Reja Banklar faoliyatini tashkil qilish va uning iqtisodiy va huquqiy asoslari Tijorat banklari vazifalari va ularning mohiyati


Tijorat banklarining passiv operatsiyalari


Download 0.54 Mb.
bet4/7
Sana25.10.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1719828
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
banklarining paydo bolishi va bank tizimi

Tijorat banklarining passiv operatsiyalari
Rezerv kapitali bank operatsiyalaridan zararni qoplash (masalan, vaqtida to‘lanmagan ssudalar) va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan.
Taqsimlanmaydigan foyda — foydani to‘plash va uning aktivlaridan ba’zi turlariga investitsiyalashga (ssudalar yoki investitsiyalar) mo‘ljallangan.
Balansning passiv tizimida bank o‘zlik kapitalining ulushi juda kamdir. Lekin u bank majburiyatlarini bajarish, uning pul qo‘yuvchilari huquqlarini himoya qilish, bankni bankrotligidan ogohlantirish uchun etarli bo‘lishi kerak. Davlat TB faoliyatini nazorat qilish uchun o‘zlik kapitalining aniq bir darajasini talab etadi.
Pul qo‘yuvchilar va boshqa kreditlarning mablag‘larini qabul qilish — bank passiv operatsiyalarining asosiy ko‘rinishi hisoblanadi.
Depozitlar jalb etilgan mablag‘larning asosiy manbai hisoblanadi va quyidagi ko‘rinishlarga ajraladi:
talab etilgunga qadar qo‘yilmalar (muddatsiz depozitlar);
muddatli qo‘yilmalar;
jamg‘arma qo‘yilmalari.
Markaziy rezerv bankidan qarz olish — bu tijorat bankining an’anaviy passiv operatsiyasi hisoblanadi. Bu ularga MB tomonidan resurslarning vaqtinchalik kamomadida yordam berish bilan bog‘liq.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari
Tijorat banklarining aktiv opersiyalari - bu banklarning passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag'larini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta’minlash bilan bog’liq operatsiyalardir. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlami shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma’lum darajada risk, ya'ni qarzdorning defolti (to'lovga qobiliyatsizlik) bilan bog’liq bo ladi.

Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko’ra:

  • Ssuda operatsiyalari (kreditlash)
  • Hisob-kitob operatsiyalari
  • Kassa operatsiyalari
  • Investitsiya va fond operatsiyalari
  • Valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish bilan bog’liq operatsiyalardan iborat.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling