Reja: Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi


-Mavzu: Elektr tok manbai vazifasi, tuzilishi va ularga servis xizmat ko‘rsatish


Download 2.9 Mb.
bet13/16
Sana14.11.2023
Hajmi2.9 Mb.
#1773312
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
28-Mavzu: Elektr tok manbai vazifasi, tuzilishi va ularga servis xizmat ko‘rsatish

Reja:
1.Generator vazifasi va tuzilishi.


2. Generatordagi nosozliklar.
3.Generatordaga servis xizmat ko’rsatish

Avtomobil va traktorda generator asosiy elektr toki manbai bo’lib, dvigatel ishlab turganda barcha iste'molchilarni elektr toki bilan ta'minlaydi va akkumlyatorlar batareyasini zaryadlantiradi.


Akkumlyatorlar batareyasini zaryadlash uchun va ba'zi iste'molchilar uchun o’zgarmas tok zarur bo’lgani sababli, o’zgaruvchan tok generatorlariga o’tkazgichligi kremniy diodli to’g’rilagichlar joylashtirilgan bo’ladi.
Iste'molchilarni ularga zarur bo’lgan tok kuchlanishi bilan ta'minlab turish juda zarur. Dvigatel tirsakli vali turli xil aylanishlar chastotasida aylanganidan generator rotorining ham aylanishlar chastotasi turli xil kattaliklarda o’zgarib turadi. Bunday sharoitda iste'molchilarni zaruriy kuchlanish bilan ta'minlash generator bilan birga ishlovchi kuchlanish rostlagichi amalga oshiradi. Shuning uchun ham, o’zgaruvchan tok generatorini to’g’rilagich va kuchlanish rostlagichi bilan birga ishlatiladi va o’rganiladi.

Hozirgi zamon avtomobillarida G250, G266, G 271 generatorlari keng qo’llanilib, ular tuzilishlari jihatidan bir-biriga juda o’xshash.
8 910
49- rasm. G250 (32.3701) rusumti o'zgaruvchan tok generator!: ,
a — ko'ndalang kesim; b — asosiy qismlari.

O’zgaruvchan tok induktsion tok hosil bo’luvchi stator o’ramlari 8, qo’zg’almas statorda, uyg’otuvchi chulg’am P esa aylanuvchi rotorda joylashgan.


Generatorning statori serdechnik 10 dan iborat bo’lib, u elektrotexnik po’lat varaqlardan o’zaro izolatsiyalanib yasalgan. Statorning serdechnigi ikki tomondan tortib turuvchi vintlar yordamida qopqoqlar 1 va 13 ga berkitilgan. Serdechnikning ichki yuzasida aylana bo’ylab teng masofalarda joylashgan 18 ta tishi bo’lib, ularga stator o’ramlarining g’altaklari kiritilgan. G’altaklar serdechnikka teksolit ponalar yordamida mahkamlanib elektrotexnik karton bilan izolyatsiyalangan. Uralarning uch fazasining har biri ketma-ket ulangan oltita g’altakdan iborat. Oramlar "yulduz" tarzida o’zaro ulangan.
Har bir o’ram fazalarning bo’sh uchlariga to’g’rilagich 3 ning klemalari 2 ga ulangan. To’g’rilagich oltita kremniy diodidan tashkil topgan bo’lib, bu diodlarning to’g’ri o’tkazuvchanlik chiqiqlari plastinkaga, teskari o’tkazuvchanlik chiqiqlari esa, plastinkaga ulangan.
To’g’rilagich bloki qopqoq 1 ga berkitilgan boltlar tok o’tkazuvchanlik vazifasini ham bajaradi. Uyg’otuvchi chulg’am aylana shaklidagi g’altakdan iborat bo’lib, u po’lat vtulka 12 ga kiydirilgan. Chulg’amlar yon tomondan qush tumshug’isimon rotor serdechniklari bilan ushlanib turadi. Rotor serdechnigi valga presslab kiydirilgan bo’lib, val o’z navbatida ikkita yopiq turli sharikli podshipniklarda aylanma harakat qiladi. Podshipniklar generator qopqoqlariga o’rnatilib moylab quyilganki, uzoq ish davomida moylashni talab etmaydi. Uyg’otish chulg’amining ikktia uchi ikkita mis kontakt halqalariga ular quyilgan. Bu halqalar rotor valiga izolyatsiya qiluvchi vtulkalar yordamida mahkamlangan.
Qopqoq 1 ga vintlar yordamida shetkatutgich o’rnatilgan. Shetkatutgichning yo’naltiruvchi o’yiqlariga grafitdan yasalgan shetkalar 5 kiritilgan bo’lib, bu shetkalarni prujinalar 7 kontakt halqalarga siqib tegizib turadi. Shetkalarning biri korpus bilan birga ulangan, ikkinchisi esa korpusdan izolyatsiyalangan va chiqiq ulangan.
Generator shkiviga o’rnatilgan qanotchalar sovutish uchun havo oqimi hosil qiladi. Bu havo oqimi qopqoqlardagi teshiklar orqali generator ichidan ham o’tadi.
G250 tipidagi generatorlarning turli modifikatsiyada (G1, J1, Ye1, I1 va hokazo), ular bir-birovidan shikvlarining tuzilishi bilan farq qiladi.
Generator G306 (turli o’lchamli shkivlarda) SMD-14, D-240, D-37 Ye va boshqa dvigatelarda qo’llaniladi. Bu generator uch fazali kontaktsiz induktorli o’zgaruchan toklidir. Generator statordan, rotordan oldingi qopqoq va orqagi qopqoqdan, uygotish chulg’amidan, to’g’rilagich blokidan, ventilyatorli shkivdan iborat.
Generator statorli ham avvalgi generatorlarning statorlaridek tuzilgan, faqat ularning fazalari ulanishi "uchburchak" usulida amalga oshirilgan.
Rotor olti qirrali yulduzchasimon bir nechta elektrotexnik po’lat plastinkalardan tuzilib valga kiygizilgan. Val ikkita radial sharikli podshipniklar va 156 yordamida oldingi va orqa qopqoqlarga o’rnatilgan. Valning oldingi o’qiga shponka orqali shkiv va ventilyator o’rnatilgan

Download 2.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling