tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan, (falsafiy
kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik
nazariya va simvolik mantiq
vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga
aniqlik kiritish mumkinligi
umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir.
Agar falsafiy kategoriyalar
umumiylikning mumkin bo‘lgan eng yuqori darajasi – muayyan umumiy darajani
o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lsa, umumilmiy tushunchalarga ko‘proq umumiy
mavhum (bir xil) daraja xoski, bu ularni mavhum-formal vositalar yordamida
ifoda etish imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda)
echishda «ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning
«falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar
asosida bilishning tegishli
metodlari, tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning
maxsus
ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o‘zaro aloqasini ta’minlaydi.
Fanlararo tadqiqot metodlari –
asosan fan sohalari tutashgan joyda
amal qiladigan (metodologiyaning turli darajasi elementlarini birlashtirish
natijasida yuzaga kelgan) bir qancha sintetik va integrativ usullar majmui.
Mazkur metodlar kompleks ilmiy dasturlarni
amalga oshirishda keng
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: