Reja: Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari. Fuqaro muhofazasining hozirgi zamon sharoitidagi ahamiyati. О‘zbekitson Respublikasi Prezidenti favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda fuqarolarning xavfsizligini


Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/39
Sana18.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1579650
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
Hayot faoliyati havfsizligi amaliy

1. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish. 
2. Tinchlik davrida favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgandagi zararni 
kamaytirish. 
3.Tinchlik davrida va harbiy harakatlar vaqtida ob’ektlar, birlashmalar, 
iqtisodiyot tarmoqlari ishlashi barqarorligini oshirish. 
4. Tabiiy ofat hududlarida qutqaruv ishlarini o‘tkazish uchun kerakli sharoitni 
yaratishga qaratilgan bo‘lishi. 
YUqorida qayd etilgan me’yorlarning, hamda quyidagi talablarning 
O‘zbekiston hududida fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarini 
loyihalash va o‘tkazishda bajarilishi kerak. 
1. Tinchlik davri sharoitida imorat va inshootlarni loyihalashda “Zilzilaviy 
hududlarda imorat va inshootlar qurilishi” hamda “Qo‘shimcha ishlov hududlarida 
va cho‘kadigan erlarda imoratlar va inshootlar qurilishi” talablariga rioya qilinishi 
kerak. 


2. Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarining hajmi va mazmuni 
fuqaro muhofazasidagi shaharlarning guruhlariga va iqtisodiyot ob’ektlarining 
toifalariga qarab, ishlab chiqarishdagi ehtimoli bor yirik avariyalar, halokatlar 
hamda tabiiy ofatlar ko‘lamini hisobga olib belgilanadi. 
3. Fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlari tinchlik davrida oldindan 
ishlab chiqarilishi va o‘tkazilishi kerak. Xususiyati jihatidan oldindan amalga 
oshirish iloji bo‘lmagan tadbirlar maxsus vaqtda mumkin qadar qisqa muddatda 
o‘tkazilishi kerak. 
Ishlab chiqilgan tadbirlarning hajmi va o‘tkazilish muddati O‘zbekiston 
Respublikasi iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi rejasida belgilab qo‘yiladi. 
Muhandislik-texnik tadbirlarning mohiyati, asosan yirik shaharlardagi sanoat 
va aholi zichligini cheklashga, aholini muhofaza qilishga, moddiy resurslar 
saqlanishiga borib taqaladi. Buning esa shu shahar va ob’ektlarini favqulodda 
vaziyatlardan muhofaza qilishga o‘z vaqtida tayyorlab qo‘yish uchun muhim 
ahamiyati bor. 
Muhandislik-texnik 
tadbirlari biror ob’ektni loyihalash, qurishda, 
ekspluatatsiya qilish, yopish kabi har bir bosqichda o‘tkaziladi. Fuqaro muhofazasi 
bo‘yicha ekspertiza ishini Favqulodda vaziyatlar vazirligi vakillari o‘tkazadilar. 
Muhandislik muhofazasi – bu tinchlik va harbiy davrlarda favqulodda 
vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini tugatish, aholini va hududlarni 
muhofaza qilishga, mamlakat iqtisodiyotiga etadigan zararni kamaytirishga 
qaratilgan fuqaro muhofazasi muhandislik-texnik tadbirlarning majmuidir. 
Aholi punktlarini rejalashtirishdagi talablar: yong‘in xavfini kamaytirish, 
evakuatsiya tadbirlarini tez o‘tkazish shartlariga rioya qilish, FVDT kuchlari 
kiritilishi uchun sharoitni ta’minlash, iqtisodiyot ob’ektlari vayron bo‘lishi 
ehtimolini kamaytirishga qaratilgan. 
Buning uchun me’yorlarda: 
-shahar hududini 250 gektardan katta bo‘lmagan mikrotumanlarga bo‘lish, 
ular bir-biridan kamida 100 m. ajratib qo‘yilgan bo‘lishi kerak; 
-ko‘kalamzor maydonlar va qatorlar ekish; 
-shahardan tashqari zonaga kamida ikki yo‘nalishda chiqish yo‘li bo‘lishini 
hisobga olib, shahar atrofida yo‘l tarmog‘i qurish (yo‘llarning kengligi eng baland 
imorat balandligiga qo‘shimcha yana 15 metrga teng bo‘lishi kerak); 
-avtotransport va temir yo‘l platformalarini birlashtirib qurish; 
-shahardan tashqari zonani rivojlantirishni nazarda tutish. 
O‘zbekiston Respublikasi muhandislik-texnik tadbirlarining QMQ-93 ning 
talablari 
Kimyoviy xavfli ob’ektlarga tutash, chegarasi ichida kuchli ta’sir etuvchi 
zaharli moddalar (KTZM) solingan idishlar buzilib qolsa, bu moddalar 


muhofazalanmagan kishilarni shikastlashga olib keladigan konsentratsiyada 
tarqalishi ehtimoli bo‘lgan hudud ehtimol bo‘lgan xavfli kimyoviy zararlanish 
zonasini tashkil etadi. 
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni saqlash uchun bazis omborlari 
shahardan tashqari zonada, aholi punktlaridan uzoqda, qattiq vayronalik hamda 
halokatli suv bosish ehtimoli bor hududlardan tashqarida qurish mo‘ljallanishi 
kerak. 
YAngi qurilayotgan va qurilishi tavsiya etilayotgan kuchli ta’sir etuvchi 
zaharli moddalar va yong‘in-portlash xavfi bor moddalar ishlab chiqaradigan yoki 
ishlatadigan korxonalarda idishlar va kommunikatsiyalarni shikastlanishdan 
muhofaza qilish (past tayanchlarga o‘rnatish, tuproq ostiga yotqizish yoki tuproq 
tortib o‘rash), shuningdek kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar va yong‘in-
portlash xavfi bor suyuqliklar to‘kilishiga yo‘l qo‘ymaydigan choralar (er ostida 
saqlash, chiqarib yuborish uchun o‘zi yopiluvchi klapani bor tagliklar, avariya 
idishlari, yo‘nalgan tashlamali tutgichlar va omborlar) nazarda tutilishi kerak. 
Muhim mudofaa ahamiyatiga ega ob’ekt va ishlab chiqarishlarni, moddiy va 
oziq-ovqat rezervlari davlat bazalarini, taqsimot sovitgichlarini, strategik material 
va xom ashyo omborlarini texnik jihatdan iloji bor va iqtisodiy maqbul joylardagi 
kon kavlamalariga joylashtirish tavsiya etiladi. 
Toifalangan shaharlar va ob’ektlar aholisini joriy ta’minlash mollarini 
saqlashga mo‘ljallangan yangi bazalar, omborlar, taqsimot sovitgichlari va boshqa 
omborxonalar qurish Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar hamda viloyat hokimliklari 
belgilaydigan me’yorlarda shunday moddar zahirasini saqlash uchun etarli 
omborxona sig‘imlariga bo‘lgan talabdan oshmaydigan hajmda amalga oshirilishi 
kerak. 
Mavjud bo‘lgan, qurilayotgan va qurilishi mo‘ljallanayotgan yirik suv 
omborlarining halokatli suv bosish ehtiomli bor hududlarida zararli kimyoviy 
moddalar chiqaradigan toifalangan yangi sanoat korxonalari va ob’ektlari qurish, 
materiallar va oziq-ovqat davlat zahira bazalari va omborlari, viloyat va respublika 
ahamiyatiga molik aeroport va boshqa ob’ektlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Mavjud shaharlarda yangi turar joylarni suv bosmaydigan hududlarda qurish 
kerak. Halokatli suv bosish hududining chegaralari, chuqurligi va boshqa 
ko‘rsatgichlari bosimli frontning qisman (chala) buzilish lahzasi bilan suv 
omborining suv tutib turish yuzasi me’yorda bo‘lgan lahza to‘g‘ri kelib qolish 
ehtimolidan kelib chiqib aniqlanadi. Pansionatlar, sanatoriylar, istirohat 
shaharchalari, mehnatkashlarning qisqa va uzoq vaqt dam olish ob’ektlari hamda 
boshqa sog‘lomlashtirish muassasalari ehtimol bo‘lgan vayronaliklarni hisobga 
olib, halokatli suv bosish hududlaridan tashqarida joylashtirilishi kerak. 

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling