Reja: Amir Temur va Temuriylar muzeyining ochilishi va qarorlar


Temuriylar tarixi davlat muzeyi 11 yilga to'ldi


Download 1.41 Mb.
bet4/6
Sana31.01.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1143547
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amir temur va Temuriylar muzeyi

Temuriylar tarixi davlat muzeyi 11 yilga to'ldi

  • Temuriylar tarixi davlat muzeyi 11 yilga to'ldi
  • 18.10.2007 17:57
  • Mustaqillik yillarida Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida jahon tamadduni, ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan ulug' ajdodlarimizga, ularning boy moddiy va ma'naviy merosiga munosabat tubdan o'zgardi.
  • Milliy davlatchiligimiz tarixini chuqur o'rganish va xolisona tadqiq etish borasida amalga oshirilgan keng qamrovli ishlar natijasida Sohibqiron Amir Temur va uning xalqimiz, yurtimiz oldidagi xizmatlari o'zining munosib qadrini topdi. Bobokalonimiz haqli ravishda xalqimizning faxru g'ururi, iftixoriga aylandi.
  • 1996 yilning 18 oktabr kuni muzeyning tantanali ochilishida ishtirok etgan Prezidentimiz mazkur muzey Amir Temur xiyoboniga uzukka qo'yilgan ko'zdek yarashganini ta'kidladi. Darhaqiqat, bu go'zal va betakror koshona mustaqilligimiz mevasi bo'lib, xalqimizning buyuk bunyodkorligi, shonli o'tmishi, farovonlikka yo'g'rilgan bugungi kuni, porloq istiqbolini o'zida mujassam etgandir.
  • Moviy gumbazi ko'kka bo'y cho'zib turgan bu tabarruk maskanga qadam qo'yar ekanmiz, tomirimizda buyuk ajdodlar qoni oqayotganidan dilimiz faxr-iftixor tuyg'ulari bilan to'ladi. Qarshimizda mutlaqo sirli bir olam namoyon bo'ladi. Kecha va bugun, afsona va haqiqat o'rtasidagi ko'rinmas rishtalarni ilg'agandek bo'lamiz.
  • "Qudratimizga shubhangiz bo'lsa, qurgan yodgorliklarimizga boqing". Bir zamonlar purviqor Oqsaroy peshtoqiga bitilgan, ayni paytda mazkur muzey gumbazida darj etilgan bu purhikmat so'zlar Sohibqiron dahosining umrboqiyligi, millatimiz kuch-qudratining yana bir tasdig'idir.
  • Muzeydan joy olgan ashyolar, hujjatlar, nodir kitob va qo'lyozmalar, ajdodlarimiz bunyod etgan tarixiy obidalarning mo'jaz timsollari, qadimiy qurol-aslahalar, milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san'ati namunalari, tangalar va uy-ro'zg'or buyumlari – xullas, har bir eksponat moziydan so'zlaydi.
  • – Muzeyimiz tashkil etilgan paytda undagi eksponatlar soni 600 ga yaqin edi, – deydi Temuriylar tarixi davlat muzeyi bo'lim mudiri Surayyo O'ljaboyeva. – O'tgan yillar mobaynida bu ko'rsatkich qariyb besh baravar ortdi. Ularning asosiy qismi mamlakatimiz hududida olib borilgan arxeologik qazilmalar paytida topilgan, shuningdek, ko'plab yurtdoshlarimiz, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari tomonidan muzey fondiga sovg'a qilingan nodir eksponatlardir.
  • www.arxiv.uz

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling