Reja: Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi
-Mavzu: O‘t oldirish tizimining vazifasi va uning turlari
Download 2.9 Mb.
|
27-Mavzu: O‘t oldirish tizimining vazifasi va uning turlari
Reja: Elektr tok manbai vazifasi. Akumlyator batareyasi haqida umumiy ma’lumot. Akumlyatordagi nosozliklar. Avtomobillarda akkumulator batareyasi dvigatelni yurgazishda starterni hamda generator ishlamayotganda yoki zanjirga hali energiya berolmayotganda (masalan, dvigatel salt ishlash rejimida ishlaganda) elektr jihozlarning barcha asboblarini elektr toki bilan ta’minlash uchun xizmat qiladi. Agarda zanjirga ulangan iste’molchilarning iste’mol qilayotgan quvvati generator ishlab chiqarayotgan quvvatdan ko‘p boisa, u holda akkumulator batareyasi zaryadsizlanih, iste’molchilarni ishlayotgan generator bilan birgalikda ta’minlaydi. Qo rg'oshin-kislotali akkumulator batareyasi o'zgarmas tokning ikkilamchi kimyoviy manbasidir. Elektr quvvati berishdan avval uni zaryadlash, ya’ni unga ma’lum miqdorda elektr quvvati berish kerakbo‘ladi. Avtomobillarda starterbop akkumulator batareyalari qo‘llani- lib, ularning konstruksiyasi nominal sig‘imdan 3-5 marta ko‘p tok bilan hatareyalarni zaryadsizlash imkoniyatini yaratadi. Starterbop akkumulator batareyalari quyidagicha tavsiflanadi: nominal kuchlanish bo‘yicha (6 va 12 V); konstruksiyasi bo‘yicha ula- gichlari qopqoq tepasida bo'lgan, qopqoqli monoblok va ulagichlari qopqoq ostida bo'lgan umumiy qopqoqli monoblok; xizmat koTsatil- maydigan - elektrolit to'ldirilgan va to la zaryadlangan yoki quruqlayin zaryadlangan. GOST 959.0-84 ga muvofiq barcha qoTg'oshinli starterbop akku- mulatorlar shartli nomlanishga ega. Masalan,3HJI-130 avtomobiliga 6CT-90 batareyasi o‘rnatilgan. Birinchi raqam batareyadagi ketma-ket ulangan akkumulatorlar miqdorini bildiradi. Har bir akkumulatorning kuchlanishi 2 V, shuning uchun batareyaning nominal kuchlanishi 12 V CT harflari batareyani starterbop ekanligini bildiradi. Harflardan keyingi raqam zaryadsizlanishning 20 soatli rejimidagi, ampersoatlarda ifodalangan batareya sig‘imini ko'rsatadi. Bu raqamdan keyingi barflar batareyani qanday ishlanganligini bildiradi: A qopqog'i umumiy, H quruqlayin zaryadlanmagan, 3 - xizmat ko‘rsatilmay- digan, elektrolit bilan to'ldirilgan va to'liq zaryadlangan. Batareyaning shartli belgilaridan so‘ng, muayyan turdagi batareya uchun standartlar 48]-chizma. Umumiy qopqoqi bo'lgan qo rg-oshin-kislotali starterbor akkumulator batareyasining tuzilishi. yoki texnik shartlarning belgilanishi ko'rsatiladi. Ratareyaning xuddi o‘sha yerida 20 soatli rejimdagi nominal sig‘im amper-soatlarda (A s) va batareyaning -18°C dagi zaryadsizlash (razryad) toki (A) ko'rsatilishi mumkin. Qo‘rg‘oshin-kislotali starterbop akkumulator batareyasi. U quyidagi asosiy qismlardan tashkil topgan (10.1-chizma): yarim blokka (7) yig'ilgan manfiy elektrodlar (4), yarim blokka (5) yig'ilgan musbat elektrodlar (3), seperatorlar (2), parallel qo‘yilgan bir jinsli (plus yoki minus) elektradlarni yarim blokka bogiovchi bikrlaglar (baretlar) (6), qutb vazifasini o'tovchi chiqiqlar (9), umumiy qopqog'i (1 I) va quyish tiqinlari (12) bo'lgan akkumulator baki (10). Manfiy va musbat elektrodlar (8) tarkibida 4-5 foiz surma bo'lgan qo'rg'oshin-surma qotishmasidan quyib tayyorlangan panjaralardan (1) iborat. Surma, panjaraning korroziyaga qarshi turg'unligini kuchay tiradi, uning qattiqligini oshiradi va panjarani quyishda qotishmaning oquvchanligini yaxshilaydi. Hozirgi paytda xizmat ka'rsatilmaydigan2 deb ataluvchi akkumulator batareyalari ishlab chiqarilmoqda. Ular oddiy batareyalardan elektrod panjaralarida surma miqdorining ozligi bilan farqlanadi (1,5 2,0 foiz). Musbat elektrodlar panjaralarida surmaning mavjudligi, batareyani ishlatish jarayonida manfiy elektrodlardagi faol massa yuzalariga va elektrolitga surmaning bir qisminj qo'shib o'tishiga olib keladi. Bu hoi, albatta, manfiy elektrod potensialini oshishiga va batareyaning ishlash muddati mobaynida undagi EYKning pasayishiga o'z ta’sirini ko‘rsatadi. Batareyadagi EYKning pasayishi generatorning doimiy kuchlanishi ta’sirida z.aryadlovchi tokning ortishiga, ko‘plab gaz ajralishiga va suv sarfining ko'payishiga olib keladi. Xizmat ko‘rsatilmaydigan batareyalarda elektrod panjaralaridagi surmaning oz miqdordaligi hisobiga yuqorida aytilgan hodisalar sekinroq kechadi, shu sababli suv quyib turish muddati sezilarli darajada uzayadi (yil davomida ko'pi bilan bir marta). Panjara karkas rolini bajarib, unga plastinaning faol materiali mahkamlangan. Shu bilan birgalikda, panjara akkumulatorning zaryad- lanishi va zaryadsizlanishi mobaynida faol materialga tokni bir tekisda uzatilishi va olib ketilishini ta’minlaydi. Faol material pasta ko’rinishida tayyorlanadi va panjaraga surtib qo'yiladi. Materialning g'ovakligi hisobiga plastinaning faol maydoni, uning haqiqiy maydoniga nisbatan 600 - 800 martaga ortadi. Manfiy elektrodlarda faol material sifatida kulrang g’ovak qo’rg’oshin Pb ishlatilsa, musbat elektrodlarda to‘q-jigarrang qo‘rg‘oshin dioksidi РвО, ishlatiladi. Manfiy va musbat elektrodlarni bir-biriga tegib ketishidan (qisqa tutashuvdan) saqlash uchun ularni qistirmalar, ya’ni seperatorlar bilan ajratih qo’yiladi. Seperatorning musbat elektrodga qaragan tomonida qovurg’alari bo’ladi. Ru, kimyoviy reaksiyalarning yaxshi kecbishi uchun zarur bo’lgan kislotaning musbat elektrodlarga ko‘p miqdorda tegib turishini ta’minlaydi. Xizmat ko’rsatilmaydigan batareyalarda seperatorlar konvert ko’rinishida tayyorlanib, uning ichiga musbat elektrodlar joylanadi. Bunday holatlarda bakda tayanch qovurg’alar bo’lmaydi va elektrodlar idish tubiga tayanih turadi. Ushbu vaziyat elektrolit sathini 50 mm gacha ko’tarish imkonini beradi. Download 2.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling