Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
6 mavzu

Qadriyat — voqelikdagi muayyan hodisalarning umum insoniy, ijtimoiy axloqiy, 
madaniy maʼnaviy ahamiyatini koʻrsatish uchun qoʻllanadigan tushuncha. Inson va 
insoniyat uchun ahamiyatli boʻlgan barcha narsalar, mas, erkinlik, tinchlik, adolat, 
ijtimoiy tenglik, maʼrifat, haqiqat, yaxshilik, goʻzallik, moddiy va maʼnaviy 
boyliklar, anʼana, urf-odat va boshqalar Q. hisoblanadi. Ijtimoiy fanlarning qaysi 
sohasida Q.ga doir tadqiqot olib borilgan boʻlsa, bu tushunchaga shu jihatdan taʼrif 
berishga intilishgan. 
Holbuki Q. aksiologiyaga xos kategoriyadir. Q.ni aksiologiya nuqtai nazaridan 
talqin qilish uni kategoriya sifatidagi mohiyati, mazmuni, obyektiv asosi, namoyon 


boʻlish shakllari va xususiyatlarini oʻrganish imkonini beradi. Q. kategoriyasi faqat 
buyum va narsalarning iqtisodiy qimmatini emas, jamiyat va inson uchun biror 
ahamiyatga ega boʻlgan voqelikning shakllari, holatlari, narsalar, voqealar, 
hodisalar. talab va tartiblar va boshqalarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladi. 
Ijtimoiy jarayonlar taʼsirida kishilarning Qadryatlar toʻgʻrisidagi qarashlari oʻzgarib 
boradi. Tarixiy zaruriyatga qarab goh u, goh bu Q. ijtimoiy taraqqiyotning oldingi 
safiga chiqadi. Mas, yurtni yov bosganida — ozodlik, imperiya hukmronligi 
nihoyasida — istiklol, urush davrida — tinchlik, tutqunlikda — erkinlik, kasal yoki 
bemorlikda — sihatsalomatlikning qadri oshib ketadi. Q.lar ijtimoiytarixiy 
taraqqiyot mahsuli sifatida oʻz tarixiy ildizi, rivoji, vorislik jihatlariga ega. Q.lar 
mehnat, ishlab chiqarish sohasidagi faoliyat, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar 
uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar, xattiharakatlar majmuasi sifatida 
yuzaga kelib, ayrim kishilar, ijtimoiy guruhlar faoliyati, xattiharakatini maʼlum 
yoʻnalishga buradigan, tegishli meʼyorga soladigan maʼnaviy hodisaga aylanadi. 
Q.lar umumbashariy, milliy, shaxsiy boʻlishi mumkin. Olam, tabiat va jamiyatning 
eng muhim tomonlarini, qonunqoidalarini, aloqadorliklarini ifodalaydigan Q.lar 
umumbashariy xususiyatga ega. Bunday Q.lar oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan, 
abadiy Q.lardir. Muayyan bir elat, millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, 
madaniyati, maʼnaviyati, urf-odat va anʼanalari, oʻtmishi va kelajagi bilan bogʻliq 
Q.lar milliy Q.lardir. Inson, uning faoliyati, turmush tarzi, eʼtiqodi, umr maʼnosi, 
odobi, goʻzalligi bilan bogʻliq Q.lar shaxsiy Q.lardir. Q.lar komil insonni 
tarbiyalashda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. 
9-MAVZU. FALSAFIY ANTROPOLOGIYA (INSON FALSAFASI) 
REJA: 
1. 
Sharq va G‘arb falsafasida inson muammosi. 
2. 
Falsafiy antropologiyaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, predmeti va 
vazifalari. 
3. 
Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va 


sotsiologizatorlik konsepsiyalari. 
4. 
Hayotning mazmuni va unda insonning vazifasi. 
Falsafa insonni olamning tarkibiy qismi sifatida o’rganadi. Inson shunday murakkab 
va ko’p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yahlit bir butunlik sifatida inson, shahs, 
individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga 
yaqin va ma`nodosh bo’lsa ham, bir-biridan farqlanadi. 
Inson — o’zida biologik, ijtimoiy va psihik hususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli 
mavjudot. Insonning biologik hususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot 
qoldirish, sharoitga moslashish kabilar hos. 
Inson boshqa mavjudotlardan sosial hususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, 
muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, 
iste`mol qilish, boshqarish, o’z-o’zini idora etish, badiiy ijod, ahloq, nutq, 
tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruhsat va ta`qiqlash) shular jumlasidandir. Insonning 
psihik hususiyatlariga ruhiy kechinmalar, hayratlanish, g’am-tashvish, qayg’u, 
iztirob chekish, zavqlanish, kayfiyat kabilar kiradi. 
Inson shu hususiyatlari orqali yahlit bir tizimni tashkil etadi. U yahlit mavjudot 
sifatida o’z ehtiyojlarini qondiradi va insoniyat davomiyligini ta`minlaydi. Insonga 
hos bo’lgan biologik hususiyatlarni ijtimoiy hususiyatlardan ustun qo’yish yoki 
psihologik hususiyatlarni bo’rttirish uning mohiyatini buzib talqin etishga, bir 
yoqlamalikka olib keladi. 


Falsafa tarixida inson tug’risidagi ta`limotlarda biologizm, sosiologizm, 
psihologizm kabi yo’nalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik 
hususiyatlariga, sosiologizm insonning ijtimoiy hususiyatlariga, psihologizm esa, 
ma`naviy, ruhiy, psihologik hususiyatlariga bir yoqlama yondashishga asoslangan 
edi. 
Inson mohiyatini falsafiy jihatdan chuqurroq tahlil qilishda shahs, individ, 
individuallik tushunchalarining mohiyatini bilish va ularni bir — biridan farqlash 
muhimdir. Shahs o’zida sosial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. 
Kishilar shahs bo’lib tug`ilmaydi, balki jamiyatdagina shahs bo’lib shakllanadi va 
rivojlanadi. Chunki insonga hos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy 
yo’l bilan o’tmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, 
madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy ahborot vositalari, mafkura kabi ijtimoiy 
tuzilmalar mavjud bo’ladi. 
Inson ta`lim-tarbiya, mehnat, muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli 
munosabatlar, ahloqiy me`yorlar, siyosiy G’oya, milliy mafkura kabi omillar 
ta`sirida yashaydi, ularni o’zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya`ni shahs 
bo’lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo’ladi. U 
yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko’rsata boshlaydi. 


O’z-o’zini nazorat qilish, o’z-o’zini tarbiyalash, yuksak mas`uliyatni his etish
G’oya uchun kurashish, mustahkam e`tiqodga ega bo’lish, o’z fikr-mulohazalarini 
erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shahsga hos belgilardir. Shahsning 
maqsad, G’oya va ideallari jamiyatdagi mavjud G’oya va mafkura bilan uzviy 
bog’liq ravishda shakllanadi. Milliy G’oya va mafkurani amalga oshirish, ezgu 
ideallar yo’lida hatto hayotini qurbon qilish shahs hayotining bosh maqsadiga 
aylanadi. 
Shaxs mustahkam iymon-e`tiqod, G’oya va insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, Vatan, 
millat tuyg’usi bilan yashaydigan, o’zida davr hususiyatlarini ifoda etadigan 
insondir. 
Jamiyat o’z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni hal etish uchun 
shahsning muayyan tarixiy namunalarini yaratadi. Har bir o’zgargan tarixiy 
sharoitda shahs mohiyatini va mazmunini yangicha tushunish zaruriyati vujudga 
keladi. Bugungi adabiyotlarda harizmatik, shuhratparastlik, tajovuzkorlik va boshqa 
shakldagi shahslar timsoli aks ettirilmoqda. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling