Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


«Metod» va «metodologiya» tushunchalari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24
Bog'liq
6 mavzu

«Metod» va «metodologiya» tushunchalari. «Metod» (yunon. 
«metodos» –«usul») keng ma’noda yo‘l, ijodiy faoliyatning har qanday shakli 
kabi ma’nolarni anglatadi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega 
– faoliyatda qo‘llaniladigan ma’lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san’atda va 
h.k.) tizim haqidagi ta’limot yoki metod nazariyasi. 
Fan metodlari – ma’lum fan tarmog‘iga kiruvchi yoki fanlar tutashgan 


joyda vujudga kelgan muayyan fan sohasida qo‘llaniladigan usullar tizimi. Har 
bir fundamental fan, mohiyat-e’tibori bilan, o‘z predmetiga va o‘ziga xos 
tadqiqot usullariga ega bo‘lgan sohalar majmuidir. Fanda, ko‘p hollarda tanlangan 
metod tadqiqotning taqdirini hal qiladi. Aynan bir daliliy materialni turli 
metodlar asosida o‘rganish ziddiyatli xulosalarga olib kelishi mumkin. Ilmiy 
bilishdagi to‘g‘ri metodni xarakterlar ekan, F.Bekon uni, yo‘lovchining yo‘lini 
yorituvchi chiroq bilan qiyoslaydi. Noto‘g‘ri yo‘ldan bora turib, y yoki bu 
masalani hal qilishda muvaffaqiyatga erishishga umid qilish mumkin emas. 
3epo, nafaqat natija, balki unga eltuvchi yo‘l ham to‘g‘ri bo‘lmog‘i lozim. Fan 
metodlarining guruhlarga bo‘linishi bir nechta asoslarga ega. Bilish jarayonida 
uning roli va o‘rni nuqtai nazaridan: formal, empirik, nazariy-tadqiqot, izohlash, 
shuningdek, boshqa metodlarga ajratish mumkin. O‘z navbatida, bilishning sifat 
va son, bilvosita va bevosita original hamda faoliyatli metodlari ham mavjud. 
Metodlarni tanlash va turli metodik tadqiqot faoliyatida qo‘llash o‘rganilayotgan 
hodisa tabiati va qo‘yilgan vazifalar bilan xarakterlanadi. 
Xususiy ilmiy metodlar materiya harakatining asosiy shakliga mos 
bo‘lgan muayyan fanda qo‘llaniladigan bilish usullari, tamoyillari, tadqiqot 
usullari va tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo, biologiya va 
ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular jumlasidandir. Xususiy fanlar 
metodlarining o‘ziga xos xususiyatlari moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: 
mikrofizikada zarralarni tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi 
turli o‘lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining 
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling