Reja: Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi


-Mavzu: Oddiy karbyurator, uning sxemasi va ishlash tartibi hamda ulardagi nosozliklar


Download 2.9 Mb.
bet4/16
Sana14.11.2023
Hajmi2.9 Mb.
#1773312
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
.

19-Mavzu: Oddiy karbyurator, uning sxemasi va ishlash tartibi hamda ulardagi nosozliklar
Reja:
1.Yonuvchi aralashma hosil qiluvchi va ishlatilgan gazlarni chiqaruvchi qurilmalarning tuzilishi.
2. Karbyuratorli dvigatellarda aralashma hosil qilish. 3.Karbyuratordagi nosozliklar.

Karbyuratorli dvigatelning yonuvchi aralashmasi havo va yoilg’ining aralishishi karbyuratorda boshlanadi. Karbyuratsiya deb ataluvchi bu jarayon, bir vaqtda bo’ladigan turli xil ammo, bir-biriga bog’liq xolda kechadigan fizikaviy jarayonlarining uyushmasidir. Aralashma tayorlanish jarayoni truboprovodlarda xam davom etaveradi va u dvigatel silindrida kiritish va siqish jarayonlarini borayotgan davrda to’la tugaydi.


Karbyurator diffuziorida harakatlanayotganda havoga yoqilg’i oqimi tushishi bilan yoqilg’ining bug’lanishi paydo bo’ladi. Xarakatdagi havoning kinetik energiyasi natijasida to’zitgich og’zida yoqilg’i uchlik konus formasini oladi va changlana boshlaydi. Yoqilg’i oqimining saqlanishi xarakteri eng avvalo yoqilg’ining xossalariga va uning temperaturasiga bog’liq bo’ladi. Sirt taranglik koeffitsienti katta bo’lgan yoqilg’ilarning changlanishi uchun zarur bo’lgan energiya miqdori ham katta talab qilinadi. Temperaturaning katta bo’lishi esa yoqilg’i sirt yuzasini buzilishiga zarur bo’lgan ishni kamaytiradi.
Agar yoqilg’i kanaliga havo haydalib turilsa u holda avvaldan yoqilg’ining tomchilariga bo’linganligi natijasida havo oqimiga uchrashishi bilan changlanadi va keyinchalik diffuzorda bo’ladigan changlanishni xam ancha tezlashtiradi.
Yoqilg’i asosan havo oqimida bug’lanadi, havoning oqim tezligi qancha katta bo’lsa, bug’lanish jarayonini ham shuncha tez bo’ladi. Yoqilg’i tarkibining yengil bug’lanuvchi qismi karbyurator aralashtirgichida bug’lansa, qolgan qismi esa kiritish truboprovodlarda va silindr ichida esa to’la bug’lanishga erishadi. Silindrga tushgan aralashma temperaturasi uning qizib turgan devorlaridan, porshen tubidan issiqlik olib va qisilish jarayonida hosil bo’lgan issiqlik natijasida ko’tariladi. Bu esa aralashma tarkibidagi yoqilg’i yonish boshlanguncha to’la bug’lanishni vujudga keltiradi. Yonuvchi aralashma silindrga tushib unda yonishdan hosil bo’lgan va chiqarib yuborilgan gazlarning qoldig’i bilan aralashib ishchi aralashma hosil qiladi.
Yonuvchi aralashmaning tarkibini baholovchi asosiy kattalik havoning ortiqchalik koeffitsienti bo’lib uning qiymati yonish jarayonida xaqiqiy ishtirok etuvchi havoning massasining shu jarayonda zarur bo’lgan nazariy hisoblangan havo massasi ga nisbati bilan ifodalanadi.
Normal aralashma Lx02=Ln03 , ya'ni havoning ortiqchalik koeffitsienti q=1 bo’lgan holdagi aralasha 1 kg yoqilg’ini (benzinni) yondirish uchun 15 kg havo zarurdir. Normal aralashmada dvigatel ishlaganda, uning quvvati maksimal qiymatga yaqin, yoqilg’ining solishtirma sarfi esa ancha katta bo’ladi.
Kambag’allashtirilgan aralashma. 1 kg benzinni yondirish uchun 16,5 kg havo sarf qilinadi. Dvigatel bunday aralashma bilan ishlaganda uning quvvati bir oz kamayadi va tejamkorligi esa oshadi.
Kambag’al aralashma. 1 kg benzinni yondirish uchun havoning sarf qilinishi 16,5 kg dan xam yuqori bo’ladi. Bunday aralashmada yonish tezligi kamayganligi sababli dvigatel quvvati xhm juda kamayib ketadi va yoqilg’ining solishtirma sarfi juda yuqori bo’ladi. q > 1,3 bo’lganda yonuvchi aralashma silindrda yonmaydi (forkamerli-fakelli karbyuratorli dvigatellar bundan mustasno).
Boyitilgan aralashma. 1 kg benzin yonishi uchun zaruriy havoning miqdori 13.....15 kg orasida bo’ladi. Yenish tezligi oshganligi sababli bunday aralashmada ishlaydigan dvigatel quvvati oshadi va tejamkorligi pasayadi.
Boy aralashma. 1 kg benzin yonishi uchun zaruriy havoning miqdori 13 kg dan ham oz bo’ladi. Juda boy aralashma bilan ishlaydigan dvigatelning quvvati kamayib tejamkorligi yomonlashadi. q < 0,5 bo’lganda silindrda yonish vujudga kelmaydi.
Karbyuratorli dvigatellarning yuqori tejamkorlik bilan ishlashi ishlab chiqarilgan gazlar tarkibidagi zaharli komponentlarning kam bo’lish sharti, ularda yonadigan yonuvchi aralashmaning yaxshi tayorlanishidir. Bu shart ishlatiladigan yoqilg’ilarning sifati va aralashma tayorlash jarayoni yaxshi bo’lishini talab etadi.
Hozirgi zamon yuqori aylanishlarga ega bo’lgan dvigatelarda yonuvchi aralashma tayorlanishiga juda kam vaqt ajratilgan (0,01....0,020 s). Bundan tashqari havo bilan yoqilg’ini yaxshi aralashtirish jarayonining murakkabligi shundan iboratki, havo-yoqilg’i aralashmasining tashqa-rida tayorlanishi vaqtida yoqilg’i ikki xil fazoda bo’ladi bir qismi bug’ xolatda, bir qismi esa suyuq holatda. Yoqilg’i tez bug’lanib diffuziya natijasida havo bilan intensiv aralashib ketishini ta'minlash uchun havoga to’zitilayotgan yoqilg’i juda mayda-mayda zarrachalarga bug’lanib ketishi zarurdir. Shuning natijasida ham molekulyar ham trubulent diffuziya vujudga keladi.
Dizel dvigatelida siqish jarayoni oxirida forsunka yordamida yonish kamerasiga purkalgan yoqilg’i siqilgan havo bilan aralashma hosil qiladi. Purkash tirsakli valning 20...30 buralish davrida amalga oshirilgani uchun, dizellarda karbyuratorli dvigatelarga nisbatan aralashma hosil vaqti ancha kamdir.Shuning uchun dizellarda yoqilg’i havo bilan yaxshi aralashsin uchun qo’shimcha tadbirlar ko’riladi.
Vixrekamerli dizellarda yonish kamerasiga bir teshikli forsunka yordamida purkalgan yoqilg’i kameradagi havoning aylanishidan aralashma tayorlanish tezlashadi. Yonish kamerasi porshenda joylashgan dvigatel silindrida yonuvchi aralashma tayorlanishini tezlatish maqsadida silindrga kirgan havo maxsus qurilma yordamida aylantiriladi. Purkashning boshlanishida silindrda bosimning 17,5.....18,5 MPa gacha ko’tarilishi xam ijobiy yordam beradi.
Xozirgi zamon avtotraktor dvigatiellari nominal quvvatda ishlaganda havoning ortiqchalik koeffitsienti 1,5.....1,8 oralig’ida bo’ladi.
Karbyuratorli dvigatelning ta'minlash tizimi
sxemasi va asosiy elementlari.

Karbyuratorli dvigatelning ta'minlash tizimi ma'lum miqdordagi yoqilg’i zapasini saqlash , yoqilg’i va havoni tozalash, ulardan kerakli munosabatda yonuvchi aralasha tayorlash, zarur ish momentida aralashmani kerakli miqdorda dvigatel silindrlariga etkazib berish uchun xizmat qiladi.


Dvigatel ma'lum ish vaqtiga mo’ljallangan yoqilg’i zapasi bakda saqlanadi. Bakdan yoqilg’i nasos yordamida yoqilg’i uzatgichlar orqali karbyuratorga haydaladi. Filtr-tindirgich yoqilg’ini mexanikaviy qo’shilmalardan va agar unga aralashgan bo’lsa suvdan tozalaydi. Havo filtri atmosferadan karbyuratorga kelayotgan havoni changdan tozalaydi.
Karbyuratorda tayorlangan yonuvchi aralashma kiritish truboprovodlar orqali silindrga so’riladi. Chiqarish truboprovod orqali silindrda yonishdan hosil bo’lgan gazlar tovush so’ndirgich orqali ularning tovushini pasaytirib atmosferaga chiqarib yuboradi.
Kiritish taktida dvigatel silindrlarida siyraklanish vujudga keladi. Bu vaqtda ochilgan kiritish klapanidan so’rilayotgan havo, havo tozalagich orqali karbyuratorning aralashtirgich kamerasi orqali o’tadi. Aralashtirgich kamerasiga jiklyor orqali berilgan yoqilg’i bu yerda havo oqimi ta'sirida bug’lanib havo bilan aralashib ketadi va yonuvchi aralashma hosil qiladi. Xosil bo’lgan yonuvchi aralashma kiritish truboprovodlari orqali karbyuratordan silindrga so’riladi. Siqish taktining oxirida yondirish svechasidan chiqqan elektr uchquni qattiq qisilgan va qizigan yonuvchi aralashmani yondirib yuboradi. Yonish natijasida silindr ichida bosim oshib ketadi va porshenni pastga itarib ish bajaradi. Ish bajarish taktidan so’ng porshen yana yuqoriga ko’tarilib yonishdan hosil bo’lgan gazlarni chiqarish klapani truboprovod va truboprovod orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Bakdagi yoqilg’i satxini datchik va ko’rsatkich yordamida kuzatib turiladi.



Eng oddiy karbyurator (-rasm,a) ikki qismdan aralashma tayorlovchi qurilma va qalqovuchli kameradan tashkil topgan. Aralashma tayorlovchi qurilmada yonuvchi aralashma tayorlanadi, qalqovuchli kamerada esa yoqilg’i to’planib turib aralashma tayorlovchi qurilmaga shu yoqilg’ini uzatadi.
Karbyuratorning aralashma tayorlovchi qurilmasi quyidagi qismlardan tashkil topgan: havo kiritish patrubkasi 6, diffuzor 8, aralashtirish kamerasi 11, drossel zaslonkasi 11 va chikarish patrubkasi . Xavo kiritish patrubkasi 6 ga xavo kiritish shlangi yoki havo filtri o’rnatiladi. Diffuzor 8 karbyuratorning toraygan joyi bo’lib, unda havo oqimi katta tezlikka ega bo’lgani uchun dinamik bosim o’rta joyda kam bo’ladi.Shu yerga o’rnatilgan tuzitgich 9 orqali bosim past bo’lgan diffuzorga yoqilg’i oqib tushadi va u tez harakatlanayotgan havo oqimi natijasida changlanib ketadi.
Qalkovuchli kamera devoriga sharnirli o’rnatilgan qalqovich 2 ignali klapan 3 ni o’z richagi bilan boshqarib turadi. Shtutser orqali berilgan yoqilg’i kameraga kirib, uni to’ldiradi. Kameradagi yoqilg’i satxi ma'lum darajaga yetganda, shu sathda suzib yuruvchi qalkovuch ignali klapan ignasi ko’tarib shtutser teshigini berkitadi. va yoqilg’i oqib tushishi to’xtaydi. Yoqilg’i sarfi natijasida kamerada uning sathi kamayishi bilan qalqovuch pastga tushadi yana yoqilg’i kameraga oqib kira boshlaydi. Shunday qilib, dvigatelga yoqilg’ining sarfi qanday bo’lishidan qat'iy nazar qalkovuchli kamerada yoqilg’ining bir xil sathini ushlab turishiga shu qalqovuchli mexanizm xizmat qiladi.
Qalqovuchli kameraning pastki qismiga ya'ni uzatgich 7 ning pastki uchiga jikler 12 o’rnatilgan. Uning asosiy vazifasi aralashma tarkibini ma'lum darajada saqlash uchun beriladigan yoqilg’ining miqdorini ma'lum qiymatda o’tkazish uchun xizmat qiladi. Uning o’rtasidagi kolibrlangan teshigi diametri zarur bo’lgan yoqilg’i miqdorini o’tkazishga mo’ljallab olinadi. Teshikning diametridan tashqari, teshik uzunligi, kiritish tomoni va chiqarish tomonidagi faskalarning burchagi yoqilg’ini o’tkazishda muhim axamiyatga ega.
Dvigatelning kiritish jarayonida silindrga so’rilayotgan havo, havo tozalagich orqali diffuzor va undan so’ng aralashtirgich 11 orqali so’riladi. Diffuzor 8 da hosil bo’lgan havoning katta tezligi tuzatgich 7 ning yuqori uchida bosimni pasaytiradi. Sachrab chiqqan yoqilg’i havo oqimi bilan birgalikda aralashtirib 9 ga tushib havo bilan yaxshi aralashgandan so’ng drossel zaslonkasi 11 dan o’tib, silindrga kiradi.
Avtomobil dvigateliqkuyidagi rejimlarda ishlaydi: yurgizib yuborish, salt yurish, o’rtacha nagruzka, to’la nagruzkada va yuqori chastotali aylanishlarga tez o’tish rejimlarida. Shu rejimlarda turli xil aralashma miqdori va uning turli xil tarkibi (bu havoning ortiqchalik koeffitsienti bilan ifodalanadi) bo’lishini talab etadi.
Yurgizib yuborish. rejimda dvigatel juda boy aralashma talab qiladi (havoning ortiqchalik koeffitsienti q = 0,4…0,6) chunki tirsakli valning aylanishlar soni kichik, yoqilg’i yomon bug’lanadi va u sovuq kiritish truboprovodlarda hamda silindr devorlarida kondensatsiyalanadi.
Salt yurish rejimida tirsakli val aylanishlari kichik. Bu rejimda havoning ortiqchalik koeffitsienti q =0,7...0,8, bo’lishi talab etiladi.
Avtomobil dvigateli o’zining ish davrining ko’p qismida o’rtacha yuklamada ishlaydi. Bu rejim uchun havoning ortiqchalik koeffitsienti q =1,05...1,15 oralig’ida bo’lgan kambag’al yoqilg’i aralashmasi zarur bo’ladi.
Yo’l sharoiti og’ir bo’lganda, katta tezlikda yurganda, yuqoriga ko’tarilganda va quvib o’tish vaqtida dvigateldan katta quvvat talab qilinadi. Shu vaqtda dvigatelga boy aralashma zarur bo’ladi. Bunday aralashmada havoning ortiqchalik koeffitsienti q =0,85...0,95.
Yuqorigi rejimlarda dvigatelga beriladigan yoqilg’i aralashmani zarur miqdorda va zarur ortiqchalik koeffitsientida o’zgartirib berish uchun karbyuratorga maxsus qurilmalar zarur bo’ladi. Oddiy karbyurator esa bunday vazifani bajarolmaydi. 63-rasmdan ko’rinadiki, oddiy karbyuratorda koeffitsient q ning qiymati yoqig’i aralashmasining oshishi bilan kamayib boradi (1-egrilik). Ya'ni talab qilingan yoqilg’i aralashmasining miqdori oshib borishi bilan shu aralashma boy bo’lib boradi. Buning asosiy sababi yoqilg’i aralashmasi ko’p talab qilinganda karbyurator diffuzorida havoning harakat tezligi ham oshadi va natijasida to’zitgichdan chiqayotgan yoqilg’i miqdori keskin oshib ketadi, va aralashma boyiydi. Dvigatelning normal ishlashi uchun talab qilingan yoqilg’ining tarkibi esa boshkacha bo’lishi kerak. Yoqilg’i aralashmasining miqdori oshishi bilan avval kambag’al yoqilg’i zarur, yuqori yuklamada ya'ni quvvat katta talab qilinganda esa boy yoqilg’i zarur (2-egrilik). Shunday qilib dvigatelning normal ish xarakteristikasi bilan oddiy karbyuratorning xarakteristikasi bir-biriga mutlaqo mos kelmaydi. Oddiy karbyurator faqat ikki egrilik kesishgan A va B nuqtalardagina talab qilingan rejimni bera oladi, xolos. Hatto drossel zaslonka tez ochilganda (masalan, avtomobil quvib o’tish vaqtida) havo yoqilg’iga nisbatan engil bo’lgani uchun u o’z tezligini o’zgartiradi, yoqilg’i esa aralashma tarkibida kamayib qolib dvigatel ishlashiga salbiy ta'sir ko’rsatadi.
Yurgizib yuborish rejimida ham oddiy karbyurator aralashmaning tarkibini juda boy qilib bera oladi, chunki tirsakli val aylanishlar soni kam bo’lganidan karbyurator diffuzorida havo oqimi sekin bo’ladi, natijada to’zitgich uchida bosim kamaymaganligi sababli undan chiqayotgan yoqilg’i miqdori xam oz bo’ladi.
Avtomobil dvigateli turli ekspluatatsiya rejimlarida ishonchli va tejamli ishlashi uchun oddiy karbyuratorga quyidagi qo’shimcha qurilmalarni kiritish zarur bo’ladi: yurgizib yuborish, salt yurish sistemasi, aralashmani kompensatsiyalash sistemasi, ekonomeyzer, ekonostat, tezlatgich nasosi.
Bosh dozalovchi sistema. Bu sistema qo’shimcha korrektirlovchi moslamalari oddiy karbyuratorning aralashma tayorlovchi qurilmasidir. Sistemaning oddiy karbyuratordan afzalligi shundaki, u dvigatel o’rtacha nagruzkalarda ishlaganda tarkibi zarur bo’lgan yoqilg’i aralashasi tayorlab beraoladi. Buning uchun bosh dozalovchi qurilmaga qo’shimcha ravishda kopensatsiyalovchi sistema qo’llanilgan.
Bu sistema dvigatel kichik nagruzkalardan o’rtacha nagruzkaga o’tganda yoqilg’i aralashmasini kambag’allashtirib beradi. Bosh dozalovchi qurilma ekonomeyzer eki ekonostat bilan birga drossel zaslonkasi to’la ochiq bo’lganda dvigatelning to’la quvvat bilan ishlashini ta'minlaydi. Kichik narguzkalarda dvigatel ishlaganda bosh jiklyordan o’tayotgan yoqilg’i satl yurish sistemasini ta'minlaydi. Shunday qilib, bu qurilma dvigatelning xamma ish rejimlarida xizmat qiladi.
Hozirgi zamon karbyuratorlarida bosh dozalovchi sistemada tayorlangan yoqilg’i aralashmasi yoqilg’ini pnevmatik tormozlash usulida rostlandi. Aralashmani tayorlash oddiy bo’lganidan va havo oqimida yoqilg’i yaxshi bug’langanligidan bu usul keng qo’llanilmoqda. Aralashma tayorlash jarayonini yaxshilash maqsadida bosh dozalovchi qurilma ikki diffuzorli, hatto uch diffuzorli qilinadi.
Ekonomeyzer. Dvigatelda to’la quvvat hosil qilish uchun unga boy aralashma zarur. Bu zaruriyat ekonomeyzer deb ataluvchi qurilma yordamida amalga oshiriladi. Ular boshqarish usuliga qarab mexanik uzatmali va pnevmatik uzatmali ekonomeyzerlarga bo’linadi. Ekonomeyzer karbyuratorning aralashtirgich kamerasiga yoqilg’ini to’g’ridan-to’g’ri yoki bosh dozalovchi sistema orqali uzatish mumkin. U drossel zaslonkasining to’la ochilgan vaqtida ishga tushadi.

Nazorat savollari:


Ta’minlash tizimining vazifasi nimadan iborat?
Ta’minlash tizimiga qanday talablar qo’yiladi?
Karbyuratorning vazifasi nimadan iborat?
Boyitilgan aralashma nima?
Kambag’al aralashma nima?
Ekonomeyzerning vazifasi nimadan iborat?
Karbyurator qanday ishlaydi?
Dizellar yoqilg’isiga qanday talablar qo’yiladi?
Normal aralashma qanday?
Qalqavuchli kameraning vazifasi nima?

.


Download 2.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling