Analitik kimyo fanining nazariy asoslarini:
-D. I. Mendeleyevning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasi;
-modda massasi va energiyaning saqlanish qonunlari;
-tarkibning doimiylik qonuni;
-massalar ta’siri qonuni;
-elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi;
-tuzlarning gidrolizi va amfoterlik;
-kimyoviy muvozanat, oksidlanish-qaytarilish, koordinatsion birikmalar hosil bo‘lish reaksiyalari kabi mavzular tashkil etadi.
Analitik kimyoning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-mavjud analiz usullarini rivojlantirib takomillashtirish;
-fan va sanoatning o‘sib borayotgan talablariga javob beradigan yangi analiz usullarini yaratish, ularni nazariy jihatdan asoslash;
-yangi uskunalar va reagentlar kashf etish va ularning qo‘llanilish sohalarini belgilab berish;
-analizning tez va arzon bo‘lishini, olinadigan natijaning to‘g‘ri, aniq va takrorlanuvchanligini ta’minlash;
-ilmiy-tadqiqot ishlarining analitik nazoratini ta’minlash;
-atrof - muhit monitoringini ta’minlash va boshqalar.
Analitik kimyoning asosiy muammolariga quyidagilarni kiritish mumkin:
-aniqlanadigan moddani topish chegarasini pasaytirish;
-analizning tezkorligi va aniqligini oshirish;
-mikroob’yektlar analizi, lokal va distansion analizni rivojlantirish;
-analizni avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish va boshqalar.
Analitik kimyoning rivojlanish yo‘nalishi va istiqbollari:
-hozirgi analitik kimyo fani kimyoviy analizning asboblashtirish, avtomatlashtirish, rejalashtirish va moddalar analizini takomillashtirish yo‘nalishlarida rivojlanishi;
-xalq xo‘jaligining qator sohalardagi rivojlanish talablariga mos mavjud usullarni yanada takomillashtirish va yangi analiz usullarini ishlab chiqarish;
-zamonaviy analitik kimyoning xarakterli tomoni instrumentalanaliz usullarining keng taraqqiy etishidir. Bu analizni tezkorlik bilan bajarilishiga, qolaversa, ishchi kuchini tejaydigan avtomatik nazoratlar o‘rnatilishiga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |