Reja: Axborot tizimi haqida tushuncha. Axborot tizimlarining tarkibiy qismlari. Axborot tizimining dasturiy ta’minoti. Avtomatlashtirilgan axborot tiziming tasniflanishi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tarkibiy va tamoyil juhatdan
Download 50.31 Kb.
|
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
Tashkiliy tizimlar
Tashkiliy tizim – boshqarish, shuningdek, tashkiliy tuzilma, maqsadlar, boshqarish samaradorligi va xodimlarni rag’batlantirish qoidalari mezonlari uchun foydalanadigan, xodimlarning yurish-turishi va texnik vositalarning ishlatilish tartibini belgilovchi qoidalar yig’indisidir. Tashkiliy tizimlar ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchi kishilar jamoasining ishlab chiqarish faoliyatini boshqarish uchun mo’ljallangan. Oxirgisi ancha muhim holat hisoblanadi, chunki tashkiliy tizimlar texnik vositalarning o’ziga xosligini, xususan, boshqaruv vositalarini hisobga olishi lozim. Tizimda boshqaruv ob’ekti – bu muayyan moddiy zahiralarga ega va aniq mahsulotni olishga yo’naltirilgan ishlab chiqarish operatsiyalarini bajaruvchi vazirlik, idora, korxona, tsex, ishlab chiqarish, uchastkalar, ijrochilar jamoasi yoki ayrim shaxslardir. Boshqaruv ob’ektining faoliyati ishlab chiqarish jarayoni chog’idagi turli holatlardagi vazifalarni amalga oshirishga bo’ysindirilgan. Boshqaruv organi ob’ektni boshqarish uchun tashkiliy tizimdan foydalanuvchi shaxs yoki shaxslar guruhi sanaladi. Tashkiliy tizimlar avtomatlashtirilgan yoki avtomatlashtirilmagan bo’lishi mumkin. Tashkiliy tizimlar bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki o’ziga xosligi shuki, tizimning asosiy elementi murakkab, faol tizim bo’lgan insondir. Inson yurish-turishi, xulqi jihatlarining amaliy talablarini bayon etuvchi norasmiy modellarini tuzish juda murakkab, ba’zan esa iloji yo’q. Ayni paytda inson tashkiliy tizimlarda qaror qabul qiluvchi shaxs (QQQSh) hisoblanadi. Tashkiliy tizimlarning ikkinchi o’ziga xosligi – ko’p maqsadli ishlash xususiyatidir. Ushbu tizimlar faoliyatining samaradorligi umuman olganda ham uning kichik tizim va elementlarini tashkil etuvchilariga ko’ra ko’plab miqdordagi texnik, iqtisodiy va ijtimoiy ko’rsatkichlar bilan belgilanadi. Samaradorlikni baholashning ko’pqirraligi ko’pgina o’zaro bog’liq jihatlar bo’yicha boshqarishni tashkil etish zaruriyatiga olib keladi. Bunda tizimning boshqa elementlari bilan moddiy va axborot jihatdan o’zaro ta’sirini tashkil etish talab etiladi. Uchinchi o’ziga xoslik – tashkiliy tizimlarning uzluksiz rivojlanishini o’z ichiga oladi, u yangi ehtiyojlar paydo bo’lishi, bu ehtiyojlarni tashqi va ichki shart-sharoit hamda o’zgarishlar bilan bog’liq holda qondirish yo’llarini takomillashtirishdan iborat. Oqibatda, ob’ektlar tarmoqlari doimiy o’zgaradi, uning elementlari o’rtasida yangi aloqalar paydo bo’ladi. Shuningdek, ham alohida ob’ekt, ham umuman tizim sifatida boshqarish tizimi o’zgaradi. Xulosa Xulosa qilib aytganda ishlab chiqarish jarayonlari uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash tegishlicha mehnat vositalari, texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari, ilmiy tadqiqotlar, loyiha ishlari va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning kompleks avtomatlashtirish tizimlariga olib keladi. Texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish uchun axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo’llash texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi, moslashgan ishlab chiqarish tizimlari, transport-omborxona tizimlarining yaratilishiga olib keladi. Bunday tizimlarni yaratishdan maqsad - milliy iqtisodiyot tarmoqlarini yuqori ishonchli mehnat vositalarini tadbiq etish hisobiga texnik qayta jihozlashni ta’minlash, ularni avtomatlashgan uchastka va texnologik jarayonlarga komplekslash, ishlab chiqarishga moslashuvchanlik hamda iqtisodiylikni bag’ishlashdir. Download 50.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling