Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
Bog'liq
6 mavzu

Intuitsiya – haqiqatni mantiqiy dalillar yordamisiz, bevosita anglab etish 
qobiliyatidir. U doim inson aqli va joni birgalikda amalga oshirgan katta ish 
mahsuli hisoblanadi. SHu ma’noda faqat iste’dodli, mehnatkash va tirishqoq 
odamlargina intuitiv bilishga qodir. Intuitsiya muammosi falsafa va 
tabiatshunoslik tarixida har xil, ba’zan bir-birini istisno etuvchi yondashuvlar, 
nuqtai nazarlar va tasavvurlar bilan tavsiflanadi. Antik falsafadayoq bu muammo 
atrofida keskin bahslar bo‘lgan. Ioniya falsafasi namoyandalari intuitsiyaga 
bevosita bilim, sezgi a’zolari orqali bilish shakli deb qaragan bo‘lsalar, eley 
maktabi vakillari, shuningdek, Levkipp va Demokrit bevosita bilim va sezgi 
a’zolari orqali bilishni rad etganlar, sezgilarni soxta deb e’lon qilganlar. Suqrot 
talqinida intuitsiya «daymoniy» yoki «predmet g‘oyasiga egalik»dir. Platon ham 
hissiy bilishni haqiqat emas deb hisoblagan. 
Hissiy, empirik va nazariy bilish birligi. Ko‘p sonli ma’lumotlar sezgi 
a’zolari orqali va oqilona bilish nafaqat bir-biri bilan bog‘liq, balki bir-birini 
taqozo etishidan dalolat beradi. Inson ruhiyati bir-birini belgilashning ko‘p sonli 
zanjirlariga ega bo‘lgan murakkab tizimidir. SHu sababli, sezgining mazmuni 
nafaqat tashqi ta’sirlantiruvchi kuch, balki tafakkur, xotira,xayolning holati bilan 
ham belgilanadi. Sezish va tafakkur mumkin bo‘lgan narsalar o‘zaro 
mushtarakdir. 
Bilishning empirik va nazariy darajalarini farqlash mezonlari. 
Nazariy va empirik narsalar va hodisalar muammosi xususida juda ko‘p 
metodologik adabiyotlar mavjud. Bilishning bu darajalarida XX asrning 30-
yillarida pozitivizm ta’limotida fan tilini tahlil qilish natijasida empirik va 
nazariy atamalar ma’nosidagi farqlar aniqlangan. Bu farq tadqiqot vositalariga 
ham taalluqli. Biroq, bundan tashqari, tadqiqot predmetining xususiyati va uni 
o‘rganish metodlarining har xilligini e’tiborga olib, ilmiy bilishning ikki 
darajasini ham farqlash mumkin. Bu farqlarni mufassalroq ko‘rib chiqamiz. 
Nazariy va empirik tadqiqot vositalarining o‘ziga xos xususiyatlari 
quyidagilarda namoyon bo‘ladi. 


4. 
Haqiqat – bilish nazariyasining bosh kategoriyasi. U borliqning 
bilishdagi ideal ifodasi, chunki haqiqat ongdan, bilayotgan sub’ektdan tashqarida 
va undan qat’i nazar mavjuddir. Haqiqat – bilimlarning ob’ektiv borliqqa 
muvofiq bo‘lgan mazmuni. U bilish jarayoni, bilish in’ikosining natijasidir. 
Haqiqat ilmiy nazariyada mujassamlashgan anglab etilgan tasdiqlovchi 
mulohazalar ko‘rinishida o‘z ifodasini topadi. Har qanday ilmiy nazariya 
rivojlantirilishi, ba’zan boshqa, yanada haqiqiyroq nazariya bilan almashtirilishi 
lozim. SHu ma’noda haqiqat – bilish rivojlanishining yakuni va omilidir. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling