Reja: Avtomobillar klassifikatsiyasi o‘rganiladigan avtomobillarning qisqacha tavsifnomasi
-mavzu:Dizel dvigatellarining umumiy tuzilishi. Dizel dvigat ellaridan foydalanishning tejamkorligi
Download 2.9 Mb.
|
25-mavzu:Dizel dvigatellarining umumiy tuzilishi. Dizel dvigat ellaridan foydalanishning tejamkorligi.
Reja: 1.Dizel dvigatellarining umumiy tuzilishi. 2.Dizel dvigat ellaridan foydalanishning tejamkorligi 3.Forsunkalar. Ta'minlash tizimi quyidagi vazifalarni bajaradi: havo va yoqilg'ini tozalab, ulardan ma'lum tarkibda yonilg'i aralashma tayyorlash va silindrni yonish kamerasiga uzatish (yoki havo va yoqilg'ining alohida-alohida) hamda ishlab bo'lgan gazlarni silindrdan tashqi muhitga chiqarib yuborish. Dizellarda ta'minlash tizimi quyidagi xususiyatlar bo'yicha bo'linadi: — yoqilg'ini harakatlanish usuli bo'yicha berk konturli va sirkulyatsiya konturli; — silindrlarga yoqilg'ini yetkazish turi bo'yicha birlashtirilgan nasos va forsunka (nasos-forsunka) hamda nasos va forsunkaning ajralgan holda o'rnatilishi. Dvigatellarni uchqun orqali o't oldirishda ta'minlash tizimi karbyu-ratorli va benzinni purkash usuli bo'yicha bo'linadi. Yuqorida keltirilgan omillar munosabati bilan ta'minlash tizimida quyidagi tashkil etuvchilarni ko'rsatish mumkin: — havoni tozalash tizimi; yoqilg'i yetkazib berish tizimi; — ishlab bo'lgan gazlarni shovqinsizlantirish tizimi. Ta'minlash tizimiga vazifasiga binoan quyidagi talablar qo'yiladi: — tegishli miqdorda yoqilg'i berish; — aralashmani sifatli tayyorlash; — aralashmani yoki yoqilg'ini o'z vaqtida uzatish. Dizellarni ta'minlash tizimi karbyuratorli dvigatellarni ta'minlash tizimidan tubdan ajraladi. Dizellarni havo bilan ta'minlash tizimining asosiy vazifasi dvigatelni barcha tezlik va yuklanish rejimlarida purkalanayotgan yoqilg'ining to'liq yonishini ta'minlaydigan havo miqdorini yetkazib berishdir. Ushbu tizimga quyidagi talablar qo'yiladi: * — dizel silindrlariga tashqi muhitdan kiritilayotgan havoni abraziv zarrachalardan to'liq va sifatli tozalash; — havo kiritish yo'llarini ishonchli muhofazalash; — havo kiritish yo'llarida minimal aerodinamik qarshiligini ta'minlash; — kiritilayotgan havoni silindrlarga teng taqsimlash; v — havo kiritish yo'llaridagi shovqinning kamligini ta'minlash; Dizel dvigatelining ta'minlash tizimi bir necha qurilmalarning o’zaro birikmasi bo’lib u yoqilg’ini saqlash, havoni va yoqilg’ini tozalash, havoni silindrga etkazib berish, yoqilg’ini katta bosim yordamida silindrga purkash vazifasini bajaradi. Yonishdan xosil bo’lgan silindrlardagi gazlarning tovushini so’ndirib atmosferaga chiqarib yuborish vazifasi ham shu sistemaga yuklatilgan. Yoqilg’i bak 9 ga yetarli miqdorda solinadi. Kran 8 ochiq bo’lganda yoqilg’i bakdan truboprovod 4 va dagal filtr 5 orkali xaydash nasosi 7 orkali tortib olinadi. Haydash nasosi yoqilg’ini kichik bosim ostida truboprovod orqali mayin filtrga, undan yuqori bosimli yoqilg’i nasosiga truboprovod orqali etkazib beradi. Yoqilg’iga nasos yordamida yuqori bosim beriladi va uni etarli miqdorida hamda zarur ish davrida truboprovod orkali forsunka yordamida silindrning yonish kamerasiga purkaladi. Forsunka detallari orasidan sizib chiqqan yoqilg’ilar truboprovod orqali yana yoqilg’i bakiga qaytib tushadi. Yuqori bosimli yoqilg’i nasosidagi ortiqcha yoqilg’i truboprovod orqali yana qaytib xaydash nasosiga tushadi. Dvigatel ishlashi uchun zarur havo, xavo tozalagichdan silindrlarga suriladi. silindrlarda yonishdan hosil bo’lgan gazlar esa chiqarish truboprovodi orqali tovush so’ndirgichga o’tadi va undan atmosferaga chiqib ketadi. Dizellarni havo bilan ta'minlash tizimi Havo bilan ta'minlash tizimining asosiy vazifasi dizelni barcha tezlik va yuklanish fejimlarida ishlaganida uning silindrlariga purkalayotgan yoqilg'ini to'liq yoqish uchun kerak bo'lgan tozalangan havo miqdori bilan ta'minlashdir. Havo bilan ta'minlash tizimiga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi: — dizel silindrlariga tashqi muhitdan kiritilayotgan havoni abraziv moddalardan to'liq tozalashligi; — dvigatelni havo kiritish yo'llarini tashqi muhitdan ishonchli muhofazalanishligi (tozalanmagan havo kirmasligi uchun); — havo yo'llarining shaklini kiritilayotgan havoga eng kam aerodi-namik qarshilik ko'rsatishligiga moslanishligi; — kiritilayotgan havoni dizelning barcha silindrlariga teng taqsim-lanishligi; — havoni dvigatelga kiritishda hosil bo'ladigan shovqinning kamligi; — dizelni past haroratda yurgazib yuborishni ta'minlashligi. Havo tozalagichlar. Dizelga kiritilayotgan havoni tozalashda uch usul qo'llaniladi. Bular: — filtratsiya — tozalanayotgan havo filtrlash elementlaridan o't-kaziladi; — inersion katta tezlik bilan harakatlanayotgan havo yo'nalishini keskin o'zgartiradi. Natijada hosil bo'lgan markazdan qochma kuchlar havo oqimidan og'ir mexanik moddalarni havo tozalagich asosiga uloqtiradi; — kontaktli harakatlanish jarayonida havo, odatda, moy bilan uchrashadi va og'ir mexanik moddalar unga yopishib qoladi. Havo tozalagichlar barcha traktor va avtomobillarda o'rnatiladi va ularga quyidagi talablar qo'yiladi: ;; — havoni yuqori darajada sifatli tozalash; — havoning kirishiga imkon boricha kamroq qarshilik ko'rsatish; — tuzilishi va texnik xizmat ko'rsatishining oddiyligi. Traktor avtomobillarga qaraganda ko'proq changlangan sharoitda ishlaydi. Silindrlar ichiga kirib qolgan moddalar 90% ishlab bo'lgan gazlar bilan birga tashqi muhitga chiqib ketadi, qolgan 10% esa porshen halqalari va silindrlar tirqishi orasida qolib, abraziv yedirilish hosil bo'lishiga imkon beradi. Kombinatsiyalangan havo tozalagichlar qishloq xo'jaligida ishlatila-digan avtomobil dvigatellarida qo'llaniladi va ko'p pog'onali tozalash tizimidan iborat bo'ladi. 38- rasmda KamAZ avtomobil dvigatellarida qo'llanadigan havo tozalagich ko'rsatilgan. Birinchi pog'ona — havo qabul qilgich (1) (38- a rasm) bo'lib, u kabinadan ancha balandga ko'tariladi. Kirayotgan havo unda pastga tezlik bilan harakatlanib aylanishi natijasida chang zarrachalari qabul qilgich devorchalariga urilib, «A» teshiklaridan tashqi muhitga chiqarib tashlanadi. Bu bosqichda inersion tozalash usuli qo'llaniladi. Undan so'ng havo quvur (2) dan va gofrlangan birikma (3) da harakatlanadi./ Ikkinchi bosqich — ikkita filtr-patron (12) li quruq havo tozalagichlar, ular avval aytib o'tilgan havo tozalagichlar kabi ishlaydi. - r44asm. KamAZ avtomobil dizelidagi havo tozalash tizinrining chizmasi: a—umumiy ko'rinish; b—havo tozalagich; 1—havo qabul qilgich; 2—quvur; 3—gofrlangan birikma; 4—havo tozalagich; 5—havo tozalagich asosi; 6—zichlash halqasi; 7—qopqoq; 8—gayka; 9—ushlab turish moslamasi; 10—qopqoqning qulflagichi; 11—kasseta; 12—filtr-patron. .
Download 2.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling