Reja: Avtomobil servisi xizmatining sifati to‘g‘risida tushuncha. Ishlar sifati va xizmat madaniyati


Download 450.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi450.63 Kb.
#1507906
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

 
2. 
Avtomobilsozlik kompaniyalari va ularning dilerlari tashkil etgan 
firma usulidagi avtomobil servisi.
Avtomobilsozlik kompaniyalari o‘zlari tashkil etgan avtoservis tizimiga juda 
katta ehtibor va jiddiylik bilan qaraydilar. CHunki bu tizim avtomobilsozlarni o‘z 
mijozlari, ya`ni avtomobillarni sotib oluvchi va ishlatuvchilar bilan bog‘lov-chi 
muhim vazifani bajaradilar, o‘z kompaniyalari avtomobillari-ni, servis xizmati 
ko‘rsatishdagi mijozlar uchun yaratilgan qulayliklarni reklama qiladilar. Xullas, 
o‘z kompaniyalari avtomobillarini sotib oluvchi va ishlatuvchilari bilan aloqa 
bog‘llashda muhim vazifani bajaradi, ya`ni o‘z kompaniyalarining xaqiqiy 


jonkuyarlari ekanligini namoyish etadi. SHu sababli kompaniyalarning 
avtomobillar bozorlaridagi mavqei, tijoriy ishlarining muvaffaqiyati aynan shu 
servis xizmati tizimining samarali ishlashiga bog‘liqdir. Bu servis xizmatining 
firmaviy usuli deb atalishini sababi esa, har bir avtomobilsozlik kompaniyasi 
avtoservisining o‘ziga xosligi, boshqa kompaniyalar servisidan biron-bir jihati 
bilan ajralib turishidir. Albatta, bu o‘ziga xosliklar birinchi navbatda mijozlar 
manfaatilariga xizmat qilishlari shart. 
Masalan, bahzi avtomobilsozlik kompaniyalari o‘z avtomobillariga yoki 
ularning muhim qismlariga kafolatli ishlash davrlarini boshqalarga nisbatan 
ko‘proq belgilasalar, boshqa birlari esa servis xizmatida mijozlar uchun turli 
qulayliklar yaratish bilan shug‘ullanadilar. 
SHuni ta`kidlash zarurki, firmaviy usulda ishlovchi avtoservis xizmatini 
tashkil etish avtomobilsozlik kompaniyala-ri uchun oson ish emas. Buning uchun 
kompaniya mutaxassislari katta hajmdagi iqtisodiy-tashkiliy masalalarni tahlil va 
hisob-kitob qilib chiqadilar, so‘ngra firmaviy usulda avtoservis xizmati tashkil 
qilinishining quyidagi variantlaridan birini tanlab oladilar: 
-o‘zining maxsus tizimini yaratish; 
-avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan maxsus shartlar asosida 
ishlovchi, asosiy faoliyati boshqa soha bo‘lgan (sug‘urta kompaniyalari, AYoQSH 
egalari va boshqa firmalar yordamida servis xizmatini tashkil qilish); 
-tijorat firmalarning maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxasislari tomonidan 
tashkil qilish; 
-avtomobillar sotuvchi agentlar (dilerlar) yordamida (Reno, Frantsiya); 
-avtomobillarning ayrim qismlarini va tizimlarini (motor, elektr jihozlar, 
shinalar, akkumulyatorlar va h.k.) ishlab chiqaruvchi firmalar tashkil etgan 
servisdan foydalanish; 
-mahsulotlar 
ishlab 
chiqaruvchining 
(boshqa 
avtomobilsozlik 
kompaniyalarining) 
firmalari 
orqali 
tashkil 
etilgan 
avtoservis 
xizmati 
(Avtotexxizmat, Uz-AutoMotors). 
Bu usullarning har biri o‘z afzallik va kamchiliklarga ega, ulardan qaysini 
qo‘llash murakkab taxliliy ishni talab etadi. Ammo qaysi usulni qullashdan qahtii 
nazar sotuvchi mahsulot (avtomobil) sifatiga javob beradi va bu esa tijorat 
muvaffaqiyatining kalitidir 

Download 450.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling