qobiliyati, dushmanning 
kimyoviy yadroviy va biologik hujumida hamda KTEZM o`choqlarida faol va 
bilimli harakat qilish eng og`ir sinovlarni turli jismoniy va manaviy og`irliklarni 


muvaffaqiyatli uddalash mardlikni namoyon etish barqarorlikni, chidamlilikni, 
jasurlik 
va 
jasoratni 
ko`rsatish 
kabi 
hususiyatlarni 
shakllanishi 
tushuniladi.Manaviy-siyosiy va psixologik tayyorgarlik o`zaro chambarchas 
bog`liq va yagona ob`yekti– odam hisoblanadi. Tayyorgarlik jarayonini aniqlovchi 
omil bo`lib odamlarni siyosiy chiniqtirish hisoblanadi. Ular irodasini manaviy 
ruhiy asosi quyidagilar hisoblanadi: 
– chuqur g`oyaviy ishonuvchanlik; 
– O`zbekiston Respublikasi milliy istiqlol g`oyalariga sodiqlik; 
– Siyosiy onglilik; 
Ma`naviy siyosiy va psixologik fazilatlar odamni butun hayoti jarayonida 
oila, maktab, mehnat jamoalari, yoshlar birlashmalari, kasaba uyushmalari va 
boshqa tashkilotlar ta`siri ostida shakllanadi. 
Fuqaro muhofazasi harbiy qismlar shaxsiy tarkibi va aholini ma`naviy –
psixologik tayyorlash yo`llari, metodlari va shakllari. 
Aholi va F.M. tuzilmalari va Vatan himoyachilari yuqori ma`naviy–siyosiy 
va psixologik fazilatlarini shakllanishini zarurligini hisobga olgan holda inson 
ongiga ta`sir etuvchi turli xil usul va metodlarini qo`llashni talab qiladi. Harbiy 
qismlar aholini mamlakat mudofasini tinchlik va urush vaqtidagi favqulodda 
hodisalarda harakatlanishga ma`naviy siyosiy va psixologik tayyorlash bo`yicha 
g`oyaviy tarbiyaviy ishlar mazmunini boyitish bilan bir qatorda, uni metod, shakl 
va vositalarini tezkor qo`llash haqidagi doimiy g`amxo`rlikni namoyan qilishi juda 
muhim. 
Tarbiyalash metodlari
F.M. harbiy qismlari shaxsiy tarkibida yuqori manaviy, siyosiy va 
psixologik fazilatlarni tarbiyalash metodlarini asosiylaridan biri bo`lib, qat`iy 
ishonch hisoblanadi. Prizdentimiz Islom Karimov o`z chiqishlarida respublika 
F.M.ni takomillashi va mudofa kuchini mustahkamlanishi haqida bayon etgan 
g`oyalari tug`ri tushinishga yordam berish maqsadida uni aqli, his–tuyg`ulari va 
irodasiga faol ta`sir ko`rsatishdan iboratdir. 
Tarbiya shakllari: Ma`naviy- siyosiy va psixologik tayorgarlikni amalga 
oshirishga yordam beradigan g`oyaviy- tasrbiyaviy ishlarni asosiy shakllarini 2 
guruhga bo`lish mumkin. 
Birinchi guruhga shunday ish shakllari kiradiki, bunda harbiy qism shaxsiy 
tarkibi tarbiyalash ob`yekti rolini bajaradi. Bu o`quv tarbiyaviy ishlarini 
maktablarda, litsiy, kollej va oliy o`quv dargohidagi qo`llaniladigan turli 
shakllaridir. 
– sinfiy guruhli mashg`lotlar; 
–qo`mondonlik;
–shtab mashqlari; 


–taktik – maxsus mashqlar; 
–guruhli mashqlar; 
– shtab mashqlari va amaliy mashg`ulotlar; 
– FMmashqlari va amaliy mashg`ulotlari; 
Bularni amalga oshirishda ketma-ketlik davolilik asosida bo`ladi 
–ma`ruzalar va amaliyotlar; 
–nazariy konferensiyalar va seminarlar; 
–savol va javob kechalari; 
–siyosiy- ma`naviy ,axloqiy va estetik mavzularda munozarali tortishuvlar; 
–FM yosh jangchilari va askarlarining urush faxriylari bilan uchrashuvlari; 
Shuningdek muzeylar, yodgorliklarni tashkil qilish bilan ham, (masalan, 
jangavor muzey, jangavor burchak, xotira maydoni, tarixiy yodgorliklar) xalq 
orasida milliy g`urur, ajdodimiz an`analareiga sodiqlik hissini shakllantirishdan 
iboratdir. 
Fuqaro muhofazasi xizmatining moddiy-texnikaviy ta`minot tizimini
tashkillashtirish va uning vazifalari. 
Harbiy davrda ham, tinchlik davrda ham favqulodda vaziyat yuz berganda 
fuqarolarni muhofaza qilishning asosiy uslublari muayyan tamoyillar asosida 
amalga 
oshiriladi. 
Fuqarolarni 
muhofaza 
qilishning 
asosiy 
tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 
5) Davlat organlari, vazirlik rahbariyati va xalq xo`jaligi ob`ektlarining 
rahbarlari tomonidan fuqarolarni muhofaza qilish omillarini doimiy ravishda 
amalga oshirish va boshqarish; 
6) Mamlakatning har bir burchagida, aholi yashash joylarida, xalq xo`jaligi 
tarmoqlarida, fuqarolarni saqlashning omillarini oldindan rejalashtirish; 
7) Har bir joyning iqtisodiy, siyosiy va mudofa qudratini hisobga olgan 
holda fuqaro muhofazasini rejalashtirish va amalga oshirish; 
8) Fuqarolarni muhofaza qilishning omillarini har bir joyning (respublika, 
viloyat, shahar, tuman xalq xo`jaligi tarmoqlari) iqtisodiy va ishtimoiy rivojlanish 
rejalari bilan birga amalga oshirish. 
Fuqarolarni muhofaza qilishning uslublari quyidagilardan iborat: 
6) Fuqarolarni havfli vaziyat hususida o`z vaqtida ogohlantirish; 
7) Radiatsiyaga va kimyoviy ta`sirlarga qarshi (RQ va KTQ) omillari; 
8) Himoya inshoatlarini saqlash; 
9) Evakuatsiya 
omillarini 
o`tkazish 
(fuqarolarni 
havfli 
hududdan, 
vaqtinchalik uzoqlashtirish); 
10) 
Shaxsiy saqlovchi vositalardan foydalanish. Fuqoralarni favqulotda 
vaziyat haqida ogohlantirish 


Favqulotda vaziyatlarda fuqarolarni himoya qilishni har tomonlama 
omillarida alohida o`rin tutadigan uslub – bu fuqarolarni o`z vaqtida ogohlantirish 
hisoblanadi.
Ogohlantirish radio, televizor vositalari orqali amalga oshiriladi. 
Bundafuqarolarni ogohlantrishdan oldin sirena, ishlab chiqarish gudogi, transport 
vositalarining signallari va boshqa belgilar orqali ogoh etiladi. Ya`ni bu belgilar
 degan ma`noni anglatadi. 
Shu belgilarni eshitgan har bir fuqaro radio, televizorlari zarur. Har bir ofat 
yuz berganda, ularni fuqarolarga hamda xalq xo`jaligiga ko`rsatadigan ta`sir 
hususiyatlarini hisobga olgan holda ogohlantirish matnlari tuziladi. 
Masalan: a) Atom elektr stansiyasida yuz bergan avariya haqida fuqaro 
muhofazasi quyidagi tartibda xalqni ogoh qiladi:, Fuqaro Muhofazasi 
shtabidan gapiramiz, Fuqarolar! Atom elektr stansiyasida avariya sodir bo`ldi. Shu 
AES atrofida joylashgan korxonasi, Hamza aloqa uzatish tarmog`i, 
yangi qurilayotgan metro stansiyasi, Toshkent mineral suv quyish zavodi va uy-
joylarga, mahallalarga radioktiv changlarni tushishi kutilmoqda. 
Shu hududda yashovchi hamma fuqarolar o`zlarining, yashovchi uylari 
germetikligini (zichligini) mustahkamlashlari, uy hayvonlarini pana joyga 
kiritishlari, oziq-ovqat mahsulotlarini, suvlarni radioktiv chang tushishidan 
saqlashlari, o`zlari esa yodli preparatdan qabul qilishlari kerak. Keyingi hatti-
harakatlar fuqarolar muhofazasi shtabi yo`riqnomalari asosida olib boriladi. 
b) Xavfli kimyo zavodida avariya: 
kimyo kombinatida odamga kuchli ta`sir etuvchi zaharli modda (KTZM) –
ammiyakning to`kilishi oqibatida avariya sodir bo`ldi. Zaharlangan havo Toshkent 
shahri tomon tarqalmoqda. Kimyoviy zaharlanish zonasiga o`sha atrofdagi 
korxonalar va aholi yashash joylari (korxona, mahalla yashash joylari ko`rsatiladi) 
kiradi. Kimyo korxonasiga yaqin bo`lgan ishlab chiqarish tarmoqlaridagi ishchi 
xizmatchilar, mahallardagi yashovchilar o`z uylarini, ish joylarini havfsiz holatda 
qoldirishlari (gaz, suv, elektrni o`chirishlari) va Toshkentga evakuatsiyaga 
tayyorlansinlar. Kimyo korxonasidan uzoqdagi korxonalar, mahallalardagi 
(nomlari ko`rsatiladi) yashovchilar o`z ish joylarida, uylarida qo`shimcha 
germitiklarni ta`minlab saqlanishlari lozim. Eshitganlaringizni qo`ni-qo`shnilarga 
etkazing!>
v) Yer silkinishi ehtimolida:
silkinishi ehtimoli bor! Gaz, suv, elektroenergiya, yonayotgan moddalarni o`chirib, 
uylarni havfsiz holatda qoldirib, eshitgan ma`lumotlaringizni qo`ni-qo`shnilarga 


etkazing. Kerakli narsalarni: kiyim-kechak, hujjat, oziq-ovqat, suv olib baland 
qurilgan imoratlardan uzoqroq joylarda saqlaning!> 
Yer silkinganda inshoatlarda bo`lsangiz, darhol eshik, oyna ustunlari 
tagiga turib oling. Tartib va osoyishtalik saqlansin. Fuqaro muhofazasi shtabi 
yo`riqnomalariga e`tiborni qarating. 
Radiatsiya va kimyoviy ta`sirlarga qarshi omillar 
RQ va KTQ omillar deyilganda ionlantiruvchi nurlar (g), zaharli 
kimyoviy moddalar va odamga kuchli ta`sir etuvchi moddalar (KTZM) ta`sirini 
kamatirishga mo`ljallangan komleks omillar tushiniladi. RQva KTQ omillarda 
qo`yidagi vazifalar ko`zda tutiladi: 
a) Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash; 
b) Dozitermik hamda kimyoviy nazoratni tashkil etish va o`tkazish; 
v) Radiatsiyaga qarshi himoyalanish rejimlarini ishlab chiqarish; 
g) Radioktiv va kimyoviy shikastlanishda fuqarolarni himoyalash 
uslublari hamda KTQ omillari bilan ta`minlash (bunda gazniqoblar, mahsus kiyim-
kechaklar va boshqa vositalarni yig`ish, saqlash, taqsimlash); 
d) Radioktiv va kimyoviy shikastlanish oqibatlarini tugatish omillari 
(maxsus sanitar-qayta ishlash, yashash, ishlash joylarini, inshootlarni zararlantirish 
va boshqa omillar). 
Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni aniqlash va baholash. 
Radiatsiyaviy-kimyoviy holatni baholash- RQ va KTQ omillarining 
asosini tashkil etib, uni o`tkazishdan maqsad:
- fuqaro 
muhofazasi 
tizimlariga 
kiruvchi 
fuqarolarning 
ishlash 
qobiliyatlarini baholash; 
- ishchi xizmatchilarning ish faoliyatlarini baholash va ulardan foydalanish 
chegaralari; 
- evakuatsiya davrida tibbiy yordam ko`rsatish hajmi; 
- jihozlarni, transport vositalarini, shaxsiy saqlovchi vositalarni, kiyim-
kechaklarni, ish joylarini dezaktivatsiya va degazatsiya qilish; 
- radiatsiyaviy-kimyoviy zararlangan hududlarda qolgan suv, yem, oziq-
ovqat va boshqalarni qayta ishlab, foydalaniladi va boshqa omillar bajariladi. 
Dozitermik va kimyoviy holatni baholash – ob`ektning fuqarolar muhofazasi 
shtabi, uning tizimlari, jumladan, razvedka bo`limlari amalga oshiradi (ya`ni 
radiatsiyaviy-kimyoviy va umumiy razvedka bo`limlari ). 
Oziq-ovqatlar, suv va yemlarning zararlanish darajasi radiometrik va 
kimyoviy laboratoriyalarda aniqlanadi. Dozitermik baholashda odamlarni va yer 
usti jinslarini radiatsiya nurlari bilan nurlanganligi hamda zararlangan joylarda 
odamlarning olgan nur dozalari aniqlanadi. 


Nurlanganlik darajasi guruh holda hamda yakka tartibda tekshiriladi. 
Guruhni tekshirishda, tizimlar, sexlar bo`yicha odamlarning olgan nur dozalari 
hamda ularning ishlash qobiliyatlari aniqlanadi.
Dozani aniqlovchi ID-1va DKP-50A dozimetrlar 10-12 nafar odam bo`lgan 
guruhlarda taqsimlanadi. Yakka tartibda esa ID-11 markali shaxsiy nur dozasini 
o`lchovchi jihoz ishlatiladi. Mana shu ikki usul bilan (guruh va yakka tartibda) 
sexlardagi, guruhlardagi, tizimlardagi odamlarning olgan nur dozalari o`lchanib, 
jurnalga yozib boriladi. Fuqarolarning umuman olgan nur dozalari qiymatiga 
qarab, tizim boshlig`i o`sha fuqarolarning ishlash qobiliyatlari va zararlangan 
hududlarda bo`lgan vaqtlarini aniqlab beradilar.
Odamlar, tehnika, jihozlar va boshqa kiyim-kechaklarning radioaktiv 
changlardan zararlanishi DP-5 jihozi bilan aniqlanadi va mP/soat bilan o`lchanadi. 
Oziq-ovqat, suv va yemlarni radioaktiv changlardan zararlanish darajasi 
radiometrik usulda aniqlanadi va Ki/kg yoki Ki/l da o`lchanadi. Shaxsiy saqlovchi 
vositalar, tehnika, oziq-ovqat, suv, yashash joylari va ob`ektlarning zaharli 
moddalar, kuchli ta`sir etuvchi zaharli moddalar (KTZM) bilan zaharlanishi 
kimyoviy jahatdan baholanadi. 
Kimyoviy holatni baholash natijalariga qarab, odamlarni shaxsiy 
saqlovchi vositalarisiz yurish-turishi, tehnikalarni, inshootlarning degazatsiyalash 
darajasi, oziq-ovqatlarni, suvlarni va boshqa vositalarni zararsizlantirish 
aniqlanadi. Kimyoviy nazorat kimyoviy razvedka jihozlari: VPXR, PXR-MB 
yordamida o`tkaziladi.
Demak, dozitermik va kimyoviy nazorat o`z vaqtida, to`g`ri o`tkazilsa, 
odamlarning ish qobiliyatlarini va turmush darajalarini birmuncha saqlash 
imkoniyatlariga ega bo`lamiz.
Radioaktiv va kimyoviy shikastlangan joylarda fuqoralarni saqlash. 
1. Radioaktiv shikastlangan hududda fuqarolarni saqlash. 
Radioaktiv shikastlangan hududlarda xalqni saqlashning asosiy qoidalari 
quyidagilardan iborat: 
- Radioaktiv shikastlanish haqida ogohlantirish; 
- Himoya inshootlarida saqlash (boshpana, radiatsiyadan saqlovchi 
boshpana – RSB) ; 
- Zararlangan suv va yemishlardan saqlanish; 
- Zararlangan joylarda fuqarolarni saqlash rejimlariga rioya qilish; 
- Zararlangan joylardan fuqarolarni evakuatsiya qilish; 
- Zararlangan hududlarga odamlarni kiritmaslik; 
- Fuqarolarnisanitar qayta ishlovdan o`tkazish, kiyim–kechak, texnika 
inshootlarni dezaktivatsiya qilish: 


Radiaktiv moddalar bilan zararlangan joylarda odamlarning hatti-harakatlari, 
radiatsiyaviy holatdan kelib chiqib aniqlanadi, bunda: 
Muayyan 
zararlangan 
joylarda 
odamlar, 
radiatsiyadan 
saqlanish 
boshpanalarida (RSB) birnecha soatgacha saqlanishlari va so`ngra oddiy 
inshootlarda bo`lishlari tavsiya etiladi.
Ammo korxonalar va yashash maskanlari oddiy rejim asosida amalga 
oshiradilar. 
b) Kuchli zararlangan joydagi fuqoralar himoya inshoatlarda uch 
kungacha saqlanishlari va keyingi to`rtinchi kunda oddiy inshoatlarda bo`lishi 
mumkin. Bunday holatlarda korxona va maskanlar alohida rejimda ishlashlari, 
ochiq joyda ishlovchilar esa bir necha soatdan, bir necha kungacha ishni 
to`xtatishlari lozim. 
v) Havfli va juda shikastlanishda fuqoralar himoya inshoatlarida uch 
kundan kam bo`lmasliklari hamda oddiy inshoatlarda ham tashqariga chiqmasdan 
saqlanishlari kerak. Bunday korxonalarda hamma oziq-ovqat mahsulotlari 
germetik idishlarda saqlanishi hamda ovqat tayyorlashda faqat zararlanmagan 
suvdan foydalanish lozim. 
Kimyoviy shikaslanishda fuqoralarni saqlash. 
Havfli kimyoviy korxonalarda fuqoralarni saqlashning asosiy uslublari 
quydagilardan iborat:
- kimyoviy shikastlanish havfi haqida ogohlantirish; 
- himoya inshoatlarida (boshpanada) saqlanish; 
- shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
- antidod va SHKP-8 ni qo`llash; 
- shikastlangan joylarda yurish-turish rejimlariga rioya qilish; 
- zararlangan hududlardagi odamlarni evukuatsiya qilish; 
- fuqoralarni sanitar-qayta ishlash, kiyim-kechak, inshoatlarni; transport va 
texnikalarni degazatsiya qilish. 
Kimyoviy zararlanishda birinchi navbatda razvetka o`tkaziladi: bunda 
avariyaning aniq joyi, KTZM turi, hududning shikastlanish darajasi, odamlarning 
zararlangan uchoqdan yaqin-uzoqligi, shamolning kuchi va yunalishi hamda 
boshqa ko`rsatkichlar aniqlanadi. 
Zaharlangan fuqoralarga birinchi yordam berilib, tibbiy yordam 
ko`rsatish shahobchalarga yotqiziladi. Zararlangan oziq-ovqatlar, suv tekshirilib, 
degazatsiya qilinadi yoki yo`q qilib yuboriladi. Zararlangan hududga chekish 
ichish himoya vositalarisiz yurish taqiqlanadi. Zararlangan hududdan chiqqanda, 
ochiq qolgan terilar, shaxsiy himoya vositalari, kiyim-kechaklar SHKP-8 bilan 
zararsizlantiriladi va so`ngra o`zlari to`liq sanitar ishlovdan o`tkazilib, kiyim 
kechaklar almashtiriladi. 


3. 
Fuqarolarni va fuqaro muhofaza tizimlarini PQ va KTQ omillari bilan 
ta`minlash . 
Har bir ob`ektning fuqaro muhofazasi shtabi va uning xizmatli bo`limlari 
shaxsiy saqlovchi (terini hamda nafas organlarini saqlovchi) va tibbiy vositalar 
bilan ta`minlashni, saqlashni hamda ularni doimiy texnik tayyor holda bo`lishligini 
tashkil etadi. 
Shaxsiy saqlovchi vositalarning saqlanishi ish joylariga yaqin bo`lgan 
yerlarda (sex, bo`lim va boshqalarda) tashkillashtiriladi, agar sharoit bo`lmasa, u 
holda ish joylarining zahiradagi binolarida, xonalarida saqlanadi. Tinchlik 
davrlarida ushbu vositalar vaqti-vaqti bilan laboratoriya ko`rigidan o`tkazilib 
turiladi.
Shaxsiy saqlovchi va tibbiy vositalar birinchi navbatda favqulodda
vaziyatlarda ish bilan mashg`ul bo`ladigan fuqarolarga beriladi. Bulardan tashqari 
FM tizimlariga kiruvchi fuqarolar resperatorlar bilan ham ta`minlanadilar. 
Ishlamaydigan fuqarolar nafas organlarini saqlovchi oddiy vositalar – paxta dokali 
taqqichlar va changdan saqlovchi matoli niqoblar bilan ta`minlanadilar. Terini 
saqlovchi vositalar bilan faqat zararlangan o`choqlarda (radioaktiv moddalar, 
zaharli birikmalar, biologik ta`sirlar va odamga kuchli ta`sir etuvchi moddalar, 
KTZM bilan shikastlangan hududlar) xizmat ko`rsatuvchi fuqarolar muhofazasi 
tizimlari ta`minlanadi. 
Favqulotda vaziyatlarda xalq xo`jaligi tarmoqlarida xizmat qiladigan 
fuqarolar shaxsiy saqlovchi vositalarni o`z ish joylaridan, ish bilan mashg`ul 
bo`lmaganlar esa turar joy massivlaridan oladilar. 
Insoniyat hozirgi vaqtda tabiat va inson faoliyati majmuasidan tashkil topgan 
olamshumul ekologik halokat jarayonida faoliyat ko‘rsatayotganini to‘liq anglab 
etib bormoqdamiz. SHuning uchun ham umumiy ofatning oldini olish bo‘yicha 
ko‘pgina chora-tadbirlar ishlab chiqib turmushda ba’zi ijobiy o‘zgarishlarga asos 
solinmoqda.
YAqin kunlargacha ko‘pgina davlatlarning asosiy mablag‘lari tabiiy 
ofatlarning oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlariga sarf qilinar edi. Bugungi 
kunda talab mutlaqo o‘zgardi, ya’ni tabiiy ofatlarning tarixini, kelib chiqishini 
o‘rganish, oldini olish usullarini ishlab chiqish, ularni bashoratlash, namayon 
bo‘lish belgilari-darakchilarini zamonaviy fan yutuqlarini tadbiq qilgan holda keng 
miqyosda olib borilayotgan ishlarga sarflanishi qayta-qayta uqtirilmoqda. 
YAna bir muhim tomoni, olingan ma’lumotlar bilan aholi o‘qitishni yaxshi 
yo‘lga qo‘yishni jadallashtirish, ma’lum darajada ularni sodir bo‘lishi muqarrar 
bo‘ladigan fojialarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlashdir. Bu esa har qanday 


fojiadan keladigan iqtisodiy samarani tejashga, qolaversa insonlar o‘rtasida 
shikastlanish darajasini, nobudgarchilikni kamaytirishga olib keladi. 
Kundalik turmushda insonning xavfli vaziyatlarga tushib qolish ehtimoli 
oshib bormoqda. Bu turmushdagi jarohatlar, transport yoki sanoat avariyasi, 
yong‘in, suv toshqini va boshqa tabiiy hodisalar sodir bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha 
bunday vaziyatlar insonning mas’uliyatsizligidan yoki uning xavfli vaziyatlarda 
to‘g‘ri harakat qilishni bilmasligidan kelib chiqadi. Ayrim hollarda insonning 
yolg‘iz o‘zigina emas, balki uning atrofdagilar ham jabrlanmoqdalar. 
Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishni o‘rganish ko‘p jihatdan 
insonning o‘ziga ham bog‘lik. Axir, bekorga aytilmagan “Asraganni asrayman”, 
“Sendan harakat, mendan barakat” deb. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling