Reja: Armatura nima?


Armatura va uning xssalari


Download 28.62 Kb.
bet2/3
Sana17.11.2023
Hajmi28.62 Kb.
#1783259
1   2   3
Bog'liq
Armatura

Armatura va uning xssalari. Armaturalar sterjenli va simli armaturalarga bo’linadi. Sirtining shakliga qarab tekis va davriy profilli armaturalar bo’ladi. Davriy profilli armatura tekis armaturaga qaraganda beton bilan mustahkamroq bog’lanadi. Armaturani ishlatish usuliga qarab, u zo’riqtirilgan va oddiy armaturaga bo’linadi. Armatura konstruksiya tarkibida bajaradigan vazifasiga ko’ra ishchi va montaj armaturaga bo’linadi. Ishchi armatura hisoblash yo’li bilan, montaj armaturasi esa konstruktiv mulohazalarga ko’ra o’rnatiladi. Тaqsimlovchi armatura ham shartli ravishda montaj armatura turigaqo’shiladi.
Тemirbeton elementlari kamida 0,05% va ko’pi bilan 3,5% miqdorida armaturalanadi. Armaturalash foizining eng kichik miqdori, armaturalangan elementning cho’zilishga bo’lgan hisobiy qarshiligi sof beton elementning cho’zilishga bo’lgan qarshiligidan kichik bo’lmasligi kerak degan shartdan kelib chiqadi. Armaturalashning maksimal miqdori esa iqtisodiy mulohazalar va hisoblar asosida belgilanadi.
Oddiy armatura sifatida A–I, A–II, A–III, va Bp–I, B–I sinfli armaturalardan foydalaniladi. Zo’riqtiriladigan armatura sifatida esa A–IV, A–V, A–VI, At–V, At–VI, Bp–II, B–II va K–7, K–19 sinfli armaturalar ishlatiladi.
Agar sterjenli armatura kuchlanish ostida zanglash (korroziya) ga nisbatan o’ta turg’un bo’lsa, uning sinfiy belgisiga «K» harfi qo’shiladi (masalan, At–IVK); agar payvandga monand bo’lsa, «S» harfi qo’shiladi (masalan, At–IVS). Agar armaturada har ikkala hususiyat mavjud bo’lsa, «SK» harflari qo’shiladi (masalan, At–V SK).
Тemirbeton konstruksiyalarida davriy profilli sterjenli armaturalar keng qo’llaniladi. Armatura sirtining davriy profilli shakli, ya’ni uning g’adir-budurligi beton bilan yopishuvini yanada oshiradi, bu esa, o’z navbatida, beton cho’zilishga ishlaganida yoriqlarning kengayishini kamaytiradi, armaturani beton bilan biriktiradigan maxsus choralar ko’rishdan xalos etadi.
Armaturalarning fizik-mexanik xossalari. Armaturalarning fizik-mexanik xossalari po’latning kimyoviy tarkibi, ishlab chiqarish va ishlov berish usullariga bog’liq. A–I, A–II, A–III sinfli yumshoq po’latlarda uglerod 0,2...0,4% ni tashkil etadi. Uglerodning miqdori oshirilsa, po’latning mustahkamligi ortib, qayishqoqligi va payvandlanuvchanligi kamayadi. Agar po’lat tarkibiga marganes va xrom qo’shilsa, uning qayishqoqligi kamaymagan holda mustahkamligi ortadi; kremniy ko’shilsa, po’latning mustahkamligi ortib, payvandlanuvchanligi yomonlashadi.
Po’latning mustahkamligini qizdirib toblash yoki oddiy cho’zish yo’li (1.4-rasm, 1-egrilik) bilan oshirsa ham bo’ladi. Po’latni qizdirish yo’li bilan toblaganda, uni 800...900°S ga qadar qizdiriladi, so’ngra keskin sovutiladi; keyin yana 300...400°S ga qadar qizdirib, asta sovutiladi (4-egrilik). Buning natijasida po’lat armaturaning mustahkamligi ortadi.
Armaturali sterjenni ketma-ket kichrayadigan teshikdan zo’rlab sug’irish yo’li bilan ham mexanik usulda puxtalasa bo’ladi. Bunda 
Download 28.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling