Reja: Amir Temur va Temuriylar muzeyining ochilishi va qarorlar


Download 1.41 Mb.
bet5/6
Sana31.01.2023
Hajmi1.41 Mb.
#1143547
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Amir temur va Temuriylar muzeyi

Xorijlik sayyohlarni, nufuzli mehmonlarni yurtimiz, davlatchiligimiz tarixi, ajdodlarimizning hayoti va faoliyati bilan tanishtirishda ushbu muzeyning alohida o'rni bor. Mamlakatimizga tashrif buyurgan ko'plab yuqori martabali mehmonlar, rasmiy delegatsiyalar vakillari yurtimizning diqqatga sazovor joylari qatori Temuriylar tarixi davlat muzeyini kelib ko'radilar.

  • Xorijlik sayyohlarni, nufuzli mehmonlarni yurtimiz, davlatchiligimiz tarixi, ajdodlarimizning hayoti va faoliyati bilan tanishtirishda ushbu muzeyning alohida o'rni bor. Mamlakatimizga tashrif buyurgan ko'plab yuqori martabali mehmonlar, rasmiy delegatsiyalar vakillari yurtimizning diqqatga sazovor joylari qatori Temuriylar tarixi davlat muzeyini kelib ko'radilar.
  • Muzey zalidagi "Dastxatlar" ko'rgazmasida faxriy mehmonlarning dil so'zlari, taassurotlari o'z aksini topgan. Ular orasida Prezidentimiz tomonidan bitilgan mana bu so'zlar alohida e'tiborni tortadi: "Temuriylar tarixi davlat muzeyi Sohibqiron Amir Temur shaxsiyatiga nisbatan yurtimizda tarixiy adolat tantana qilganining yana bir amaliy isbotidir. Bu muzeyda bizning o'tmishimiz ham, bugungi kunimiz va buyuk istiqbolimiz ham bamisoli ko'zguda aks etgandek namoyon bo'ladi…"
  • "O'zbekiston xalqlarining jahon madaniyati xazinasiga qo'shgan hissasi bebahodir, – deyilgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning dastxatida. – Rossiya umumiy o'tmishimizga, xalqlarimizni birlashtirib turgan barcha jihatlarga yuksak hurmat-ehtirom bilan qaraydi. Mamlakatlarimiz kelajagini umid va muhabbat nurlari yoritib tursin".
  • Shuningdek, bu yerda Qozog'iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkiya Respublikasi Bosh vaziri Rejep Tayyip Erdog'an, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon va boshqa ko'plab davlat va siyosat arboblari, nufuzli mehmonlarning samimiy dil so'zlarini o'qish mumkin.
  • Muzey ma'muriyati ma'lumotlariga qaraganda, hozirgacha muzeyga turli davlatlardan tashrif buyurgan rasmiy delegatsiyalar soni besh yuzdan oshgan.
  • O'n bir yil davomida bu yerda turli mavzularda ellikdan ziyod ko'rgazma tashkil qilingan. Muzeyning noyob eksponatlari Fransiya, AQSH, Germaniya, Avstraliya kabi davlatlardagi xalqaro ko'rgazmalarda namoyish etilgan. Jumladan, o'tgan yili muzeyda ochilgan "Xorijdagi merosimiz" ko'rgazmasida dunyoning o'nlab yirik muzeylarida saqlanayotgan Amir Temur va Temuriylar davriga oid noyob eksponatlarning fotosuratlari namoyish etildi.
  • www.arxiv.uz

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling