Reja: Avtomobil servisi xizmatining sifati to‘g‘risida tushuncha. Ishlar sifati va xizmat madaniyati


Download 450.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi450.63 Kb.
#1507906
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu

 
2. 
Davlat, tarmoq va korxonalarning xizmatlari sifatini belgilovchi 
va kafolatlovchi standartlari, xavfsizlik va ekologik talablari. 
 
Har qanday ko‘rsatiladigan xizmatning sifatiga mijozlar qo‘yadigan talablar 
davlat qonunlarida aks ettiriladi va shu holatdagina ularning bajarilishiga huquqiy 
asos yaratiladi. O‘zbekistonda va Rossiyada bunday qonunlar xozircha ikkita: 
“Istehmolchilarning huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 1996 yil may 
oyida qabul qilingan (O‘zbekistonda) va “Tovarlar va xizmatchilarni 
sertifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonun. Bu qonunlarda tovar (mol) ishlab 
chiqaruvchi yoki savdo qiluvchilar bilan istehmolchilar, mijozlarning o‘zaro haq-
huquqlari, vazifalari, javobgarliklari umumiy tarzda kel-tirilgan. Ikkinchi qonunda 
esa tovarni yoki xizmatni sertifi-katsiya qilish, ya`ni ularni barcha talablar, 
standartlar asosida tayyorlanganligi yoki bajarilganligini davlat tomonidan tasdiq-
lanishi va shu to‘g‘risida hujjat yoki belgi berish belgilangan. 
Bu qonunlardan tashqari davlatning yana bir qancha standart-lari (GOSTlari) 
mavjud bo‘lib ular xavfsizlikni ta`minlash va tabiatni asrash, ekologiya 
talablaridan kelib chiqadi. Masalan, avtomobilning kafolati, chiroqlari, 
signalizatsiya, boshqaruv organlariga qo‘yilgan standartlar shular jumlasidandir. 
SHuningdek, 
avtomobillar 
ishlab 
chiqaruvchi 
firmalarning 
o‘z 
mahsulotlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlashda qo‘llaniladigan turli 
qoidalar, nizomlar, texnik talablar, shartlar, texnologik intizom va hokazolar ham 
mavjuddir. 
Yuqorida keltirilgan davlat qonunlari, standartlari, soha va muassasalarning 
talablari asosida servis xizmati ko‘rsatuvchi korxonalar xizmat sifatini ta`minlash 
va uni talab darajasida barqaror ushlab turish maqsadida aytib o‘tilgan yo‘nalishlar 
bo‘yicha o‘z standartlarini ishlab chiqaradi va amalga oshiradi. Tovarlar va 
xizmatlar sifatiga qo‘yiladigan barcha huquqiy va mehyoriy xujjatlar tizimini 
quyidagi chizmada tasavvur qilish mumkin. 

Download 450.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling