2.Tahdid tushunchasi. Xo‘sh, taxdid nima? "Taxdid" arabcha do‘q qilish, ko‘rqitish" degan so‘zdan olingan bo‘lib, kundalik xyotda "birovni qo‘rqitish, unga do‘q, po‘pisa qilish hamda biror fal okatning, qo‘rqinchl i voqeaning sodir bo‘l ish xavfi"10, degan ma’nolarni anglatish uchun ishlatiladi. Falsafiy ma’noda "Tahdid - inson, jamiyat va davlat hayoti hamda faoliyatiganisbatanmuayyan davr mobaynida aniqmaqsadga yo‘naltirilgan
mahalliy, hududiy, mintatsaviy va umumsayyoraviy salbiy omillarnshg tajovuzi tufayli aniq makon va zamonda vujudga keladig'an xavf-xatar shakli, muayyan barqaror siyosiy-ijtimoiy va tarixiy vaziyatni ifodalovchi tushuncha"11 bo‘lsa,jamiyatning rivojlanishiga ta’siri, ya’ni tor ma’noda esa
tahdid deb, makon va zamonda mavjud bo‘lgan real jamiyatning ijtimoiy tuzilmalarini zaiflashtirishga, qolaversa, emirishga qaratshgan shaxsiy, mahalliy, xududiy, mintatsaviy omillarning qo‘rqitish, do‘ts, po‘pisa qilishdan iborat bo‘lgan xatti-harakatlariga aytiladi.
Tahdidlarning xususiyati va taraqqiyot sohalariga o‘tkazadigan ta’sir darajasiga qarab, inson, shaxs, fuqaro, millat, davlat, jamiyat, mintaqa, global, ichki va tashqi, katta va kichik, shuningdek, iqtisodiy, sotsial, siyosiy, ekologik, demografik, mafkuraviy, harbiy, tabiiy-iqlimiy, makon nuqtai nazaridan esa, uzoq va yaqin va boshqa shakllarga ajra-tish mumkin. Ammo ular qanday shaklda yuzaga kelishidan qat’i nazar, o‘zining mohiyat-mazmuniga ko‘ra jamiyat taraqqiyotga qarshi qaratilgan kuch hisoblanadi.
1.2. Tahdidlarning tur va shakllari, ularning mohi-yat-mazmuni. Bugungi kunda o‘zbek xalqining mustaqilligiga, uning tinch-osuda yashashiga, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-xuquqiy va ma’naviy-madaniy tuzilmalariga solinayotgan taxdidlarni quyidagi tur va shakllarga ajratish mumkin.
Siyosiy tahdidlar: tashqaridan reaksion eksremistik partiya va boshqa uyushmalarning kirib kelishi va buzg‘unchi g‘oyalarni tarqatishi; har xil "rangli inqilob"lar bahonasida mamlakatning ichki ishlariga aralashish; diniy ekstremizm va separatizm; xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilik, qurol-yaroq savdosi, narkotik moddalarni tarqatish; hokimiyatning yuqori bo‘g‘inlarida korrupsiya va poraxo‘rlikning avj olishi va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |