Reja: Avtomobil servisi xizmatining sifati to‘g‘risida tushuncha. Ishlar sifati va xizmat madaniyati


Firma usulidagi avtomobil servisning jahon avtomobil servisi


Download 450.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana16.06.2023
Hajmi450.63 Kb.
#1507906
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

3. Firma usulidagi avtomobil servisning jahon avtomobil servisi 
bozorlaridagi roli va ahamiyati O‘zbekistonda firma usulidagi avtomobil 
servisi.
Umuman olganda firma usulidagi avtoservis xizmatining qadri yuqori 
bo‘lsada uning hajmi yuqori emas. AQSHda barcha avtservis xizmati ko‘rsatuvchi 
korxonalarning faqat 30 foizigina firma usulida ishlaydilar. Ularni TXK va 
ta`mirlashdagi bajargan ishlarining hajmi 36 foiznigina tashkil etgan (1990 yil).
Xizmat 
ko‘rsatish 
korxonalari 
ichida 
eng 
ko‘p 
tarqalgani 
avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish stantsiyalari bo‘lib, ulardagi ishchi
postlari soni bittadan (xususiy tadbirkorlar) 50 tagacha (Toshkent shahridagi 
"VAZ" avtomobil markazi, "Avtotexxizmat" bosh korxonasi va boshqalar) boradi. 


Markazlashgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash bazasi sifatida “GM-
Uzbekistan” kompaniyasi Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida tashkil 
qilingan avtomarkazlar, "Toshshaharyo‘lov-chitrans" Davlat uyushmasi tomonidan 
tashkil etilgan, muvaf-faqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgan "Mersedes-Bents O405" va 
ixtisos-lashtirilgan "DEU" (chiqindi tashuvchi) yuk avtomobillariga servis xizmati 
ko‘rsatish markazlarini keltirish mumkin.
“O‘zavtosanoat” assotsiatsiyasi tomonidan ham o‘zining tas-sarufida 
bo‘lgan korxonalarida ishlab chiqarilayotgan avtomobil-larga servis xizmatini 
tashkil qilish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Respublikamizda avtomobil sanoatining paydo bo‘lishi o‘z navbatida 
mamlakat avtoservisini yanada rivojlanishiga ijobiy tahsir ko‘rsata oldi. “GM-
Uzbekistan” kompaniyasi avtomobillari bilan savdo qilish va ularga firma usulida 
xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakatimizning barcha viloyatlari va Toshkent 
shahridagi yirik avtomarkazlardan 13 tasi takomillashtirilib to‘la qayta jihozlandi, 
bir qancha zamonaviy avtosalonlar, avtodo‘konlar qurilib, kadrlar malakasini 
oshirishga ehtibor berildi.
Toshkent shahridagi O‘zDEUavto avtomobillariga mo‘ljallanib qayta 
jihozlangan avtomarkaz. 


 
O‘zbekiston avtomobillarini tashqi bozorga olib chiqish uchun assotsiatsiya 
tomonidan keng dilerlik tarmog‘i yaratildi. Rossiya va Latviya davlatlari hamda 
qo‘shni respublikalarda “O‘zavtosanoat” assotsiatsiyasining dilerlik korxonalari va 
ularning filiallari tizimi tashkil qilindi.
O‘zbekiston avtomobillarini tashqi bozorga olib chiqish bo‘yicha dilerlik 
tarmoqlari. 
Bu korxonalarda O‘zbekiston avtomobillarini sotish bilan birga, ularga 
servis xizmati ko‘rsatish ham tashkil qilingan. Bundan tashqari, «O‘zDEUavto» 
korxonasining dilerlik korxona-lari Qozog‘iston va Qirg‘iziston mamlakatlarida 
ham mavjud bo‘lib, hozirgi paytda Xitoyning shimoliy-g‘arbiy mintaqalari-dagi 
bozor o‘rganilmoqda. 1999 yilda Riga (Latviya) shahrida «O‘z-DEUavto» 
korxonasining tashrifxonasi tashkil qilindi. 
Diler stantsiyalarining mijozlari asosan yakka avtomobil egalari (TXK va 
ta`mirlash bo‘yicha) va turli avtotransport korxonalaridir (ehtiyot qismlar savdosi 
bo‘yicha). Dilerlarning mavqei boshqa mustaqil stantsiyalarga qaraganda yuqori 
turadi, ularda bajariladigan ishlarning sifati yuqori baholanadi va almashtirilgan

Download 450.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling