Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
6 mavzu

Falsafa metodlari. Falsafa metodlarining asoslari bevosita amaliy 
faoliyat bilan bog‘liq. Turli konkret vazifalarni hal qilishning zaruriy 
shartlaridan biri universal xususiyatga ega bo‘lgan umumiy falsafiy metodlarga 
murojaat qilishdir. Bu metodlar haqiqatni anglashda umumiy yo‘lni ko‘rsatadi. 
Mazkur metodlarga falsafaning qonun va kategoriyalari, kuzatish va tajriba, 
taqqoslash, analiz, sintez, induksiya, deduksiya va hokazolar taalluqli. Agar 
maxsus metodlar ob’ektning qonuniyatlarini o‘rganishning xususiy usullari 
sifatida namoyon bo‘lsa, falsafiy metodlar shu ob’ektlarda namoyon bo‘ladigan, 
alohida xususiyatlardagi harakat, taraqqiyotning eng umumiy qonuniyatlarini 
o‘rganadi. Aynan shu o‘rinda tajriba hal qiluvchi ahamiyatga ega. Har bir metod 
ob’ektning alohida tomonini bilishga imkoniyat yaratadi. Falsafaning eng 
qadimgi keng tarqalgan metodlardan biri dialektika bo‘lsa, ikkinchisi 


metafizikadir. Biroq falsafa metodlari bular bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda 
uning sofistika, eklektika, analitik, (hozirgi zamon analitik falsafasi), intuitiv, 
fenomenologik, sinergetik, germenevtik (tushunish) va boshqa turlari ham 
mavjud. Endilikda turli metodlarni birlashtirish jarayoni ham ro‘y bermoqda 
(masalan, Gadamer germenevtikani ratsional dialektika bilan birlashtirishga 
harakat qiladi). 
«Dialektika» (yunon. «dialektike» – «bahs», «suhbat») tabiat, jamiyat va 
bilish taraqqiyoti qonuniyatlari hamda ularning asosida shakllanadigan umumiy 
tafakkur uslubi va amaliy faoliyat haqidagi ta’limotdir. U grek tilida bahs va 
suhbatlashish san’ati, degan ma’noni anglatadi. Antik dunyo faylasuflari uni 
haqiqatga erishish yo‘li va usuli sifatida talqin etganlar. Hozirgi davrga kelib, 
dialektika olamdagi narsa va hodisalar doimo o‘zgarishda, o‘zaro aloqadorlik va 
bog‘liqlikda, taraqqiyot va rivojlanishda, deb tushunishga asoslanadi. Unga 
ko‘ra, olamda o‘z o‘rniga va joyiga, yashash vaqti va harakat yunalishiga ega 
bo‘lgan barcha narsalar va voqealar bir-birlari bilan bog‘liq va aloqador tarzda, 
bir-birlarini taqozo etadigan, doimiy va takrorlanib turadigan bog‘lanishlar 
orqali namoyon bo‘ladi. 
Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan. Antik 
davr dialektikasi sodda va stixiyali bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. 
O‘sha davrda «Dialektika» so‘zini birinchi bo‘lib, Suqrot (er.av. 469–399 y.) o‘z 
falsafiy faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani mayevtika (harflarni yaratish 
san’ati) bilan taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday dialektik usuldirki, 
uning natijasida raqib nutqidagi ichki ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash 
jarayonida yangi ixtilofli fikr-mulohazalar paydo bo‘ladi. Suqrot boshqalarni 
haqiqatni izlashga da’vat etar ekan, o‘z onasi doya Fenareti ishini davom 
ettirayapman, deb izohlaydi. «Dialektika» so‘zi paydo bo‘lishiga qadar antik 
falsafada mazmuniga ko‘ra, dialektik bo‘lgan nazariyalar shakllana boshlagan. 
O‘tmish mutafakkirlar o‘z vaqtida dunyoning yagona birligi sokinlik, bu bir 
butunlik ichida doimiy uzluksiz o‘zgarishlar, yaratish jarayoni sodir bo‘luvchi 
koinot haqidagi fikrlarni ilgari surganlar. Ular koinotni o‘zgaruvchanlik va 


barqarorlikning ziddiyati sifatida tasavvur qilganlar. Borliqning umumiy 
o‘zgaruvchanligi bir narsaning ikkinchi narsaga – erning suvga, suvning havoga, 
havoning olovga, olovning efirga aylanishi va qayta takrorlanishi bilan 
xarakterlanadi, deb hisoblaganlar. 
Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa, Kant, 
Fixte, SHelling va Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan. YAngi 
davrning o‘ziga xoc xususiyati shundaki, bu davrga kelib taraqqiyotga yangicha 
munosabat 
shakllandi. 
Dialektik 
metod 
predmetlarda 
emas, 
balki 
munosabatlarda o‘z aksini topa boshladi. Bu cheksizlik haqidagi g‘oyani qayta 
ishlash bilan bog‘liq edi. CHeksizlik g‘oyasining yangicha talqini paradoksal 
nazariya shaklida namoyon bo‘ldi. Bu Kantning planetar tizimlarning 
tumanlikdan paydo bo‘lganligi haqidagi gipotezani yaratishi bilan bog‘liq. 
Bilish nazariyasida Kant ikki mulohazaning ziddiyatliligi antinomiyasini ochib 
tashlar ekan, bunda har ikkalasini etarli asosga ega, deb hisoblaydi. Masalan: 1. 
Dunyo vaqtda boshlang‘ich nuqtaga ega va vaqtda cheklidir. 2. Dunyo vaqtda 
boshlang‘ich nuqtaga ega emas va vaqtda cheksizdir. Kant ziddiyatlarga eskicha, 
ya’ni inson aqlining illyuziyasi sifatida qaraydi. U bu ziddiyatlarni yangi 
nazariya yaratish jarayonida kashf qiladi, biroqundan qutilish yo‘lini ko‘rsata 
olmaydi. Ularga aqlning xatosi sifatida qarash kerakmi? Hissiy idrok qilishda 
xatoga yo‘l qo‘yilar ekan, aqlning xatoligidan shubhalanish to‘g‘rimikan? – 
degan savollarga javob izlagan Kant aqldagi ziddiyatlarni bartaraf qilish yo‘lini 
topadiki, aynan shu yo‘l pozitiv dialektikaning asosi bo‘ladi. Bunda inson aqli 
o‘zgaruvchanligining tarixiyligi tan olinadi, aqlning xatosi esa, tarixiy asosga ega 
bo‘lib, u taraqqiyotning cheksizligi, bilish jarayonini to‘g‘ri tushunish 
qobiliyatiga ega emas. Kant dialektika metodidan yangicha foydalanish 
imkoniyatini ko‘rsatdi, taraqqiyot muammosini yangicha qo‘yish va hal qilish 
zaruriyatini e’tirof etdi. Taraqqiyotning yangi nazariyasini Kant sub’ekt aqlining 
dialektik xarakteri bilan bog‘laydi va sub’ektiv dialektikani asoslab beradi. 
Dialektika taraqqiyotining keyingi imkoniyatlari Gegel falsafasida o‘zifodasini 
topdi. Gegel dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy nazariyasi sifatida 


asoslab bergan. Ma’lumki, o‘rta acp ratsionalizmi tajribaning ahamiyatini va 
nazariyaning empirik paydo bo‘lishini tan olishi bilan xarakterlangan. Gegel 
fikrlari boshqacha xarakterga ega. U, falsafa o‘z xususiyatlarini asoslovchi 
metodga ega bo‘lmas ekan, fan bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi. Gegel dialektik 
metodni mukammallashtirish mumkinligini va u yagona haqiqiy metodligini 
ta’kidlaydi. Falsafa metodi tabiat va ruh taraqqiyotini ifodalovchi fikr harakatiga 
adekvat bo‘lishi lozim. Gegel o‘z metodida shunday adekvatlikka 
erishilganligiga ishonadi. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling