Reja: Alkenlarning nomlanishi, tuzilishi va bog’lanishi. Alkenlarning izomeriyasi
Download 0.95 Mb.
|
Alkenlar va alkinlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Alkinlarning fizik va kimyoviy xossalari
2-Propanol (d) 1,1-Dixloretan
1-Propanol (e) Etil spirt Izopropil bromid Yechim. A) propenni reaksiyalar ketma-ketligi orqali propinga aylantira olganimiz uchun Propenni osonlik bilan propanol-2 dan sintez qilib olishimiz mumkin. Bunda kislota-katalizatorli degidratlanishni ishlatishimiz mumkin. H+ (CH3)2CHOH → CH3CH = CH2 2-Propanol Propen Biz alkinlar va terminal alkinlarning eng muhim kimyoviy xususiyati bo’lmish kislotalilikni muhokama qilib bo’ldik. Ushbu bobning keyingi bo’limlarida alkinlarning boshqa reaksiyalari bilan tanishib chiqamiz. Ularning ko’pi alkenlar reaksiyalariga o’xshash bo’ladi. Alkenlar kabi, alkinlar ham birikish reaksiyalariga kirishadi. Biz alkenlar bo’limidan ma’lum bo’lgan katalitik gidrogenlanishdan boshlaymiz. 5.Alkinlarning fizik va kimyoviy xossalariAlkinlarning fizik xossalari alkan va alkenlarnikiga o’xshash bo’ladi. Bu o’xshashlik quyi zichlik va suvda kam eruvchanlikdan iborat. Alkinlar bir muncha qutbli, alkan va alkenlarga qaraganda qaynash harorati balandroq. Alkinlarning tuzilishi va bog’lar: sp gibridlanish. Alkin chiziqli, uglerod- uglerod bog’i uzunligi 120 pm va uglerod-vodorod bog’i uzunligi 106 pm. Chiziqli geometriya , terminal va ichki bog’larni tegishli ravishda hususiyatlaydi. Ushbu geometriya tufayli sikloalkinlarning soni kamdir. 1 rasmda siklononinning molekulyar modeli keltirilgan. Bog’lardagi kuchlanish tufayli sikloalkinlar destabillashadi, siklononin bog’lari mustahkam va uzoq muddatga saqlash mumkin bo’lgan eng kichik sikloalkindir. Keyingi kichik vakil bu siklooktin ajratib olingan, biroq u nisbatan reaktiv va polimerlanib ketadi. Ba’zi sikloalkin tabiatda bo’lishiga qaramasdan, ularga bo’lgan e’tibor, ularni rakka qarshi dori sifatida ishlatish mumkinligi aniqlanganidan so’ng paydo bo’ldi. Uglerod-uglerod uch bog’i uchun spgibridlanish o’rganilgan edi va 2 rasmda atsetilen uchun qayta ko’rib chiqildi. Etilen va atsetilendagi elektrostatik potensial 3 rasmda keltirilgan va qanday qilib ikkilamchi bog’lar atsetilenga kuchli zichlik berishini ko’rsatadi. 1 rasm Uglerodning uchlamchi bog’lari bilan bog’langan bog’ burchaklari egilishini ko’rsatuvchi siklononinning molekulyar modeli. Ushbu modelga ko’ra molekulyar mexanizmlar tufayli tuzilish minimal kuchlanish energiyasini oladi. 2 rasm Atsetilenning uglerod atomlari σ +π + π uch bog’ bilan bog’langan. Ikkala uglerod atomi sp gibridlangan va har biri vodorod bilansp-1s esa σ bog’i orqali bog’langan. Har bir uglerod atomi, o’qlari bir-biriga perpendikular bo’lgan ikkita p orbitalga ega. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling