Reja: Avtomobil servisi xizmatining sifati to‘g‘risida tushuncha. Ishlar sifati va xizmat madaniyati
Avtoservis xizmati sifatini ta`minlash uchun zarur bo‘lgan texnik-
Download 450.63 Kb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu
3. Avtoservis xizmati sifatini ta`minlash uchun zarur bo‘lgan texnik- texnologik hujjatlar Avtomobillarga TXK va ularni ta`mirlash ishlarining tashkil etilishi tartiblari hamda texnologiyalari avtomobil-sozlik kompaniyalari tomonidan tayyorlangan maxsus texnik-texnologik hujjatlar asosida olib boriladi. Har bir kompaniya turli rusumdagi o‘zi chiqargan avtomobillarga TXK va ta`mirlash ishlarini belgilovchi hujjatlarni o‘z vaqtida tayyorlab, avvalo, avtomobillar bilan savdo qiluvchi va xizmat ko‘rsatuvchi diler-larga yetkazib beradi, ayrimlarini esa har bir sotilgan avtomobillarga qo‘shib xaridorga beradi. Bu hujjatlarning asosiylari quyidagilardir: -avtomobillardan foydalanish qoidalari; -servis daftarchasi; -avtomobildan foydalanish to‘g‘risida qo‘llanma; -avtomobilga TX ko‘rsatish va ta`mirlash to‘g‘risidagi qo‘llanma; -kafolatli xizmat to‘g‘risidagi nizom; -TXK va ta`mirlash ishlarini bajarishga texnologik xaritalar va h.k. Hujjatlar avtomobillar sotiladigan mamlakatlar, geogra-fik hududlarda qo‘llaniladigan davlat tilida yozilishi shart. Ko‘r-satilgan hujjatlarga tayanib, har bir mamlakat o‘z davlat qonun-chiligidan kelib chiqqan holda avtomobillarga texnik xizmat ko‘r-satish va ularni tag’mirlash qoidasini yoki nizomini tasdiqlaydi. Avtokompaniyalar va davlatlar tomonidan tasdiqlanadigan hujjatlar sohada yagona texnik siyosat o‘rnatish TXK va ta`mirlash tizimiga, uning tashkil etilishiga zarur talablar qo‘yish imkoniyatlarini yaratadi. Hujjatlarda avtomobillar egalari, avtomobilsozlik kompaniyalari va xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarning o‘zaro munosabatlari belgilanadi, shuningdek, avtomobillarning ishonchli va xavfsiz ishlashlarining ta`minlovchi TXK va ta`mirlashning turlari hamda mehyorlari keltiriladi. Avtomobillarga TX ko‘rsatish va ularni ta`mirlash tizimi, ya`ni avtomobillarning ishonchli, samarali va xavfsiz ishlashlarini ta`minlovchi nizomlar, dasturlar, TXK va ta`mirlash mehyorlari majmui Ma`lum bir strategiyaga asoslangan bo‘ladi. Bu strategiya dunyo mamlakatlarida avtomobil transportida turlicha atalsa- da, mohiyati jihatidan bir xil bo‘lgan tasodifiy buzilishlarning oldini oluvchi rejali “TXK va ta`mirlash” tizimidir. TXKSlarida texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash bo‘yicha barcha amal(operatsiya)larning asosini texnologik xarita tashkil qiladi, ya`ni barcha amallar ilgaridan tuzilgan xaritalar bo‘yicha bajariladi. Download 450.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling