Reja Axborot xavfsizligini ta`minlash metodlari. G’oyaviy tahdidlarning yo’nalishlari


Download 135.39 Kb.
bet3/13
Sana16.06.2023
Hajmi135.39 Kb.
#1519371
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10 мавзу 2 маруза лотин

G‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik deganimizda, milliy g‘oya va milliy mafkudaning millatni zaiflashtirishga qaratilgan tashqaridan kirib keluvchi har qanday yovuz g‘oyalar va mafkuralarga nisbatan kuchliligi, milliy ong, dunyoqarashni ular ta’siridan himoya qilishi va milliy manfaatlarni tarannum etishda hamda uning amaliyotda namoyon bo‘lishini ta’minlay bilishdagi katta salohiyati nazarda tutiladi. Bunga erishish ham yuksak darajada rivojlangan ma’naviyatga bog‘liq holda kechadi.
Qaysikim, milliy-ma’naviy xavfsizlik milliy xavfsizlik mexanizmi zanjirdagi xalqalarning harakatga kelishini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bo‘lsa, g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlik esa ushbu omilni amalga oshirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Milliy-ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash har xil mafkuraviy taxdid, xavf-xatar va tajovuzlarning oldini olish vositasi ekanligi quyidagilar bilan ifodalanadi.
1. Milliy ong, dunyoqarash, ruhiyat va qalbda milliy xavfsizlikni ta’minlash millat vakillarida millatni asrash va rivojlantirishning asosiy sharti ekanligi anglab etilmas ekan, unga erishib bo‘lmaydi.
2. Milliy-ma’naviy qashshoqlik bo‘lgan jamiyatda siyosiy beqarorlik yuzaga keladi.
3. Ma’naviyati qashshoq millatda o‘z vatanini himoya qilishga kuch-qudrat etmaydi. Bunday millat vakillari o‘z vataniga xoinlik qilishdan ham qaytmaydi. Unga xdmma joy iatanday ko‘rinaveradi, o‘z manfaatini hamma qadriyatlardan ustun qo‘yib yashaydigan bevatan insonlardir.
4. Vatanni har qanday yovuz kuchlardan himoya qilish, uning chegaralari mustahkam bo‘lishiga o‘z hissasini ko‘shishga intiluvchi insonlarda milliy ma’naviyat kuchli bo‘ladi. O‘z vatanining chegaralari mustaxdamligi, uning xavfsizligi ta’minlaganligini xuddi o‘z oilasining mustaxdamligi va xavfsizligini ta’minlash sifatida qaraydigan insonlarning ma’naviyati yuksak bo‘ladi. Iqtisodiy xavfsizlikda mamlakatning mavjud resurslaridan tejab foydalanish, ularning talon-toroj qilinishiga va chet ellarga olib chiqilishiga yo‘l qo‘ymaslik ham insonlar ma’naviyati bilan bog‘liq. Ma’naviyatli insonlar mamlakat boyligini ko‘z qorachig‘iday asrash, ularni g‘ayriqonuniy yo‘l bilan o‘zlashtirishga harakat qiladigan kimsalarga nisbatan nafrat tuyg‘ularining yuzaga kelishi ham ma’naviyat bilan bog‘liqsir.
5. Jamiyatda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik, turli ijtimoiy tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlardagi do‘stlik, o‘zaro hamkorlik va barqarorlikning amal qilishi ham ma’naviyat bilan bog‘likdir. Agar ma’naviyat taraqqiy qilgan bo‘lsa, ular o‘rtasida o‘zaro munosabatlarda manfaatlar muvozanati amal qiladi va jamiyat barqaror rivojlanib boraveradi.
6. Atrof-muhitni toza, orasta tutish, mamlakat tabiatini, hayvonot dunyosini, o‘rmon va suv zaxiralarini asrash, ob-havoning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik ham ma’naviyat bilan bog‘liqdir. Ma’naviyatli insonlar ana shu boyliklar nafaqat bugun, shu bilan birga istiqbolda o‘z avlodlari uchun ham zarurligini yaxshi biladi va o‘z imkoniyati doirasida ularni asrashga harakat qiladi. Ma’naviy qashshoq insonlar esa bunday tuyg‘ularga ega bo‘la olmaydi.
7. Bugun insonlar va millatlar kuchli axborot bosimi g‘ostida yashamoqda. Taraqqiy qilgan mamlakatlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan yuksak darajadagi axborot vositalari orqali dunyoda o‘z xukmronligini o‘tkazish maqsadida turli buzg‘unchi g‘oyalar, axloqiy qashshoqdik va bo‘htonlardan iborat xabarlar, axborotlar va ma’lumotlarni jahon afkor ommasi o‘rtasida targ‘ib qilmoqdalar. Mana shunday sharoitda ularni tanlash, inson va millat manfaatlariga zid bo‘lgan jihatlaridan ogoh bo‘lish ma’naviyat bilan bog‘liqdir. Ma’naviyati yuksak insonlar va millatlargina ogoh bo‘lishga hamda ular ta’siridan o‘zlarini himoya qilishga qodir bo‘ladi.
8. Bugun dunyodagi taraqqiy qilgan mamlakatlarning jahondagi turli mamlakatlardagi yuksak intellektual salohiyatli olimlar va mutaxassislarni "o‘g‘irlash"i an’anaga aylangan. Ular bunday olimlar va mutaxassislarga barcha moddiy imkoniyatlarni vujudga keltirish, texnik va texnologik shart-sharoitlarni yaratishga va’da berib, ularni o‘z mamlakatlariga olib ketishga muvaffaq bo‘lmoqdalar. Ular bu faoliyatlari bilan, bir tomondan, ana shunday kadrlarni tayyorlashga ketadigan mablag‘ va vaqtni tejashga erishib, tayyor olim va mutaxassislarni qo‘lga kiritmoqdalar; ikkinchi tomondan, mamlakatlarni intellektual jihatdan zaiflashtirishga va oxir-oqibatda o‘zlariga qaram qilishga intilmoqdalar. Bunday sharoitda yuksak ma’naviyatga, o‘z millati va Vatanini sevish ruhiyatiga ega bo‘lgan insonlar moddiy boylik evaziga o‘zga mamlakatlarga ketishdan o‘zlarini tiyadilar. Bunga ham yuksak ma’naviyatlilargina amal qilishi mumkin. Ma’naviyati qashshoqlashgan, o‘zga g‘oya va mafkuralarning aldoviga uchgan insonlar esa o‘zgalarning takliflariga moyillik bildiradilar. SHuni ham hisobga olish kerakki, boshqa mamlakatlarga ketib, o‘zi va o‘z mamlakatiga manfaatlar keltiradigan intellektuallari ham borki, bu umummilliy taraqqiyot uchun ahamiyatlidir. SHu ma’noda qanday bo‘lishidan qat’i nazar, o‘z intellektuallar ma’naviy yuksakligini ta’minlash milliy taraqqiyotning zaruriy sharti bo‘lib qolmoqda4.
SHunday qilib, mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish, o‘zining pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni muttasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni oshirish orqali zohir bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida milliy-ma’naviy, g‘oyaviy-mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlovchi ichki omil -jamiyatning siyosiy-ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy salohiyatidir. Bundan tashqari, mafkuraviy xavfsizlik xalqimizning asriy an’analari, tili, dini, ma’naviyati va milliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. SHuningdek, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va uyushmalari, madaniy-ma’rifiy muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tizimi mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning zaruriy shartidir. Mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligi ilmiy asoslangan ijtimoiy siyosatga, huquqiy madaniyatga, jamiyatning ma’naviy etukligi va demokratiyalashuviga uzviy ravishda amalga oshiriladigan g‘oyaviy tarbiyaga tayanadi. Jamiyat, davlat va shaxs mafkuraviy xavfsizligini ta’minlash -davlat siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Download 135.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling