Reja: Aminokislotalarni sanoat miqyosida ishlab chiqarishning


 Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish


Download 140.09 Kb.
bet3/4
Sana15.09.2023
Hajmi140.09 Kb.
#1678393
1   2   3   4
Bog'liq
Aminokislatarni ishlab chiqarish usullari

3. Oqsil gidrolizatlaridan aminokislotalar ajratib olish 
Aminokislotalarni toza holda ajratib olishning yana bir xili, ba`zi tabiiy oqsillarni kislotali, ishqoriy va fermentativ gidrolizlash hisoblanadi. Bu tabiiy manbalar sifatida go`sht sanoatining chiqindilari, sut kazeini, bug`doy kleykovinasi
va boshqalardan foydalanish mumkin bo`ladi. Lekin bu uslubning qator kamchiliklari mavjud, ular aminokislotalarni ko`p tonnali hajmda ajratib olishga yo`l qo`ymaydi. Bu kamchiliklar ning muhimlaridan biri manba xizmatini o`tovchi xom ashyoning miqdoriy jihatdan cheklanganligi va uning nostandartligi, shuningdek aminokislotalarni ajratish va tozalash bilan
bog`liq bo`lgan ko`p bosqichli kimyoviy ishlovlarni talab qilini shi hisoblanadi. Bundan tashqari gidroliz uchun mineral agentlardan foydalanganda ko`p qimmatli aminokitslotalar: triptofan, treonin, sistein, serinlar parchalanib ketishi,
proteolitik fermentlardan foydalanish esa, peptid bog`larni to`liq parchalanishini ta`minlamasligi, ish unumini ancha pasaytiradi.

4. Mikrobiologik uslubda aminokislotalar ajratib olish 
Bugungi kunda aminokislotalarni ajratib olinishini hamma uslublari orasida mikrobiologik uslubga ko`proq e`tibor beriladi. Bu uslubning ustunligi shundaki, unda kimyoviy biosintez uchun xos bo`lgan kamchiliklar uchramaydi va ajratib olinadi
gan aminokislotalar biologik faol, ya`ni L-shaklda olinadi. Bu narsa chorvachilik uchun yem-oziqa tarkibiga qo`shib beriladi
gan texnik preparatni ajratish va tozalash imkonini beradi. Aminokislotalarni L-shaklini sanoat miqyosida ishlab chiqarish
ni tashkil qilish ikki xil texnik sxema asosida amalga oshirilishi
mumkin. Ular bir biridan asosan mikrob o`stirilgan suyuqlikni 
olish bosqichlari bilan farqlanadi. Birinchi xili bo`yicha mikrob 
o`stiriladgan suyuqlikni ikki bosqichda (ikki bosqichli uslubda) olinsa, ikkinchisi bir bosqichda (bir bosqichli uslubda) olinadi.
Ikki bosqichli uslubda olinishi lozim bo`lgan aminokislotani mikrob hujayralarida, uni sintezlanishi uchun xizmat qiladigan eng arzon turadigan manbalardan foydalanishni nazarda tutadi. Bu o`rinda manba sifatida xizmat qiladigan moddani hosil qilish va uni keyingi bosqich uchun tayyorlash jarayonning birinchi bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichga ferment preparatini (odatda mikrob tabiatli) biosintezi ham kiradi, hamda bu ferment manba
sifatida xizmat qiladigan moddani maqsadli ravishda tegishli
aminokislotagacha transformatsiyalaydi.Bunda sanoat miqyosi
da fermentlarning produsenti (mikroorganizmlar biomassasi) ni o`stiriladi. Biomassani mikrob o`stirilgan suyuqlikdan ajratiladi va bevosita transformatsiya uchun foydalaniladi yoki imkoniyat chegarasidagi har xil uslublar (mexanik, fizik- kimyoviy, kimyo
viy) vositalar yordamida hujayralarni shikastlantirgandan so`ng foydalaniladi. Ikkinchi bosqichda esa, birinchi bosqichda mikro
organizm tomonidan ishlab chiqarilgan ferment tizimidan foyda
lanib, aminokislotani sintezlanishi uchun xizmat qiluvchi 
moddani aminokislotagacha transformatsiyalanadi.







Download 140.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling