Reja: Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi


Download 2.9 Mb.
bet16/16
Sana14.11.2023
Hajmi2.9 Mb.
#1773312
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Elektr bilan ta’minlash tarmog’i generator qurilmasi va akkumulyator qurilmasidan iborat. Generator qurilmasiga generator va kuchlanishning doimiyligini ta’minlab turuvchi va kerakli sharoitda tokning oqishini cheklash asbobi-kuchlanish rostlagichi kiradi. Zamonaviy avtomobillarning ko’pchiligi o’zgaruvchan tok ishlab chiqaruvchi generator qurilmalaridan tashkil topgan.
2. Ishga tushirish tarmog’i startyor va akkumulyator batareyasidan iborat bo’lib, dvigatelni o’t oldirishda tirsakli valni aylantirib, birinchi bor ish yo’llarini bajarib beradi.
3. O’t oldirish tarmog’i tsilindrga kiritilgan ish aralashmasini (karbyuratorli dvigatellarda) ma’lum daqiqada svechaning elektrodlari oralig’ida chiqqan yuqori kuchlanishli elektr uchquni ta’sirida o’t oldirish vazifasini bajarib turadi.
4. Yoritish va yorug’lik nuri bilan ogoxlantirish tarmog’i yoritish, nur bilan ogoxlantirish yoki daraklash hamda ulagich, ulab-uzgich asboblarini birlashtiradi. Bu tarmoqqa kiruvchi yoritish asboblarining asosiy vazifasi avtomobil yo’lini bir yo’sinda yritishdan iborat bo’lib, ogoxlantirish asboblari esa avtomobilning harakatlanayotganligi to’g’risida yo’l-yo’singa daxldor mashina yoki odamlarga darak berib turadi.
5. Nazorat-o’lchov elektr tuzilmalariga harorat, bosim, yoqilg’i satxi avtomobilning tezligini va o’tgan yo’lini, dvigatel tirsakli valining aylanish sonini, akkumulyator batareyasining zaryadlanishini ko’rsatuvchi asboblar va boshqalar kiradi.
6. Qo’shimcha elektr uskunalar yordamchi vazifalarni bajaradi, ular tovushli daraklash, oynatozalagich, shuningdek, isitgich va shamollatish elektr uskunalaridan iborat. Avtomobillarda elektr toki istemolchilari o’zgarmas tok bilan ta’minlanadi.
O’zgarmas tok deb o’tkazgichda faqat bir tomonga harakatlanadigan toka aytiladi. Har bir o’zgarmas tok manbaida ikkita: musbat (]) va manfiy (-) qutblar mavjud.
Tok manbalari yoki tok istemolchilari tarmoqqa asosan muvoziy ulanadi. Ampermetr zanjirga ketma-ket ulangan bo’lib, generatordan akkumulyatorga o’tayotgan elektr toki kuchini yoki akkumulyatordan istemolchilarga o’tayotgan zaryadsizlanish tokini ko’rsatadi. Akkumulyator batareyasi dvigatel to’xtab turganda va tirsakli vali sekin aylanib ishlaganida, shuningdek, uni elektr bilan ta’minlab, birinchi bor yurgizib yuborishda startyorni va boshqa asboblarni tok bilan ta’minlaydi. Dvigatel ishga tushirilgach, tirsakli valning aylanishi ortishi bilan generator ishlab chiqarayotgan tok istemolchilarni to’la ta’minlash uchunyetarlicha bo’ladi. Shu daqiqada rels-rostlagich barcha istemolchilarni generatorga ulaydi va, shuningdek akkumulyator batareyasi ham generatordan zaryad toki ola boshlaydi. Demak, daigatel ishlayotgan vaqtda asosan generator tok manbai bo’lib xizmat qiladi. Dvigatel ishlamayotgan sharoitda esa, generator elektr energiya ishlab chiqara olmaydi, shuning uchun bunda tok manbai bo’lib faqat akkumulyator batareyasi xizmat qiladi.



1 Markaziy purkash tizimi ham shunga o‘xshash chizmaga ega bo'lib, barcha silindrlarga beizin yuboruvchi bitta forsunkaga ega bo ladi. Forsunka kiritish quvuryoMining kirish qismiga o‘rnatiladi.

2



Download 2.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling