Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
6 mavzu

Bifurkatsiya ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish 
davomining har xilligini nazarda tutadi. (Masalan, bitta oila negizida yangi oila 
paydo bo‘ladi va yangi oila o‘zining rivojlanish tamoyillariga ega bo‘ladi). 
Ularning faoliyati natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin. I.Prigojinning fikriga 
ko‘ra, bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan dalolat beradi. 
N.Moiseevning fikricha, «ijtimoiy tizimning har bir holati bifurkatsiya 
holatidir». 
Kumatoid – suzayotgan ob’ektni anglatadi va ob’ektlarning tizimli 
xususiyatini aks ettiradi. U vujudga kelishi, hosil bo‘lishi, shuningdek, 
yo‘qolishi,parchalanishi mumkin. U o‘zining barcha elementlarini birvarakay 
emas, balki o‘ziga xos «hissiy-o‘ta hissiy» tarzda namoyon etadi. Masalan, 
tizimli ob’ekt –o‘zbek xalqini ma’lum vaqt, makon bo‘lagida ifoda etish va 
mahalliylashtirish mumkin emas. Boshqacha qilib aytganda, ob’ektni yaxlit 
ifoda etish uchun o‘zbek xalqining barcha vakillarini yig‘ish mumkin emas. Shu 
bilan birga, mazkur ob’ekt soxta emas, realdir. Uni kuzatish, o‘rganish mumkin. 
U butun sivilizatsion tarixiy jarayonning yo‘nalishini ko‘p jihatdan belgilab 
beradi. Yana bir misol – talabalar guruhi. U dam paydo bo‘ladigan, dam ko‘zdan 
yo‘qoladigan suzuvchi ob’ekt sifatida o‘zaro aloqalarning deyarli barcha 
tizimlarida namoyon bo‘ladi. Masalan, o‘quv mashg‘ulotlari tugaganidan 
keyin guruh yaxlit ob’ekt sifatida mavjud bo‘lmaydi, ammo institutsiyaviy 


belgilangan ma’lum vaziyatlar (guruh raqami, talabalar soni, guruh tuzilishi, 
umumiy xususiyatlari)da u ob’ekt sifatida namoyon bo‘ladi va o‘z-o‘zini 
identifikatsiya qiladi. Bundan tashqari,mazkur kumatoid guruh a’zolari 
o‘rtasidagi do‘stlik, raqobat va boshqa munosabatlar bilan ham qo‘llab-
quvvatlanadi. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling