Reja: Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi


Download 2.9 Mb.
bet14/16
Sana14.11.2023
Hajmi2.9 Mb.
#1773312
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Test savollari:
Generatorning vazifasi nimadan iborat?
Elektr energiyani mexanik energiyaga aylantirish
Mexanik energiyani elektr energiyaga aylantirish
Dvigatelni sovitish
Dvigatelni moylash
Dvigatelni havo bilan ta’minlash.
O’zgaruvchan tok generatorining qismi ko’rsatilgan qatorni toping?
karbyurator
maxovik
parrakli shkiv
termostat
trambulyor
O’zgaruvchan tok generatorlari dastlab qanday uyg’otiladi?
Akkumlyator batareyasidan tok boradi
Tokni statyor beradi
O’zi hosil qilgan tok orqali
Svechadan tok boradi
Tokni faralar beradi.
4. Statyor …….. ……… ……… yig’ilgan. Nuqtalar o’rniga mos so’zni toping va jumlani to’diring?
a) maxovik va tirsakli valdan
b) cho’tka va cho’tka tutqichdan
c) akkumlyator batareyasidan
d) elektrotexnik po’lat plastinalardan
e) radiator va karbyuratordan
5. Elektrotexnik metall plastinalardan yig’ilgan tishchalar soni odatda nechta bo’ladi?
a) 18 ta
b) 36 ta
c) 72 ta
d) tishcha bo’lmaydi
e) a,b va c javoblar to’g’ri
6. Generatorning markasi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping?
a) 6ST-75EM
b) A17DB
c) G250
d) D-TES
e) F8CB
7. O’zgaruvchan tok generatorlarning affalligi nimada?
a) arzon
b) o’lchamlari kichik
c) ishonchli
d) yuqori haroratga chidamli
e) barcha javoblar to’g’ri
8. Generatorning quvvati qancha?
a) 10 kVt
b) 20 kVt
c) 30 kVt
d) 750 kVt
e) 40 kVt

.

29-mavzu: Generator tuzilishi va ularga servis xizmat ko‘rsatish.


Asosiy nosozliklar. 04 oldirish g'altagining nosozliklariga yuqori voltli qopqoqning darz ketishi va kuyishi, hirlamchi va ikkilamchi cho‘lg‘amlar izolatsiyasining buzilishi oqibatida o'ramlar orasidagi qisqa tutashuv, cho‘lg‘amlarning ulangan joyidan uzilib qolisbi, qo'shimeha rezistorning uzilib qolishi yoki kontaktning buzilishi, ikkilamchi cho‘lg‘amning bosh- langlch qatorlaridagi (izolatsiya orqali) elektr teshilishlar kiradi.


Qopqog'i shikastlangan va o'ramlari tutashib qolgan o't oldirish g'altaklari yangisiga almashtirilishi zarur. 04 oldirish g'altagining nosoz qo'shimeha rezistorini ta'mirlash yoki almashtirish lozim.
Uzgich-taqsimlagichning nosozliklariga kontaktlarning moylanishi yoki kuyishi, uzgich kontaktlari orasidagi tirqishni yetarli emasligi yoki juda kattaligi, kondensatorning shikastlanisbi (qoplama va chiqarmalar orasidagi kontaktning buzilishi), rotor va qopqoqni ifloslanishi, qop- qoqni darz ketishi, richag prujinasi tarangligining bo'shashishi, yetak- lovchi valik vtulkasining yeyilishi, uzgich richagi vtulkasining (o'qini) yoki yostiqchasining yeyilishi, podshipnikdagi dumalash soqqalari yo'lakchasining ishdan chiqishi, markazdan qochma rostlagich pruji- nasining kuchsizlanishi va yukchalarning qadalib qolishi, vakuumli rost­lagich diafragmasini ishdan chiqishi, uzgich kulachogini yeyilishi, mar­kazdan qochma rostlagich yukcbalarining teshiklari va o‘qlarini yeyilishi, izolatsiyalangan yoki “massa” simlarining uzilishi, taqsimlagich qop- qog‘ining ichki yuzasi bo'yicha elektrodlar orasining to'silib qolishi.
chizma. Svecha yuzalarinmg ko'nnishi:
a-normal; />-svecha qurum bilan qoplangan; d-svecha moy bilan qoplangan; e-kuygan svecha.
yuqori kuchlanishli simlarning yomon o‘tkazilishi tufayli taqsimlagich qopqog'idagi chiqarish uyalarini kuyib qolishi kabilar kiradi.
Uchqunli o‘t oldirish svechalarining asosiy nosozliklari korpus va markaziy elektrod bo'yicha germetiklikni yetarli emasligi, yon va mar- kaziy elektrodlarni yeyilishi, izolatorning issiqlik konusini (yubkasini) yemirilishi, svechaning ichki yuzalarida elektrodlar orasidagi havo tirqishini shuntlanishiga olib keluvchi qurumlarning (26.5-chizma) paydo bo‘lishidir.
Agar dvigatel, karburator, o‘t oldirish tizimi, shuningdek, ishla- tilayotgan yonilg'i va moy me’yorlarga mos kelsa, u holda dvigateldan yechib olingan svecha rangi zangli-jigarrang ko'rinishida bo‘ladi (26.5- chizma, a shakii). Ishlash davomiyligiga qarab korpus yupqa qurum qatlami hilan qoplanadi. Markaziy elektrod normal kul rangga ega boladi. Bunday svechalarni tozalab, tirqishi rostlangandan so‘ng yana dvigatelga o'rnatish mumkin.
Agar svechaning yonish kamerasiga kirib turuvchi qismi mayda qurum zarrachalari bilan qoplangan bo‘lsa (26.5-chizma, b shakii), demak buning asosiy sabablari aralashmani o‘ta quyuqlashuvi, havo tozalagichning ifloslanishi, uchqunni kuchsizligi, dvigatelni qo“p vaqt salt ishlash rejimida ishlashi va klapanlarning noto'g'ri rostlanganligidir.
Svechani moy bilan qoplanishi (26 5-chizma, d shakii) porshen halqalarini yeyilganligi, dvigateldagi moy sathini yuqoriligi, moy filtrini ifloslanishi, karburatordagi aralashmani quyuq ho'lishi, o‘t oldirish tizimining nosozligi tufayli sodir bo'ladi
Svechada kulrang-jigarrangdan to kulrang-ko‘k ranggacha qattiq qurumlar mavjudligiga (26.5-chizma, e shakii) svechadagi kalil sonining pastligi, karburatordagi aralashmani suyuq bo'lishi, yondirish lahzasi ertaligi, porshen tubini va silindr kallagini qurum bilan qoplanishi, dvigatel silindriga qo‘shimcha havoning so'rilishi, svechada zichlash halqasini yo'qligi sabab boMadi.
Yuqori kuchlanishli simlarning asosiy nosozliklariga izolatsiyani yorilishi va teshilishi, uchlarining kuchsiz qisilishi tufayli yomon kontaktda bo‘!ishi, sinishlar, uzilisblar va qarshibkni ortib kyetishi kiradi.
Texnik xizmat ko’rsatish. Taqsimlagichni davriy ravishda moylab turish, uning kontaktlari orasidagi tirqishni tekshirish va rostlash, detallarning hoiati hamda tozaligini kuzatib borish lozim.
Xizmat ko'rsatish chog'ida taqsimlagichni qanday mahkamlanganligi tekshiriladi, zarur bo‘lsa, uni ishonchli mahkamlanadi. Oktan-korrektor gaykasini qotirishdan avval, o‘t oldirishni to‘g‘ri o'rnatilganligini tekshirish lozim. Taqsimlagich qopqog‘i iflostanganda uni yechib, ichki va tashqi tomonidan yaxsbilab tozalanadi.
Uzgich kontaktlari orasiga moy tushib qolmasligi uchun mushtchani va uzgich o'qini moylashda ehtiyot choralariga amal qilish lozim. Agar uzatgicbga kirlar yoki moy tushib qolgan bolsa, kontaktlarni albat- ta, benzin shimdirilgan zamsh materialida tozalasb kerak.
Kuygan kontaktlarni maxsus abraziv plastina yoki donadorligi 150 bo'lgan mayin oynasimon jilvir bilan tozalash zarur (26.6- chizma). Kontaktlarni tozalashda ulardan biridagi do'nglikni va ikkinchisidagi chuqurlikni (kar- terni) tekislash lozim. Bu chuqur­likni to‘la tekislash tavsiya etil- maydi. Kontaktlarni tozalash uchun foydalaniladigan asboblar boshqa metallarga ishlov berishda ishlatilmasligi hamda toza va moylanmagan bo'lishlari kerak.


26.6-chizma. Uzgich kontaktlarini
tozalash:
/-konlalrtlar; 2-abraziv plastina
Kontaktlar tozalangandan so'ng, changdan tozalash uchun uzgichni havo bilan purkash, kon­taktlarni benzinda yengil nam- langan zamsh bilan artish va kon­taktlar orasidagi tirqishni yoki kontaktlarni berk holatda turish burchagini o‘rnatish lozim.

26.7-chiz/na. Uzgich-taqsimlagich prujinasi tarangligini tekshirish.

Yuzalari kulrangga va birniuncha notekisliklarga ega bo‘!gan uzgich kontaktlarini tozalash shart emas. Richagni o‘z obqida qadalib qolishini tekshirish uchun richagni barmoq bilan tortib, sc'ng qo'yib yuboriiadi. Qo'yib yuborilgan richag prujina yordamida chertilgandek, tez suratda dastlabki holatiga qaytishi lozim. Agar richag dastlabki holatiga sekin qaytsa, u holda uzgich richagidagi prujinaning tarangligi 26,7-chizmada ko'rsatilganidek, dinamometr yordamida tekshiriladi. Kuchni dinamo- metrga kontaktlar o‘qining yo'nalishi bo'yicha qo'yish kerak (ularning yuzalariga tik holda). Dinamometr ko'rsatish natijalarini, uzgich kontaktlarining ajralishini boshlanish vaqtida olish zarur. Prujinani tarangligi, mana shu turdagi uzgich-taqsimlagichlarni texnik shartlarida keltirilgan oraliqda bo'lishi lozim (odatda 4,9 6,4 N).


Taqsimlagichdagi markazdan qochma va vakuumli avtomatlarning tavsifnomalarini hamda uchqunning sinxronligini tekshirishni, shu- ningdek, kontaktlarning yopiq holatda turish burchaklarini o‘rnatishni maxsus СПЗ-12 stendida yoki shunga o'xshash stendlarda amalga oshirish darker. Zoldirlarni dumalash yo'laklarining ishdan chiqqan joylarini siljitish maqsadida, zoldirli podshipnikning tashqi halqasini davriy ravishda burib turish lozim.

.


Download 2.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling