Reja: Antik davr psixologiyasida jon haqida materialistik ta`limotlarning asosiy holatlari


Download 60.97 Kb.
bet2/2
Sana12.02.2023
Hajmi60.97 Kb.
#1191972
1   2
Bog'liq
3- mavzu. Antik davr psixologiyasi

Jon stitistikasi

  • Jon dinamikas

    Jon statistikasi:
    Insonning muvozanatda bo’lgan va insoning dam olish , harakatsiz bo’lgan holatlarini o’rganadi.
    Jon dinamikasi:
    Inosnning harakatda bo’lgan holatlarini o’rganadi.
    Gerbatning fikricha psixologiyaning asosiy tassurotlar psixologiyasi tashkil qiladi va tassurotlar psixologiyasi uchta oblastga bo’linadi.

    1. tor musaffo ong

    2. ong

    3. ongsizlik

    Xuddi mana shu oblastda qilingan ishga Gerbat psixologiyasiga, ostona chegara tushunchasini olib kirdi va bu tushunchani buyuk nemis psixolog fizigi Fexner psixofizikani tadbiq qildi. Gerbat psixologiya sohasida olib borgan tadqiqotlar bilan o’zining maktabiga asos soldi. Uning dastlabki o’quvchilaridan biri M.V.Darvag’in (1802-1896) matematik, faylasuf va psixolog. Uning eng yaxshi shogirdlaridan D.Vantes (1821-1864), M.Lotsarus (1824-1903), G. SHteyetal’ (1823-1899).
    Etika (yun. ἠθική [φιλοσοφία] - "axloq falsafasi", yun. ἤθος (ētos) - "odat") shaxs yoki jamiyat odatlarini, axloq normalarini oʻrganuvchi hamda belgilovchi falsafiy tadqiqotdir. U "toʻgʻri"-"notoʻgʻri", "yaxshi"-"yomon" tushunchalarini tahlil qiladi. Etika meta-etika (etika konseptlari), normativ etika (etik qiymatlarni belgilash) va amaliy etika (etik qiymatlarni ishlatish) boʻlimlaridan iborat.
    Etika (yun. yegpoz — xulq, odat) — axloq va uning shaxs hamda jamiyat hayotidagi oʻrnini oʻrganuvchi falsafiy fan. E. axloqshunoslikning falsafiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktikamaliy asarlarni oʻz ichiga oladi. U insoniyat oʻz tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni oʻrgatadi.
    E.ning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgoʻylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning maʼnosi va boshqalar Axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va h.k.) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni oʻrganuvchi E. barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning maʼnaviyat tizimidagi fanlarga taʼsiri katta. E.ning estetika bilan bogʻliqligi sanʼat vositasida roʻy beradi; har bir sanʼat asarida axloqning dolzarb muammolari koʻtariladi, sanʼatkor oʻz davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika oʻrganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda E. nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan boʻladi. E.ning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bogʻliq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon boʻladi. Har bir dinning muqaddas kitobi xudoning bandalarini ham eʼtiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yoʻnaltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, E. bu muammoga zamonaviy tarbiya nuktai nazaridan yondashadi. E. huquqshunoslik bilan chambarchas bogʻliq; koʻp hollarda axloqiy va huquqiy meʼyorlar mohiyatan bir xil boʻladi, ular faqat yondashuvda — sanksiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga koʻra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. E.ning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. E. oʻzining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan ped. fanining asosi hisoblanadi; taʼlim tizimidagi taʼlimtarbiya oʻzini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, E. psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega.
    E.ga doir dastlabki tushunchalar shumerliklarning "Me" qonunlar majmuida uchraydi. Undagi "namlul" tushunchasi insonparvarlik, ezgulik maʼnolarini anglatgan. Bobil podshosi Xammurapi qonunlarida, "Pxatoten oʻgitlari", "Misr mayyitlar kitobi", Avesto kabi qadimiy yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va meʼyorlar qonunlar, eʼtiqodiy daʼvatlar shaklida berilgan; Hindistonning "Manuqonunlari", "Dhammapada", "Patanjali" kabi yodgorliklarida esa pandnoma va hikmat usuli ustuvor. qadimiy Xitoy daochidonishmandlari insonni tabiatning bir qismi sifatida olib qaraydilar va uning vazifasi fazilat yoʻlidan borish ekanini, barcha yovuzliklar, baxtsizliklar insonning tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishi oqibati ekanini taʼkidlaydilar. Konfutsiy va uning izdoshlari fazilat egasi boʻlishni urf-odatlarga soʻzsiz boʻysunishda koʻradilar. qadimiy Sharqdagi, xususan, Misr va Hindistondagi axloqiy gʻoyalar, qarashlar antik davr estetikasiga ilmiynazariy asos boʻldi; yunon mutafakkirlari Sokrat va Platon qarashlarida ilohiylik axloqning asosi, insonga axloqiylik azaldan berilganligi taʼkidlansa, Aristotel inson kamolotga bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, deydi. Sitseron, Seneka, Epiktet singari qadimiy Rim axloqshunoslarining qarashlarida esa qullik, erk, hayotning maʼnosi, baxt muammolari oʻrtaga tashlanadi. Oʻrta asrlar E.sida qadimgi Sharq mutafakkirlari (Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd) asarlari va fikhiy tasavvufiy yoʻnalishlarda Abu Lays Samarqandiy, Gʻazzoliy, Rumiy, Aziziddin Nasafiy, Navoiy, Koshifiy tomonidan yozilgan kitoblar E. taraqqiyotiga katta hissa boʻlib qoʻshildi; Uygʻonish davri faylasuflari oʻz axloqiy qarashlarida ulardan samarali foydalandilar (Valla, Monten). Bu taʼsirni yangi davr axloqshunosligida ham yaqqol sezish mumkin; Gobbs, Spinoza, Gelvetsiy, Golbax, Russo kabi maʼrifatchilar axloqning shaxs va jamiyat hayotidagi oʻrniga, demokratik oʻzgarishlarning axloqiy ildizlariga eʼtiborni qaratdilar. Bu davrda nemis mumtoz axloqshunosligi alohida ahamiyatga ega boʻddi; u bir tomondan ratsional nazariyalarni (Kant, Shiller, Fixte, Shelling , Gegel, Feyerbax), 2tomondan, noratsional qarashlarni (Kyerkegor, Shopengauer, Nitsshe) oʻrtaga tashladi; Kant burchga asoslangan imperativ (qatʼiy amr) gʻoyasini ilgari surdi, Gegel axloqning miqyosiyligini, huquqning asosi, jamiyatning qoni va joni ekanini, Feyerbax axloqiy xattiharakatlarda hissiyotning , ayniqsa, muhabbat hissining ahamiyatini taʼkidladilar. Noratsional yoʻnalish tarafdorlari insonni tushunchalar (aql) yordamida bilish mumkin emasligini, yovuzlikning ezgulikdan gʻolib kelayotganligi axloqsizlikni axloqiy niqob bilan berkitishga doimiy urinish bilan bogʻliqligiga, inson ixtiyor iskanjasida, manfaat va hukmronlik yoʻlida hech narsadan toymaydigan jonzotga aylanib borayotganiga diqqatni qaratdilar. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi rus mumtoz axloqshunosligi axloqiylikni diniylik bilan yaxlitlikda olib qaradi (V.Solovyov, F.Dostoyevskiy, N.Berdyayev, B.Visheslavsev), ezgulik bilan yovuzlikning dialektik aloqadorligi masalasini oʻrtaga tashladi. Etik tafakkurlar tarixida axloq tabiati haqidagi turli taʼlimotlar vujudga kelgan (q. gedonizm, evdemonizm, utilitarizm). Hozirgi paytda gʻayrizoʻravonlik axloqshunosligi (Gandi, King , Sharp, Guseynov) muhim ahamiyatga ega. U yovuzlikka qarshi zoʻravonlik ishlatmasdan kurashishni tavsiya etadi — terror qilish, qon toʻkish, isyon koʻtarish bilan emas, muhabbat, kechirimlilik, yuksak axloqiylik, ezgu ixtiyor va iroda vositasida ish tutish lozim. Shuningdek, bugungi kunda hayotga ehtirom yoki universal E. (A.Shveyser), yangi tasavvuf E.si (M.Qutqu, M.Joʻshon) insoniyat oldiga dolzarb axlokiy vazifalarni qoʻymoqda. Hayotga ehtirom insondan mavjudlikdagi har bir jonzotga — oʻsimlikka ham, hayvonlarga ham oʻz hayoti kabi oliy qadriyat deb qarashni talab etsa, yangi tasavvuf axloqshunosligi industrial jamiyatda nafsga qarshi kurashishning muhimligini isbotlab beradi.
    Endilikda E. oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera (texnikaviy muhit)da yashab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlashib bormoqda, inson tafakkuri vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda insonning oʻziga, uning mavjudligiga qarshi xavf sifatida ham maydonga chiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning , yadroviy kallakli ballistik raketalarning yaratilishi, olamiy okeanning , yer osti va yer usti suvlarining zaharlanishi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham koʻra axloqiy poklikni talab qilmoqda. Klonlashtirish, bir inson aʼzosini boshqa insonga koʻchirib oʻtkazish, evtanaziya (bemorning oʻz oʻlimini.tezlashtirish toʻgʻrisidagi iltimosini qondirish) va boshqalar muammolar ham axloqiy aralashuvga muhtoj. mutafakkirlar
    tomonidan to‘plangan ruh haqidagi ta’limot keyinchalik fanning shakllanishi uchun zamin yaratdi. Insonda jismoniy tanadan tashqari undan
    farqlanuvchi yana nimadir borligi haqidagi tasavvurlar qadimdanoq
    mavjud bo‘lgan. Eng qadimgi davrlardayoq inson tush ko‘rish hodisasi orqali ayrim odamlarning noyob qobiliyatlari (masalan, ovdagi muvaffaqiyatlar) o'lim va boshqa hodisalaming sabablarini tushuntirishga intilgan. Ammo dastlabki qarashlar mifologik harakterda edi. Ular
    fikrlash orqali emas, ko‘r-ko‘rona ishonch vositasida egallanardi. Ruh
    haqidagi qarashlar ko‘pincha nafas bilan bog‘lanardi, ruhni esa uchar
    maxluq sifatida tasavvur etardilar. Psixologiya haqidagi fikrlar qadim
    zamonlardan beri mavjuddir. Ilk davrlarda psixologik xususiyatlami
    jonning ishi deb tushuntirilgan. Jonning o‘zi esa odam tanasidagi maxsus ikkilamchi jism deb qaralgan. Bunday tasavvurlar «animizm» deb
    ataladi.
    Animizm so‘zi — anima «jon» degan ma’noni anglatadi.
    Jon o‘z mohiyatiga ko‘ra olovsimon uchqundan iborat ekanligi
    Geraklit tomonidan, yoki olovsimon atomdan iboratligi Demokrit
    tomonidan ta’kidlangan.Platonning «ideyalar tug'ma bo‘ladi» degan g‘oyalari psixologik fikr taraqqiyotiga juda katta xissa qo‘shdi.
    Platon ta’limotiga ko‘ra «ideyalar» mohiyati abadiy va o‘zgarmas,
    tabiiy olamdan tashqarida oliy olam mavjud boMib, ulami odam ko‘zi
    bilan ko‘ra olmaydi. Platon psixologiyada «dualizm» oqimining
    asoschisi hisoblanadi.
    Dualizm so‘zi «ikki yoqlamalik» yoki «ikki mustaqil fikr» degan ma’noni anglatadi. Dualizm ta’limoti mohiyati moddiy va ruhiy
    olam — tana va psixikaning bir-biriga bog‘liq boMmagan holda mavjud bo‘lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. Platonning dualizmdagi shogirdi Arastu (Aristotel eramizdan oldingi IV asr;
    384—322-yillar) tomonidan birmuncha muvaffaqiyatli bartaraf etildi.
    Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta’limotlari keyingi asrlarda psixologik g‘oyalarning rivojlanishida tayanch nuqta bo‘lib hisoblanadi.
    Platon bilan Aristotel yaratgan ruh haqidagi ta’limot o‘rta asrlardaSharqda ham, G‘arbda ham hukmron bo‘lib qoldi. Psixologiyadagi bu
    oqim keyinchalik (XVIII asrda) metafizik yoki ratsionalistik psixologiya
    deb nom oladi. Bu psixologiya shuning uchun ham metafizik deb
    ataladiki, uning tekshirish predmeti bo‘lgan ruh, psixik jarayonlar —
    fizik xissiy dunyo chegarasidan tashqarida mavjud mohiyat, g‘ayri
    jismoniy bir narsa deb tushuntiriladi; shuning uchun ham ratsionalistik
    deb ataladiki, uning tekshirish metodi tajribadan ajratilgan faqat quruq
    mulohazadan iborat edi.
    Demokrit, Epikur, Lukretsiy, kabilar Demokritning ruh haqidagi
    tasawurlaming rivojlanishini davom ettirdilar. Lekin Epikurga ko‘ra
    ruh atomlardan emas, o‘zgarmas 4 elementdan: olov — issiqlik asosi,
    bug* — harakati asosi, shamol — sovish, nomsiz 4-element — ruhning
    ruhdan iborat. Epikuming nomsiz elementini Lukretsiy «А», deb
    atadi. Shuningdek, Epikuming fikricha, faqat sezish xususiyatiga ega
    narsalardagina ruh bo‘ladi. Ruhni qanotli arava izvoshiga o‘xshatish
    mumkin, izvosh va otlar o‘rtasidagi munosabat, tana va ruh o‘rtasidagi
    munosabat kabidir.
    «Psixologiya fan sifatida ruh haqidagi la’limotdan boshlanishi kerak
    edi. Ruh haqidagi ta’limot odamzot tomonidan avval surilgan birinchi
    ilmiy gepotezadir» deb yozadi L.S. Vigotskiy.
    Anita — ruh haqidagi qarashlar ibtidoiy jamoa davridayoq mavjud
    bo‘lgan bo'lsada, er. av. II asrda tabiat va inson haqidagi tasavvurlar
    tub burilishga uchrab, antik olamda dastlabki ruh haqidagi ilmiy
    farazlar paydo bo‘la boshlaydi. Ilmiy psixologiya va undagi barcha
    muammolaming boshi shu yerdadir.
    Miloddan avvalgi V asrning ikkinchi yarmida yashab o‘tgan
    Yunon faylasufi Kratil shunday degan edi: «Geraklit aytganidek,
    oqayotgan suvga ikki marta emas, hatto bir marta ham sho‘ng‘ib
    bo‘lmaydi. Chunki nima haqda gapirmaylik, biz tugal fikr aytib
    ulgurmasdan uzluksiz o‘tkinchilik qonuniga bo‘ysunuvchi har
    qanday voqelikning mohiyati o‘zgarib ketadi». Lekin uning
    g‘oyalari psixik hayotning hamma eshiklarini ochishga kalit bo‘la
    olmas edi. Geraklit o'zidan oldin o‘tgan Milet maktabi faylasuflari
    Fales, Anaksimandr, Anasimenlarning ruh bo‘linmasligi to‘g‘risidagi fikrlarining izdoshidir.
    Falesning ushbu fikrlari bizning nuqtai nazarimizcha hali-hanuz o‘z
    ahamiyatini yo‘qotmagan. Uni quyida keltiramiz:

    - Eng go‘zal narsa nima?
    - Odam, chunki u Tangrining mahsulidir.
    - Eng tez narsa nima?
    - Aql, u hamma narsani ortda qoldiradi.
    - Hammadan donoroq narsa-chi?
    - Vaqt, chunki yolg‘iz vaqtgina hamma narsani oydinlashtiradi.
    - Hamma uchun eng umumiy narsa nima?
    - Umid, chunki u hech vaqosi yo‘qlarda ham mavjuddir.
    - Eng kuchli narsa nima?
    - Zaruriyat, chunki u hamma narsaning ustidan hukmronlik qiladi.
    - Eng qiyin narsa nima?
    - 0 ‘zni anglash.
    — Eng oson narsa-chi?
    — 0 ‘zgalarga maslahat berish.
    — Kimni baxtli sanash mumkin?
    — Jismoniy sog‘lom, ruhiy xotirjam hamda iste’dodini o‘stira olgan
    kishini.
    — Baxtsizlikka dosh berishning oson yo‘li nima?
    — G‘animlaming sendan-da yomon ahvolga tushib qolganiga guvoh
    bo‘lish.

    Geraklit hayoti: Geraklit Milet bilan qo‘shni bo‘lgan dengiz fortiEfesda tug‘ilib o‘sgan. U miloddan avvalgi 500-yillar atrofida, ya’ni
    Falesdan taxminan 80-yildan so‘ng yashab o‘tgan.
    U podishox xonadoniga mansub bo‘lib, akasining foydasiga shoxlik
    martabasidan voz kechgan.
    U «kosmos» so‘zini birinchi bo‘lib qo‘llagan Yunon faylasufi edi.
    («Kosmos» so‘zi «tartib» degan ma’noni anglatadi. Bu so‘z dastlab
    davlat tizimi va hatto ayollami «tartib»ga keltiruvchi pardoz-andoz
    anjomlariga nisbatan ham qo‘llanilgan. «Kosmetika» so‘zi shundan
    kelib chiqqan).
    Geraklit to‘g‘risida bir necha tarixlar ma’lum, biroq ulaming
    real negizga egaligi ehtimoldan ancha yiroq. Bulaming hammasiga
    qaramasdan, saqlanib qolgan parchalar asosida uning obrazini qayta
    tasvirlash imkoniga egamiz. Geraklit har doim ham o‘z zamondoshlari
    tomonidan tushunilmagan, mahdud, achchiq istehzoli faylasuf sifatida
    gavdalanadi, u zamondoshlarining o‘zini anglab yetishmaganligi
    uchun ulaming aqliy qobiliyatlarini juda past deb qaragan. Mana shuning uchun u odamlaming fikrlari va nuqtai nazarlari «bolalaming
    o‘yinchoqlariga o‘xshaydi», deb ta’kidlagan. Geraklitga doir yana bir
    parchaga binoan, tushunmaydigan odamlar karlarga, «ishtirok eta turib qatnashmayotgan» kishilarga o‘xshaydi. Buning ustiga, Geraklit
    ko‘pchilik fikrini nazarda tutib, uning vakillarini «poxolni oltindan
    afzal ko‘radigan eshaklarga» qiyoslaydi.
    Zamondoshlarining Geraklit ta’limotini tushunmaganligi, shubhasiz,
    ko‘pchilikning, noto‘g‘ri fikrlashi bilan bog‘liq edi. Geraklitga
    faylasuf sifatida «Noma’lum» degan laqab berilgan. U ko‘pincha o‘z
    fikrlarini noaniq va ko‘p ma’noli majozlar yordamida bayon qilardi.
    Afsonaviylikdan qat’iyat bilan yiroqlashishga harakat qilgan miletlik
    naturfaylasuflardan farqli ravishda Geraklit afsonaviylik uslubida
    bayon qilish tarafdori edi.
    U miletliklarda bo‘lgani kabi ilmiylik darajasiga ega bo‘lmagan. U
    Parmenidga o‘xshab mantiqiy, puxta belgilangan tushunchalami ham
    qo‘llamagan. Geraklit xis qilish va kuzatuvga tayangan - uning nutqi
    folbinlaming gap-so‘zlariga o‘xshab ketardi.
    Bizning bilishimizcha, Geraklit o‘z asarlarini Artemida Efesskaya
    ibodatxonasida saqlagan. Uning ko‘p parchalari saqlanib qolgan. 126 ta
    parcha haqiqatdan ham unga tegishli deb hisoblanadi, 13 ta parchaning
    muallifi kimligi shubhalidir.
    Geraklitning parchalarida boshqa faylasuflar ham esga olinadi. Bu
    shundan dalolat beradiki, faylasuflar nafaqat tashqi hodisalar bilan
    qiziqa boshlagan, shu bilan birga ular falsafiy muammolar xususida
    boshqa faylasuflarning bildirgan fikrlari to‘g‘risida ham muayyan
    pozitsiyani namoyon etishgan. Natijada, faylasuflar o‘rtasidagi
    bahs-munozaralar va bir faylasuflar asarlarining boshqa faylasuflar
    asarlarida izohlanishi tufayli falsafiy an’ana vujudga keladi va
    qo‘ llab-quv vatlanadi.
    Fales hayoti: Bizning eng qadimgi grek faylasuflari va ularning
    ta’limotlari to‘g‘risidagi bilimimiz g‘oyat kam. Bizda ular haqidagi
    ishonchli axborotlar ko‘p emas, ularning o‘z asarlari bizga ko'proq
    parchalar holida yetib kelgan. Shuning uchun ular to‘g‘risida aytiladigan
    ma’lumotlar taxminlar va ularning ta’limotlari haqida boshqa faylasuflar
    hikoya qilib ketgan xotiralarga asoslanadi.
    Fales miloddan avvalgi 624-yil bilan 546-yil oralig‘ida yashab
    o‘tgan, deb hisoblanadi. Bunday taxmin qisman Falesning miloddan
    avvalgi 585-yildagi quyosh tutilishini oldindan aytib berganligi
    haqida yozgan Gerodot (miloddan avvalgi 484-430/420-yillar atrofida
    yashagan) fikriga asoslanadi.
    Boshqa manbalar Falesning Misr bo‘ylab sayohati to‘g‘risida
    ma’lumot beradi, bunday sayohat o‘sha paytdagi greklar uchun,
    ayniqsa noodatiy hoi bo‘lgan. Yana shunday ma’lumotlar borki, Fales
    chromlaming balandligini hisoblash masalasini uning o‘z soyasi
    o‘zining bo‘yi o‘lchamiga tenglashgan paytda ehromdan tushgan
    soyaning uzunligini o‘lchash yo‘li bilan hal qilgan.
    Miletlik Fales o‘z zaraonasidagi yetti donishmandning biri
    bo‘lgan. Aytishlaricha, Fales shu yetti donishmandning ichida
    yetakchilik qilgan. U birinchilardan bo‘lib tabiat haqida fikr yuritgan.
    Quyosh tutilishi uning oy bilan to'silishi tufayli yuz berishini birinchi
    bo‘lib Fales anglagan, diametr aylanani teng ikkiga bo‘lishini isbotlab
    bergan.
    Fales falakiyotshunoslik bilan ham shug‘ullanib, quyosh tutilishini
    oldindan aytib bergan. Fales Misr ehromlarining balandligini ulaming
    soyasiga qarab oMchagan. U yolg‘izlikda hayot kechirib, davlat
    ishlariga aralashmagan.
    Falesning quyosh tutilishini oldindan aytib berganligi haqidagi
    hikoya uning ehtimol, Bobildan o‘tib kelgan astronomiyaga oid
    bilimlarni bilganligini ko‘rsatadi. U shuningdek, matematikaning
    greklar tomonidan rivojlantirilgan sohasi geometriyaga doir bilimlarni ham egallagan. (Arifmetika va nol bizga arablardan yetib
    kelgan. Bizning raqamlarimiz greklar yoki rimliklarniki emas, balki
    arablarnikidir). Matematik fikrlarning universalligi greklarda nazariya va nazariy tekshirish haqidagi tasawurlarning shakllanishiga
    yordam bergan. Darhaqiqat, matematik fikrlar alohida xususiy voqeahodisalar haqidagi fikrlarga nisbatan boshqacha ma’noda haqiqiy
    bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun matematikaga doir universal fikrlar
    nomatematik fikrlarga nisbatan qo‘llananiladiganidan boshqacha
    usulda tanqid qilinishi kerak. Bularning hammasi dalillash uslublari va
    idrok etiladigan haqiqatga asoslanmaydigan fikrlarning rivojlanishini
    zarur qilib qo‘ydi.
    Ta’kidlanishicha, Fales Miletning siyosiy hayotida ishtirok
    etgan. U navigatsiya uskunalarini yaxshilash uchun o'zining
    matematik bilimlarini qo‘llagan. U birinchi bo‘lib, quyosh soati
    bo‘yicha vaqtni aniq belgilab bergan edi. Va nihoyat, Fales
    qurg‘oqchilik tufayli hosil bo‘lmaydigan yilni oldindan aytib berib,
    uning arafasida zaytun moyini saqlab qo‘yish va keyinchalik uni
    foydasiga sotish yo‘Ii bilan boyib ketgan. Uning asarlari haqida ko‘p
    ma’lumot berish qiyin, chunki bunday asarlar bizga faqat boshqa
    kishilarning takroriy bayonlari orqali kelgan. Shuning uchun biz
    ularni bayon qilishda boshqa mualliflarning bu asarlar to‘g‘risida
    oildirgan ma’lumotlariga tayanib ish ko‘rishga majburmiz. Arastu
    Metafizika asarida Fales jami mavjudot, ya’ni mavjud bo‘ladigan
    narsalar kelib chiqadigan va yana qaytib borib joylashadigan
    ibtido haqidagi masalalarni qo‘yadigan falsafa turining asoschisi
    bo‘lgan, deydi. Arastu yana shuningdek, Fales bunday ibtido
    suvdan (yoki suyuqlikdan) iboratdir, deb faraz qilgan deydi. Biroq,
    agar Fales haqiqatan ham shunday deb ta’kidlagan boMsada, uning
    bunda nimani nazarda tutganligi aniq ma’lum emas. Bunday izohni
    hisobga olgan holda biz «Fales falsafasi»ni rekonstruktiv tarzda
    talqin etishga harakat qilamiz.
    Faylasuf Anaksimandr shogirdi Pifagor: «Donishmandlik ibtidosi:
    fikrlashni o‘rganish, vaysaqilikka barham berish» deya ta’kidlab, ilk
    bora tafakkur operatsiyalariga e’tibor qaratish kerakligi haqidagi
    fikrlami avval suradi.
    Quyida Pifagorning bir qancha aforizmlarini keltirib o‘tamiz, ularni
    psixologik tahlil qilishga harakat qilib ko‘ring.
    - Tinglash va sukut saqlash seni donolikka yetaklaydi. Sukut -
    donolikning boshlanishi.
    - Bilimlilik va donishmandlikni ayni bir narsa deb hisoblamang.
    - Jonzotlarni o‘ldirishdan saqlaning, chunki odam o‘ldirish
    jonivorlarni o'ldirishdan boshlangan.
    - 04gan kun haqidagi: «Men uni qanday o‘tkazdim, nimalar
    qildim-u, nimalarga ulgurolmadim?» - degan savollarga javob
    topilmaguncha ko‘zlaring uyquga ketmasin.


    XULOSA
    Insoniyat paydo bo‘lgandan boshlab, asta-sekin jismoniy va intellektual (aqliy) jihatdan takomillashib bordi. Odamzotning jamiyat bo‘lib yashashi uchun ma'naviy madaniyat kerak edi. Ana shu ehtiyojlar sababli hozirgi odam (Homo sapiens)da axloq normalari shakllanib bordi. Fuqarolik jamiyati tushunchasi insoniyatning asrlar davomida shakllangan tafakkur mahsulidir.Natijada dunyoning turli mintaqalarida vujudga kelgan odamlar jamoasida “ruxsat” va “ta’qiq” tizimi shakllandi.
    Diniy dunyoqarashning shakllanishi tufayli ruxsat va ta’qiqlar o‘rniga “savob” va “gunoh” haqidagi tushunchalar tarkib topdi. Insonlar jamoasining keyingi uch ming yillik ma'naviy madaniyati ana shu qarashlar doirasida takomillashib bordi.
    Fuqarolik jamiyati ta`limoti qadimgi yunon falsafasi bilan uzviy bog`liqdir. Xususan Platonning “Davlat” asarida jamiyatning shaxsiy va ijtimoiy hayotini bir-biridan ajratishni o`zigina emas balki unga hozirgidek qarashni nazarda tutib o`tgan. Platon murakkab ijtimoiy-siyosiy muhitda yashaganligi sababli ideal davlat qurilishi orzusida yashagan.Uning ezgulik asosiga qurilgan ideal davlat tuzumi quyidagi fazilatlarga ega bo`lishi lozim edi.Fuqarolik jamiyati ta`limotiga oid keyingi izlanishlarni Platonning shogirdi Aristotel davom ettirgan.Aristotel ustozining izidan borib, mukammal jamiyat g`oyasini ilgari suradi. Biroq uning qarashlari Platonnikidan farqli o`laroq ko`proq siyosiy qarashlardan iborat edi. Aristotel o`z qarashlarni amaliy jihatdan ham tahlil qilib bordi va uning qarashlari boshqalarnikiga qaraganda mukammalroq ekanligi ravshanlashdi.
    Jumladan u insonlarni xususiy mulkka egalik qilishi haqidagi g`oyalarni ilgari surdi, chunki xususiy mulk insonlar o`rtasidagi munosabatning asosi hisoblanadi. Shuningdek o`zining “Siyosat” asarida jamiyatning sotsial strafikatsiyasi haqida ham fikr bildirib o`tgan. Aristotel, eng yaxshi hayot tarzi haqidagi ta’limot bevosita davlat tuzilishi va siyosatining maqbul shakliga bog‘liq, deya ta’kidlaydi. Ungako‘ra, ezgulik aniq-maqsad va unga doimiy intilish bilan birga amalga oshiriladi. Ezgulik tug‘ma sifat bo‘lmasdan, unga ta’lim-tarbiya va mehnat orqali erishiladi. Aristotel adolatsizlik deganda qonunni buzuvchilar, va barchaga teng munosabatda bo‘lmaydigan kishilarni tushunadi. Qonunga yarasha ish qiladigan, barchaga bir ko‘zda qaraydigan kishilarni adolatli deb hisoblaydi. Uning fikricha, barcha kishilar tenglikka amal qilishi lozim. Aristotelning buyuk xizmati shundaki, u ilk bor erkinlikka intilish - insonga xos tug‘ma xususiyat ekani va bu hol uning o‘zligini anglashi, yuksak maqsadlar va ezgu amallar sari xatti-harakatlari bilan uzviy bog‘liqligini ta’kidlaydi.
    Qadimgi yunon faylasufi Suqrot esa qonunlarni davlatning poydevori, inson va jamiyat hayotining, yashash tarzining kafolati sifatida ko‘rgan. Suqrot o‘z ta’limotini og‘zaki ravishda ko‘cha-ko‘yda, maydonlarda, hiyobonlarda o‘z shogirdlari va izdoshlari bilan suhbatlarda bayon qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Suqrot ta’limoticha, axloq masalalari jamiyatda ustuvor bo‘lishi lozim. Suqrot inson bilimining cheksizligi, haqiqatning nisbiyligi, olamning bepoyonligini anglab yetgan.
    Suqrotning nuqtai nazariga ko`ra, inson faoliyati uning yaxshilik, savob, oriyat, insof haqidagi tushunchalari mazmunidan iborat bo`lib, bu tushunchalarni shaxs qanday tushunishi katta ahamiyatga ega. Shunday ekan inson faoliyatini yaxshilash uchun uning fe`l atvorini va tarbiya to`g`risidagi qarashlari, tushunchalarini tartibga solish zarurdir.

    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    1. Abu Ali Ibn Sino. «Tib qonunlari» asari. Toshkent - 1992-y.
    2. Davletshin M.G. «Psixologicheskaya nauka v Uzbekistane» Psixologicheskiy jumal. Toshkent. №7. 1986-y.
    3. Davletshin M.G. «Psixologiya tarixi» dastur. T. —1996-y.
    4. David G. Mayers «Psychology ninth addition in moduls» 2010. 6-7
    pages
    5. Jdan G. «Istoriya psixologii» — Uchebnik. — М.: Izd-va J42 MGU,
    1990.—367-s.
    6. Iskandarov B. «O'rta Osiyoda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy fikrlarning
    shakllanishi va rivojlanishi tarixidan lavhalar» Toshkent. « 0 ‘zbekiston».
    -1993 .
    7. Nishonova Z.T. «Psixologiya tarixi» T -2002-y.
    8. Xayrullaev MM. « 0 ‘zbekistonda ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixidan
    lavhalar». Toshkent -1995-y.
    9. E. G'oziev «Tafakkur psixologiyasi» Toshkent. 0 ‘qituvchi — 1990-y.
    10. X ’ell L., Zigler D. «Teorii lichnosti». - SPb.: Piter Press, 1997. 528-
    573-s.
    11. Rodjers K.R. Vzglyad na psixoterapiyu. Stanovlenie cheloveka. —
    М.: Izdatelskaya gruppa «Progress», «Univers», 1994. — 480-s.
    12. Rijov B.N. Istoriya psixologicheskoy misli. Mi.Voenizdat Uchebnoe
    posobie dlya visshiv uchebnix zavedenie, 2004
    13. Yaroshevskiy M. G. Psixologiya v XX stoletii. Teoreticheskie problemi
    razvitiya psixologicheskoy nauki. — М.: Politizdat, 1994. — 305-319-s.
    14. Psixologicheskiy slovar’/ Podred. V. P .Zinchenko, B.G.Mesheryakova. - М.: Pedagogika - Press, 1997. — 440-s.
    15. Freydjer R., Feydimen Dj. Lichnost’. Teorii, uprajneniya, eksperimenti.
    16. Bliznesi: ucheb. Posobie dlya vuzov. Ziryanova N. М. - М.: Soliton,
    2006.
    17. Genotip. Sreda. Razvitie: monografiya. Egorova M. S., Ziryanova N.
    М., Parshikova О. V., P ’yankova S. D., Chertkova Yu. D.
    — М.: OGI, 2004.
    18. Metodi psixogenetiki: ucheb. Posobie dlya vuzov. Pankratova A. A.
    М.: Soliton, 2006.
    19. Osobennosti uchebnoy deyatel’nosti bliznesov: ucheb. Posobie dlya
    vuzov. Ziryanova N. М. - М.: Soliton, 2006.
    Download 60.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling