Reja Axborot xavfsizligini ta`minlash metodlari. G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari


Korrupsiyaning mamlakatimizning xavfsizligiga solayotgan tahdidlari quyidagalardan iborat


Download 135.39 Kb.
bet9/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.39 Kb.
#1519371
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
10 мавзу 2 маруза лотин

Korrupsiyaning mamlakatimizning xavfsizligiga solayotgan tahdidlari quyidagalardan iborat:
Birinchidan, siyosiy jihatdan olganda, korrupsiya amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish ifodasidir. Unda o‘z umrini yashab bo‘lgan, yangi iqtisodiy munosabatlarni o‘ziga qarshi tahdid deb bilgan holda, ularning rivojlanishini sekinlashtirib ko‘yishga harakat qiladigan ma’muriy-buyruqbozlik tizimi bilan "xufyona" iqtisodiyotning manfaatlari ob’ektiv ravishda birlashib ketadi. Korrupsiya domiga ilingan amaldorlar shaxsiy boylik orttirishmaqsadlarinivaurug‘-aymoqlarningmanfaatlarini davlat manfaatlaridan ustun ko‘yadi. Bu esa, mamlakatning siyosiy va iqtisodiy yo‘liga hamda aholining aksariyat qismiga tuzatib bo‘lmaydigan zarar etkazadi. Bundan tashqari, yangi iqtisodiy munosabatlarga endigina asos solinayotgan va sifat jixdtidan boshqa siyosiy tizim shakllantirilayotgan o‘tish davrida korrupsiya o‘z xatti-harakati bilan bu jarayonning yo‘lini to‘sib ko‘yish imkoniga ega.
Ikkinchidan, jinoyatchilik va korrupsiyashng avj olishi davlatnshg konstitutsiyaviy asoslarini emiradi, fuqarolarning huquq va erkinliklari jiddiy tarzda buzilishiga olib keladi. "Qonunlar va farmonlarni qabul qilishdan maqsad ularni chetlab o‘tishdir" degan mutlaqo yaramas qoida jamiyatning eng oddiy xukuqiy tartibot va jamoat tartibini saqlab turish qobiliyatidan mahrum bo‘lishiga olib boradi. Basharti iqtisodiyotda jinoiy guruxlar va "reketchilar" to‘dalari "bazm kursa", ko‘chalarda esa odamlar qo‘rqqanlaridan tasodifiy o‘tkinchilardan qochib yursalar, jamiyatdagi barqarorlik va sobitqadamlik haqida gap bo‘lishi mumkinmi? Yo‘q, albatta.
Uchinchidan, jshoyatchilik va korrupsiya jamiyatning ma’naviy-axloqiy asoslarini emiradi. Jamiyat a’zolarining fuqarolik mavqeini yo‘qqa chiqaradi. Amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga salbiy munosabat vujudga kelishi uchun sharoit yaratadi. Islohotlar g‘oyasining o‘zini obro‘sizlantiradi va eski zamonlarni, shu jumladan "kudratli markazning kuchli ko‘li"ni qo‘msash hissini tug‘diradi.
O‘tish davrining muayyan qiyinchiliklari sharoitida fuqarolar ongida, ayniqsa, yosh avlodning bir qismida, hayotda yuksak turmush darajasiga erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bog‘liq, degan mutlaqo axloqqa zid nuqtai nazar shakllanishi va qaror topishi mumkin. Qing‘ir yo‘l bilan boylik orttirishga intilish, basharti u jamiyatning va xuquqiy nazoratning e’tiboridan chetda qolsa, odamlarni, ayniqsa, hayotga endigina qadam ko‘yib kelayotgan yoshlarni yomon yo‘lga og‘diradi. Axir, jamiyat va davlat uchun yosh avlodning axloqan buzilishi va yuztuban ketishidan ham ayanchliroq, halokatliroq hol bormi o‘zi?

Download 135.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling