Reja: Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi
-Mavzu: O‘t oldirish tizimiga servis xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlash Reja
Download 2.9 Mb.
|
30-Mavzu: O‘t oldirish tizimiga servis xizmat ko‘rsatish va joriy ta`mirlash
Reja: 1. Avtomobilning elektr jixozlarining vazifasi. 2. Avtomobilning elektr jixozlarining tok manbalari 3. Avtomobilning elektr jixozlarining istemolchilarining guruxlari Avtomobilning elektr jihozlari elektr energiyasi ishlab chiqarish va avtomobilni barcha tok istemolchilarini elektr toki bilan ta’minlab turish uchun xizmat qiladi. Elektr tokini ishlab chiqaradigan tok manbalari, elektr tokini o’zgartirib beradigan, taqsimlaydigan va istemol qiladigan tuzilmalar yig’indisi avtomobilning elektr jixozlari deb atalgan mustaqil bir qismini tashkil etadi. Avtomobilning elektr jixozlariga kiruvchi elektr asbob-uskunalarining umumlashgan chizmasi 1-rasmda tasvirlangan. Vazifalariga ko’ra bu qismdagi barcha elektr asbob-uskunalarini ikki guruxga bo’lish mumkin: tok manbalari va istemolchilar. Birinchi gurux elektr toki manbalari, ikkinchi guruxga barcha istemolchilar kiradi. Tok manbalari avtomobilning barcha istemolchilarini elektr energiyasi bilan muntazam ravishda ta’minlab turadi. Energiyaning biror turini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi asbob va uskuna elektr toki manbai deb yuritiladi. Avtomobilda mexanik energiyani elektr tokiga aylantirib beruvchi generator va kimyoviy energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi akkumulyatorlar batareyasi tok manbalari deb ataladi. Elektr energiyasini boshqa tur energiyaga aylantiruvchi asbob-uskunalar istemolchilar deb yuritiladi. Istemolchilarni elektr toki bilan ta’minlash uchun tok manbalari 12 yoki 24 V kuchlanishli tok ishlab chiqarishga mo’ljallangan bo’ladi. Tok manbaidan istemolchilarga elektr toki o’tkazgichlar orqali o’tadi. Ma’lumki, o’zi orqali elektr toki o’tishiga kam qarshilik ko’rsatadigan narsalar o’tkazgichlar deyiladi. Tok manbalari aniq va puxta ishlashligi uchun generator bilan akkumulyator batareyasi oralig’ida ularni o’z-o’zidan ulab uzish maqsadida va kuchlanishning ma’lum chegarada ushlab turish, shuningdek eng katta tok kuchini cheklash borasida rels-rostlagich asbobi o’rnatiladi. Tok istemolchilar bir qator mustaqil tarmoq va har xil elektr asbobi va uskunalaridan tashkil topgan bo’lib, vazafasiga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi: 1. Download 2.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling