Reja Axborot xavfsizligini ta`minlash metodlari. G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari


Download 135.39 Kb.
bet1/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.39 Kb.
#1519371
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10 мавзу 2 маруза лотин


2-Ma`ruza
Reja
1. Axborot xavfsizligini ta`minlash metodlari.
2. G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari
3. Globallashuv jarayonida mafkuraviy immunitetni shakllantirish usullari


Xavfsizlik tushunchasi, uning toifa, tur va shakllari. Xavfsizlik muammosi mustaqil davlatchilikning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarning qaror topishi bilan bir vaqtda vujudga keladi. CHunki shu vaqtdan boshlab, barqarorlik, rivojlanish bilan bir qatorda xavf-xatar, turli-tuman taxdidlar ham iaydo bo‘lib, ularni hisobga olish, ularga asoslanib, davlat strategiyasi va siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish mamlakat xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi.
Xo‘sh, xavfsizlik nima? Xavfsizlik arabcha "xavf-xatar" so‘zidan olingan bo‘lib, "ko‘rqinch" "vahima", "xadiksirash", "xavotirlanish"larning yo‘qligi, ularning oldini olish degan ma’nolarni anglatadi1. Bu tushuncha Rober ma’lumotnomasiga ko‘ra 1190 yilda paydo bo‘lgan va u, dastlab, o‘zini xar qanday xavf-xatardan himoyalangan deb xisoblovchi inson ruxdning xotirjam holatini ifodalagan2. Ushbu ma’noda mazkur termin Garbiy Evropa xalqlari leksikonida XVII asrgacha ko‘llanilgan. Tarixning keyingi davrlarida davlat tuzilmalarining shakllanishi bilan bog‘liq ravishda xavfsizlik tushunchasi moddiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda davlat kurilishi, Gyushqarish organlari tendensiyalariga mos keladigan real xavf-xatar (jismoniy va ma’naviy)ning yo‘qligi natijasida vujud-ga keladigan tinchlik holati sharoiti ma’nosini anglatgan.
XX asrning oxirlariga kelib, "xavfsizlik" va "milliy xavfsizlik" tushunchalari bizning leksikonimizda tez-tez qo‘llanila boshlandi. Bu insoniyat rivojlanishining murakkablashuvi, yadro, atom va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarining keng tarqalishi, ekologik vaziyatning ogirlashganligi, yangi xavfli kasalliklarning vujudga kelishi, terrorizm xavfining kuchayishi, totalitar tuzumemirilganidan keyin dunyoning qarama-qarshi kutblarga bo‘linishi barham topgandan keyingi davlatlar o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi, yangi mustaqil davlatlarning paydo bo‘lishi, ularda bozor islohotlarining amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Dunyodagi bunday o‘zgarishlar xavfsizlik, umumiy va milliy xavfsizlik muammolariga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.
Xavfsizlik tushunchasi ko‘p qirrali bo‘lib, turlicha ma’noda talqin etiladi. Masalan, professor S.Otamuratov: "Xavfsizlik deganda, voqea, hodisa, jarayon va turli munosabatlarda kechadigan ustuvorlikka intilish amaliyoti davomida "kuchli"ning "zaif" yoki "kuchsiz" tomonga o‘tkazadigan salbiy ta’siridan himoyal anganl ik sal ohiyatini tushunish mumkin"2, professor R. Samarov esa: "Xavfsizlik - aniq ob’ektning (ichki va tashqi jihatdan) himoyalanganlik holati bo‘lib, bunda barcha taxlikalar me’yoriy darajalardan oshib ketmasligi tushunilishi lozim"3, - deb ta’kidlaydilar. Umuman olganda xavfsizlik bu - butun insoniyatning normal yashashi uchun xavf soladigan tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-xuquqiy, ma’naviy-madaniy ahamiyatga molik bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish tufayli ularning barqaror hayot kechirshiini ta’minlash uchun yaratilgan xavfsiz shart-sharoitlarning muayyan tizimidir.
Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. SHunday bo‘lishiga qaramasdan ularda umumiy g‘oya ham mavjud bo‘lib, bunga ko‘ra xavfsizlik insoniyat hayotining turli sohalarida vujudga keladigan xavf-xatardan himoyalanish, kafolatlanish ma’nosini anglatadi. Xavf-xatar esa davlat va jamiyat rivojlanishiga, normal amal qilishiga tahdid soluvchi potensial yoki real kuch, omil hisoblanadi. Xavf-xatar namoyon bo‘lishining keskin shakllariga tabiiy, ijtimoiy kataklizmalar, portlashlar va larzalar, krizislar, tangliklar, revolyusiya, qo‘zg‘olon, isyon, urush, kurolli to‘qnashuvlar kiradi.
Xavfsizlik ko‘p qirrali bo‘lib, u butun insoniyat, davlat yoki iqtisodiy tizimning normal faoliyat yuritishi, rivojlanishi uchun noxush salbiy, zararli ta’sirlardan, xavf-xatarlardan saqlanish, himoyalanish holatini ifodalaydi. Xavfsizlik umumiy tarzda ziyon etkazish uchun potensial sharoitlarning yo‘qligini, saqlanishlik, himoyalanish va ishonchlilikni anglatadi. Bu tushuncha kishilar va jamiyat hayot faoliyatining aniq spetsifik sohalarida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Xavfsizlik qanday sohada, qanday shakl va qiyofada namoyon bo‘lmasin, ularning barchasi umumiylik xususiyatiga egadir. Umuman, xavfsizlik xavf-xatardan himoyalanish sharti va strategiyasi sifatida ijtimoiy tizim, shaxs, jamiyat va davlat hayot-faoliyatining normal amal qilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi1.
Xavfsizlikshng sub’ektlari shaxs, aholi ijtimoiy guruxdari, kishilar uyushmalari hamda birlashmalari, davlat ia jamiyat hisoblanadi.
Xavfsizlik ob’ekti inson hayotining barcha soxdlari, shu jumladan shaxsiy-oilaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy tabiiy soha va jabhalarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Xavfsizlikni kuyidagi milliy, mintaqaviy va xalqaro toifadagi turlarga ajratish mumkin. Ular esa, o‘z navbatida, ijtimoiy xavfsizlik, iqtisodiy xavfsizlik, siyosiy xavfsizlik, ma’naviy xavfsizlik, mafkuraviy xavfsizlik, ekologik xavfsizlik, shaxs xavfsizligi, harbiy xavfsizlik, resurs xavfsizligi shakllarida o‘zligini namoyon qiladilar. Demak, xavfsizlik tushunchasi keng qirrali bo‘lib, o‘zining ob’ektlari va sub’ektlari nuqtai nazaridan turli shakllarda pamoyon bo‘ladi. Ammo, hozirgi davrda bu tushunchaning umumlashgan shakli milliy xavfsizlik deb ataladi.
Xo‘sh, milliy xavfsizlik nima? Milliy xavfsizlik bu mamlakat va uning hududida yashaydigan barcha insonlarnshg millati, irsiy, jinsi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan sat’i nazar, turli salbiyta’sirlardan, yovuz kuchlar va g‘oyalar xavf-xataridan himoyalanganligi darajasidir.

Download 135.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling