Reja: Analitik kimyo fani
Download 54.64 Kb.
|
Alisher Usanov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik kimyoning ahamiyati. Analitik kimyoning rivojlanishida vatandoshlarimizning hissasi
Tayyorladi:Usanov Alisher Tekshirdi:____________________ REFERAT Mavzu: Analitik kimyo vazifalari, metodlari. Sifat analizi, moxiyati, metodlari. Kationlar va anionlar analizining sistemalari. Reja: Analitik kimyo fani Analitik kimyoning ahamiyati. Analitik kimyoning rivojlanishida vatandoshlarimizning hissasi Insoniyat doimo o‘zini o‘rab turgan olamni o‘rganish va undan o‘z hayotida foydalanishga intilganligi sababli analitik kimyo va uning turli usullari yuzaga kelgan. U kimyo fanining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, fan sifatida o‘zining uzoq rivojlanish tarixiga ega. Analitik kimyoning birinchi usulilari qadimgi alkimyogarlar tomonidan yaratilgan bo‘lib, ular moddalarni sifat jihatdan aniqlashda ishlatilgan. Ammo analitik kimyo fan sifatida XIX asrda shakllandi. Bu vaqtga kelib ko‘p moddalarning xususiy reaksiyalari topildi, indikatorlar nazariyasi, kompleks birikmalarning koordinatsion tuzilish nazariyasi, kislota va asoslar nazariyalari hamda kimyoning qator qonunlari yaratildi, sanoat va ishlab chiqarishning rivojlanishi, xom ashyo va mahsulotlarga bo‘lgan talabning oshishi uning rivojlanishi uchun katta yo‘l ochib berdi. Bu vaqtga kelib fizikaviy asbob va qurilmalarning rivojlanishi analiznining instrumental va avtomatik usullarini rivojlantirdi. Bularning barchasi analitik kimyoning fan sifatida shakllanishiga asos bo‘ldi. Analitik kimyo moddalar va ular aralashmalarining tarkibini o‘rganuvchi fan. Uning asosiy maqsadi moddalarni sifat va miqdoriy tarkibini aniqlashdan iborat. Akademik Yu.A.Zolotov analitik kimyoga“Moddalarning tarkibi va ma’lum ma’noda tuzilishini aniqlashga doir tamoyillar, usul va vositalar haqidagi fan” deb ta’rif bergan. Analitik kimyo kimyoviy analizning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqadigan fan bo‘lib, u mavjud analiz usullarini takomillashtiradi va yangi analiz usullarini yaratadi.Analitik kimyoning usullari yordamida moddalarning tarkibi va tuzulishi aniqlanadi. Bunga zamonaviy sensorlardan foydalanishga asoslangan distansion, avtomatlashtirilgan va kompyuterlashtirilgan usullar, namunani buzmasdan tezkor aniqlashga imkon beradigan usullari va boshqalar kiradi. Analitik kimyo sifat va miqdoriy analizga bo‘linadi. Amalda avvalo sifat, so‘ngra miqdoriy analiz bajariladi. Sifat analizi natijasida tekshirilayotgan modda tarkibida qanday element atomlari, molekulalar yoki ionlar borligi aniqlanadi. Masalan, sulfat kislotasi tarkibida H, S, O atomlari va H+ hamda SO42- ionlarining mavjudligi sifat analizi natijasida topiladi. Miqdoriy analiz natijasida esa murakkab modda tarkibidagi elementlarning miqdori aniqlanadi. Masalan, sulfat kislotasi tarkibida H-2,04 %, S-32,63 %, O-65,33% borligi miqdoriy analiz natijasida aniqlanadi. Analitik kimyo turli nazariy va amaliy muammolarni yechishda qo‘llaniladi. Kimyoviy analizdan xalq xo‘jaligining ko‘pgina sohalarida, xususan tibbiyot, ekologiya, geologiya, kimyo, fizika, mineralogiya, metallurgiya, kimyoviy texnologiya, biologiyada, turli texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishda keng foydalaniladi. Kimyo fanining rivojlanishi ham analitik kimyo bilan bevosita bog‘liq. Moddalarning molekulyar massasini aniqlash, ekvivalentini topish, molekulyar formulalarini keltirib chiqarishda ham analitik kimyodan foydalaniladi. Hozirgi vaqtda kimyoviy-analitik nazoratdan foydalanmaydigan birorta ham korxona yo‘q. Kimyoviy analizsiz xom ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish, ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilib turish mumkin emas. Barcha korxonalarda analitik usul va asboblar yordamida texnologik jarayonlarning nazorati tashkil etilgan. Ishlab chiqarishning barcha sohalarida boshlang‘ich, oraliq va tayyor mahsulotlar hamda jarayonning uzluksiz nazoratini amalga oshirish analiz usullarisiz mumkin emas. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan mahsulot birma-bir tekshiruvdan o‘tkaziladi. Atrof-muhitni muhofaza qilishda analitik kimyo fanining o‘rni beqiyos. Chunki kundalik hayotimizda ishlatilayotgan ichimlik suvlar va havoning tozaligini doimiy nazorat qilish kerak. Atmosferaga avtotransport va texnologik jarayonlardan chiqadigan turli zaharli gazlar miqdorini aniqlash zarur. Falsafada "Analizsiz sintez yo‘q" deb aytilishi analitik kimyoning qanchalik katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi Download 54.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling