Reja: Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi


-mavzu: Dizel dvigatelni taminlash tizimining nosozligi


Download 2.9 Mb.
bet11/16
Sana14.11.2023
Hajmi2.9 Mb.
#1773312
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
26-mavzu: Dizel dvigatelni taminlash tizimining nosozligi.

Reja:
1.Dizel dvigatel ta’minlash tizimidagi asosiy nosozliklar.


2. Texnik xizmat ko’rsatish.
3.Mavsumiy texnik xizmat ko’rsatish.

1. Dizellarning ta'minlash tizimiga texnik xizmat ko'rsatish eng murakkab va ma’suliyatli ishlar sirasiga kirib. xizmat ko'rsatish xodim- larining malakasi yuqori bo’lishi talab etadi. Alohida e'tiborni, ish joyi- ning tozaligiga hamda yuqori bosimli nasos va forsunka yoki rostlagich ichiga juda kichkina bo'lgan kir zarrachasini ham tushib qolishiga yo‘l qo'ymaslikka qaratish kerak bo'ladi.


Asosiy nosozliklar. Bularga quyidagilarni kiritish mumkin: yonitg'i aylanishining buzilishini va havo surilishini, bu esa bakdan yuqori bosimli nasosga moy yuborilishining kamayishiga olib keladi; nasosning nosoz- ligi tufayli ish unumdorligi va u hosil qiladigan bosimning pasayishi; yuqori bosimli nasosni noto‘g‘ri oTnatilganligi yoki rostlanganligi tufayli forsunkalarga yonilg'i berishning boshlang'ich paytini buzilishi, shuningdek, nasos yuritmasi detallarining yeyilishi; yuqori bosimli nasosni noto'g'ri rostlanishi oqibatida nasos ho'linmalaridan yonilg'i berilishini bir tekisligini hamda dozalanishning buzilishi; yuqori bosimli yonilg'i nasosidagi plunjer, gilza va haydash klapanlarining yeyilishi;
forsunka ignasini ko'taruvchi rostlangan bosimning buzilishini hamda nina germetikligining yo'qolishi; rostlagichning ishlashini buzilishi, bu esa tirsakli valning notekis aylanishiga, salt ishlashda dvigatelni to‘xtab qolishiga yoki haddan ziyod yuqori chastotali aylanishlarga olib keladi.
Texnik xizmat ko'rsatish. Kundalik xizmat ko'rsatishda yonilg‘i nasosi va rostlagich korpusidagi шоу sathi tekshiriladi, zarur bo‘lsa moy quyiladi. Dizel sinov uchun yurgazilib, ishlatilgan gazlarni tutashi, manometr bo‘yicha yonilg'i bosimi va radiatordagi suvning isishi nazorat qilinadi. Dvigatel, yonilg'i nasosi va rostlagichda begona taqillashlar bor-yo‘qligi eshitib ko'rish orqali tekshiriladi. Yonilg'i apparaturasi kirlardan tozalanadi, mahkamlovchi detallar tortib qo'yiladi, baklarga kerakli miqdorda tindirilgan yoki filtrlangan yonilg'i quyiladi, Yilning sovuq kunlarida, yonilg'ini dagal va mayin tozalash filtrlarining korpuslaridan cho'kindilar har kuni to‘kib turilish: kerak.
TXK o'tkazilganda yonilg'i bakidan, yonilg'ini dag'al va mayin tozalovchi filtrlardan cho‘kindilar to‘kib tashlanadi, tizimdan havo chiqarib yuboriladi. Yonilg'i bakining qopqog'idagi teshik, havo tozalagich hamda havo so'rgich turidagi teshiklar va tirqishlar tozalanadi; havo va yonilg'i bilan ta’minlash tizimlaridagi asboblar holati, ular birikmalarining germetikligi ko'rikdan o'tkazilib, tekshiriladi va zarur hollarda nosozliklar bartaraf etiladi; dvigatelni to'xtatish yuritmasining hamda yonilg'i berishni qo'l bilan hoshqariladigan yuritmaning ishlashi nazorat qilinadi.
TXK o'tkazilgan chogda: yonilg'i baki, yonilg'i naychalari, yonil­g'i nasoslari, forsunkalar, filtrlar va nasos yuritmalarining mahkamlanishi hamda germetikligi tekshiriladi; yonilg'i berishni boshqarish mexa- nizmining sozligi va dvigatelni qo'l hilan to'xtatish trosining ishlashi tekshiriladi; yonilg'ining aylanishi ko'zdan kechiriladi va tizimda havo ho'lsa, chiqarib yuboriladi; dvigatel yurgaziladi va salt ishlash rejimida tirsakli valning minimal aylanishlar chastotasi rostlanadi; dvigatelni, yuqori bosimli yonilg'i nasosining, tirsakli val aylanishlar chastotasi rostlagichining ishlashi va ishlatilgan gazlarning tutashi tekshiriladi; yonilg'ini dag'al va mayin tozalovchi filtrlarning korpuslari yechih olinadi va yuviladi, filtrlovchi elementlar almashtiriladi.
Mavsumiy texnik xizmat ko'rsatish o'tkazilganda: cho'kindi to'kih tashlanadi va yonilg'i baki yuviladi; forsunkalar yechib olinadi va max- sus asbobda ninaning ko'tarilish bosimi rostlanadi; dvigatelni ta’min­lash tizimidagi havo uzatkichlarning mahkamlanishi havo yordamida tekshiriladi. Qishki mavsumda ishlatishga tayyorlanganda yuqori bosimli yonilg'i nasosi va yonilg'i haydash nasosi yechib olinadi, ular stendda tekshiriladi va rostlanadi; yuqori bosimli yonilg'i nasosi hamda dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasining rostlagichi yechib olinganda, ulardagi шоу almashtiriladi; yonilg'i purkalishini ilgarilatish muftasining korpusidagi moy sathi tekshiriladi va zarur bo'lsa moy quyiladi.
КамАЗ-740 dvigateHdagi havo filtrining birinchi pog'omisiga xizmat ko rsatish uchun filtrdan chang so'rgich magistral! va havo o'tkazgichlar ajratiladi, qopqoq yechiladi, mahkamlovchi sterjen burab bo'shatiladi, filtrlovchi element sug'urib olinadi va filtr korpusi yechiladi. Korpus inersion panjara bilan birgalikla dizel yonilg'isida yoki issiq suvda yuviladi, siqilgan havo bilan puflab quritiladi; yig'ish paytida, tores qopqoqlari va g'iloflari deformatsiyalangan (pachoqlangan) filtrlovchi elementlarni o'rnatishga yo‘l qo'ymaslik darkor; yirtilgan qistirmalarni almashtirish lozim.
Kartonli filtrlovchi elementga havo filtrini kirlanganlik darajasini bildiruvchi indikator ko'rsatmasiga muvofiq xizmat ko'rsatiladi. Agar element kartoni kulrang (qurum bosmagan) bo'lsa, uni 0,2 - 0,3 MPa bcsim ostidagi siqilgan havo bilan purkaladi. Kartonga chang, qurum, moy yoki yonilg'i yopishgan bo'lsa, u holda element, yuvish moddasi qo'shilib 40 50°C isitilgan suvda yuviladi. Bu eritmaga element 10-15
daqiqa davomida solib qo'yiladi, so'ng toza suvda chayiladi va quritiladi.
O'rnatishdan oldin filtrlovchi elementning holati, uning ichiga lampa yoqib yorug'lik bilan tekshirib ko riladi. Yirtilishlar, teshilishlar va boshqa shikastlanishlar bo'lishiga yo'l qo'yilmaydi.
Filtrlovchi elementni har bir 2-TXK da yuvish va bir marta kuzda, uni yangisi bilan almashtirish tavsiya etiladi. Ikki yoki uch marta 2- TXK dan so'ng. havo kiritish tizmining germetikligini tekshirib ko'rish zarur.
Dizeldagi ta’mirlash tizimining germetikligi alohida ahamiyatga ega. Bakdan yonilg'i haydash nasosigacha bo'lgan (tizimning kiritish qismi) yonilg'i tizimiga havo so'rilishi, yonilg'i berish apparaturalarini yomon ishlashini keltirib chiqaradi, yonilg'i haydash nasosidan to forsunka- largacha bo'lgan bosim ostidagi yo'llarda germetiklikning buzilishi esa yonilg'ini oqishiga, demak ortiqcha yonilg'i sarf bo'lishiga sabab bo'ladi.
Magistralning kiritish qismi germetikligi, bosimni oshiruvchi qo'l nasosi bo'lgan bakcha ko'rinishidagi maxsus asbob yordamida tekshi­riladi. Magistralning yonilg'i haydash nasosi bilan forsunkalar orasidagi

45-chizjna. СДТА stendining asosiy shakli:
/-yuqori; 2gilof; 4-qalpoq; J kirgazma; <5-to‘T-filli; 7-rotor; £-tiqin.

qismini, yonilg'i nasosidagi qo‘l-yuritma!i nasos yordamida yoki dizelni salt ishlashida ko‘z bilan kuzatib tekshirish rnumkin.


Yangi o‘t oldirish sistemalarini yaratish yo‘nalishidagi eng katta yutuq mikroprotsessorli o‘t oldirish sistemasining ixtiro qilinishi va amalda tatbiq qilina boshlanishidir. Mikroprotsessor - bu kichik elektron hisoblash mashinasi bo‘lib, u yordamida o‘t oldirishni boshqarish bilan bir qatorda dvigateldagi boshqa ko‘p jarayonlar ham nazorat qilinadi va rostlanadi. Mikroprotsessorli o‘t oldirish tizimiga misol tariqasida Neksiya avtomobilining o‘t oldirish tizimini keltirish mumkin (33-rasm). Bu avtomobillarda o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi elektron boshqarish bloki (EBB), ya’ni mikroprotsessor vositasida rostlanadi. Bu dvigateldagi o‘t oldirish daqiqasini belgilashda markazdan qochma va vakuum rostlagich kabi mexanik moslamalarga nisbatan ancha yuqori aniqlikka erishish, dvigatelni tejamkorligini, quvvatini oshirish va chiqindi gazlardagi zaxarli moddalarning miqdorini kamaytirish imkoniyatini beradi.
O‘t oldirish daqiqasini belgilash uchun elektron boshqarish bloki quyidagi ko‘rsatkichlarni nazorat qiladi:
tirsakli valning buralish burchagi;
tirsakli valning aylanishlar chastotasi;
dvigatelning yuklamasi (kiritish kollektoridagi siyraklanish orqali);
dvigatelning sovitish tizimidagi suyuqlik harorati.
O‘t oldirish tizimi, karburatorli dvigatelning silindrlarida yonilg‘i havo aralashmasini silindrlarning ishlash tartibiga mos ravishda, o‘z vaqtida va ishonchli o‘t oldirish uchun xizmat qiladi. Ishchi aralashmani o‘t oldirish, har bir silindrning yonish kamerasiga o‘rnatilgan o‘t oldirish shami elektrodlari orasidagi elektr razrad natijasida hosil bo‘ladigan uchqun vositasi bilan amalga oshiriladi. O‘t oldirish shamlarining elektrodlari orasida uchqun hosil bo‘lishi, ularga uzatilgan yuqori kuchlanish (-12000 V) ta’sirida sodir bo‘ladi. Ishchi aralashmani ishonchli o‘t oldirish uchun o‘t oldirish sham elektrodlari orasidagi uchqunli razrad yetarli energiyaga ega bo‘lishi zarur. Hozirgi zamon dvigatellarida uchqunli razrad energiyasi 20-100mDj ni tashkil qiladi va u dvigatelni hamma ish rejimlarda me’yorida ishlashini ta’minlaydi.
Past kuchlanishda (48 V gacha) ishlovchi izolatsiya va asboblar chastotasi 50 Gs kuchlanishi 220 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda tekshiriladi. O‘zgaruvchan tok generatorlari, starterlar, cho‘g‘lanish svechalari, faralar, nazorat o‘lchov asboblari, yoritgichlarni uzgichlari bunday asboblar jumlasiga kiradi.
Batareyali o‘t oldirish tizimi. Ushbu tizim quydagi asosiy asboblardan iborat: o‘zgarmas tok manbai (akkumulator yoki generator), uzgich taqsimlagich, kondensator, yondirish g‘altagi va yondirish svechalari. Aytib o‘tilgan asboblar ikkita elektr zanjirni tashkil qiladi: birlamchi va ikkilamchi.
Birlamchi tok zanjiri quyidagilardan iborat: energiya manbai Q, uzgich, yondirish g‘altagining birlamchi cho‘lg‘ami L1 va uzgich kontaktlariga paralel ulangan kondensator C1 dan iborat.

33-rasm. Neksiya avtomobilining o‘t oldirish tizimi umumiy sxemasi.

Ikkilamchi tok zanjiri: yondirish g‘altagini ikkilamchi cho‘lg‘ami L2 dan, yondirish svechalaridan va yuqori kuchlanish tokni o‘tkazuvchi simlardan iborat.


Yondirish kaliti ochilib kontaktlar bir biriga ulanib turganida birlamchi zanjirdan tok o‘taboshlaydi, buning natijasida yondirish g‘altagini birlamchi cho‘lg‘am atrofida, o‘zakdan chiqqan magnit maydonini kuch chiziqlari xosil bo‘ladi. Magnit maydonini kuch chiziqlari birlamchi cho‘lg‘am bilan birga ikkilamchi cho‘lg‘am L2 ni o‘ramlariga ham kirib o‘tadi. Yondirish g‘altagi kuchlanishni kuchaytiruvchi transformator vazifasini bajaradi. Agar birlamchi cho‘lg‘amda kuchlanish 10... 12V ni tashkil qilsa, ikkilamchi cho‘lg‘amda kuchlanish 300.400V gacha oshadi.
Yondirish svechasini elektrodlari orasidagi havo masofasidan (tirqishdan) elektr uchquni o‘tishi uchun kamida 16000.20000 V kerak buladi.
Bunday yuqori kuchlanish impulsi birlamchi tok zanjiri uzgich kontakitlari tomonidan uzilishi bilan xosil bo‘ladi, chunki tok yunalishi bilan magnit maydonini kuch chiziqlari ham keskin yo‘qola boshlaydi. Magnit kuch chiziklari katta tezlikda o‘zak tomonga intilish jarayonida ikkilamchi cho‘lg‘am o‘ramlarini kesib o‘tadi. Buning natijasida ikkilamchi cho‘lg‘amda 16...25kV gacha yuqori kuchlanishli elektr yurituvchi kuch (EYUK) xosil bo‘ladi va shu tufayli yondirish svechasi elektrodlari orasidan elektr uchqun o‘tadi.
Birlamchi tok zanjiri uzilganda yondirish g‘altagini birlamchi cho‘lg‘amida ham 200...400V o‘z-o‘zini induksiyalash EYUK toki xosil bo‘lib, uning yo‘nalishi ikkilamchi cho‘lg‘amdan chiqgan tokga qarama- qarshi bo‘ladi. Shuning uchun bu tok ochilib turgan uzgich kontaktlari orasidan uchqunlanib o‘tishiga olib ketadi, natijada ular tez-tez kuyib, kichik kuchlanishli tokni o‘tkazishi mumkin. Kontaktlarga paralel ulab qo‘yilgan kondensator S1 o‘z-o‘zini induksiyalash EYUKni o‘ziga qabul qilib kontaklarni kuyishdan saqlaydi. Undan keyin kondensa- tordagi tok birlamchi cho‘lg‘am orqali zryadsizlanishi natijasida ikkilamchi cho‘lg‘amda tok xosil bulishiga olib keladi. Bu zaradsizlanish indukitiv fazasini uzoqroq davom etishiga olib keladi, bu xol o‘z navbatida aralashmani yaxshiroq yonishini ta’minlaydi.

.


Download 2.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling