Reja: Analitik kimyo fani
Download 54.64 Kb.
|
Alisher Usanov
Analitik nazorat. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda analitik kimyo va analitik nazoratni farqlay bilishimiz lozim. Analitik nazorat-bu analitik kimyoda tavsiya etilgan usullardan foydalanib ma’lum ob’yektlarning tahlilini ta’minlovchi xizmatlar tizimi. Analitik nazorat-analiz usullarini yaratish, yoki ularni takomillashtirish sohasidagi metodik ishlar bilan bog‘liq bo‘lmasligi mumkin.
A.R.Beruniy va R.A.Xaziniy X-XI asrlarda analitik kimyo rivojiga katta hissa qo‘shgan. A.Beruniy ko‘pgina moddalarning solishtirma og‘irliklarini aniqladi. R.A.Xaziniyo‘sha zamon uchun juda sezgir tarozi yasadi, uning tarozisi uchinchi xonagacha aniqlik bilan tortishga imkon berardi. Abu Ali Ibn Sino eritmalar va ularning xossalarini o‘rganish sohasida ko‘p ishlarni bajargan. Analitik kimyoning rivojida O‘zbekiston olimlarining hissalari. Akademik Sh.T. Tolipov (O‘zMU) shogirdlari bilan analizning optik usullarini xususan, fotometrik va spektrofotometrik usullarini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. Akademik N.A.Parpiyev (O‘zMU) O‘zbekistonda kompleks birikmalar kimyosini xususan kompleks birikmalarning analizda ishlatilishi sohasida katta ishlarni bajarib kelmoqda. Professor R.X.Djyanbayeva fotometrik va spektrofotometrik usullarini atrof-muhit ob’yektlari analizida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rgangan. Professor A.M.Gevorgyan og‘ir metallarning mikro miqdorlarini aniqlovchi elektrokimyoviy usullar ishlab chiqqan. Professor T.K.Xamrakulov rahbarligida atrof-muhit ob’yektlari nazoratida qo‘llaniladigan kimyoviy, elektrkimyoviy sensorlar va avtomatik analizatorlar yaritilgan. Dotsent N.S.Zokirov Samarqandda gaz xromatografiya usulini rivojlantirgan. O‘zbek tilida xromatografiyadan o‘quv qo‘llanmani yozgan.Analitik kimyo kafedrasida xromatografiya va gazlar analizidan ixtisos kursini tashkil etgan. Professor A.M.Nasimov gazlarni aniqlashning elektrokimyoviy va ionizatsion usullarini ishlab chiqqan. Dotsent O.F.Fayzullayev suvsiz muhitda elektrkimyoviy titrlash usullarini rivojlantirgan. O‘zbek tilidagi “Analitik kimyo”dan darslik, “Analitik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari” singario‘quv qo‘llanmalarning muallifi. Hozirgi kunda analitik kimyo O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Yadro tadqiqotlari instituti va boshqalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Analitik kimyo moddalarni ochish va topish (analizni bajarish) ularning analitik belgilaridan foydalanishga asolangan. Tekshiriladigan aralashma tarkibida aniqlanayotgan modda (molekula, element, ion) borligi haqida xulosa chiqarishga imkon beruvchi, aniqlanuvchi modda yoki uning birikmasining tashqi belgisi (oshkor xossalari) analitik belgilar yoki reaksiyaning tashqi samarasi deyiladi. Analitik belgilarga: rang, hid, qutblangan nurning burish burchagi, radioaktivlik, elektromagnit nurlar bilan ta’sirlashuv (masalan, infraqizil (IQ)-spektrlarda o‘ziga xos yutilish bandlari yoki ko‘rinadigan va ultrabinafsha (UB) sohada yutilish spektrlari) va boshqalar kiradi. Tahlil etiluvchi moddaga analitik reagent ta’sir ettirilganda sezilarli analitik belgi namoyon bo‘ladigan reaksiya - analitik reaksiya deyiladi. Analitik reaksiya sifatida; rang hosil bo‘ladiganyoki rang yo‘qoladigan, cho‘kma hosil bo‘ladigan yoki cho‘kma erib ketadigan, gaz ajraladigan, o‘ziga xos shakldagi kristallar hosil bo‘ladigan, gaz alangasi bo‘yaladigan, eritmada shu’lalanuvchi lyuminofor modda hosil bo‘ladigan reaksiyalar qo‘llaniladi. Analitik reaksiyaning samarasiga harorat, konsentratsiya, muhitning pH qiymati, begona moddalarning borligi ta’sir etadi. Yuqorida aytilganlarni quyidagi misollarda ko‘rib chiqamiz. Download 54.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling