Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari
Download 434.91 Kb. Pdf ko'rish
|
6 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyotning tarkibiy qismlari
Amaliyot. Bilishning negizini amaliyot tashkil etadi. Bu insonning butun
bilish jarayoni sezgilardan boshlab ilmiy mavhumliklarga qadar ijtimoiy-amaliy faoliyat asosida rivojlanishi, uning ehtiyojlari va muvaffaqiyatlari bilan belgilanishi va yo‘lga solinishini anglatadi. Amaliyotning tarkibiy qismlari: 1) maqsad; 2) maqsadga muvofiq faoliyat; 3) amaliyot vositalari; 4) amaliy harakat ob’ekti; 5) harakat natijasi kabilar. Maqsad sub’ektga yoki odamlar guruhiga xos. Maqsad – erishish mo‘ljallangan kelajakning sub’ektiv obrazi. Pirovard maqsad muqarrar tarzda muayyan predmetlarga bog‘lanadi, deb o‘ylash yaramaydi. Insonning chegara bilmas intilishi bilan tavsiflanadigan ideal ham maqsad bo‘lishi mumkin. Maqsad haqidagi falsafiy ta’limot – teleologiya, deb ataladi. Amaliyot o‘z maqsadlarini ko‘zlovchi odamning faoliyatidir. Shu sababli u maqsadga muvofiq faoliyat hisoblanadi. Bu faoliyatning o‘zi maqsad timsoli sifatida amal qiladi. Bu erda sub’ekt muqarrar tarzda g‘ayri niyatni emas, balki kuchni tan oladigan tabiat bilan to‘qnashadi. Inson tabiatga tabiiy kuch sifatida qarshi turadi. Maqsadga erishish uchun ishga solinadigan hamma narsa amaliyot vositasi deb ataladi. Bu nafaqat mashinalar, mehnat qurollari, balki odamlarning bilimlari va hayot tajribasi hamdir. Harakat qaratilgan narsa amaliyot ob’ekti deb ataladi. Faoliyat mahsulotda to‘xtaydi, maqsad ro‘yobga chiqadi. Ro‘yobga chiqqan maqsad maqsad emas. Imkoniyat borliqqa aylanadi; amaliy harakat bajariladi. Amaliy harakatlar estafetasi inson amaliyoti, uning faol hayotini tashkil etadi. Amaliyot natijasiga erishish bosqichida sub’ekt o‘z harakatlarining samaradorligini, ularga yo‘ldosh bo‘lgan emotsional va oqilona jihatlarni baholash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Amaliyot haqiqat mezoniga aylanadi. Amaliyot haqiqatning birdan-bir mezoni emas, biroq u haqiqatni baholashning bosh mezonlaridan biri sifatida tan olinadi. Inson o‘z tafakkurining haqiqiyligini, uning butun qudratini amaliyotda isbotlab berishi lozim. Amaliyot tarkibida har xil ahamiyatga ega bo‘lgan nisbatan mustaqil jihatlar mavjud bo‘lib ular falsafiy ta’limotlar mazmunida o‘z aksini topadi. Kantchilar amaliyotni tahlil qilishda sub’ektning faolligidan kelib chiqadilar. Markschilar amaliyot vositalarini birinchi o‘ringa qo‘yadi. Vaholanki, amaliyot yaxlit hodisa bo‘lib, bu erda hamma narsa o‘zaro bog‘langandir. Amaliyotni tarkibiy qismlarga ajratish va ular o‘rtasida subordinatsiya o‘rnatish doim ham o‘rinli bo‘lavermaydi.Dunyodagi barcha narsalar va hodisalar kabi amaliyot ham u yoki bu darajada rivojlangan shakllarda mavjud bo‘ladi. Nafaqat ijtimoiy ishlab chiqarish,balki insonning har qanday faoliyati amaliyot hisoblanadi. Masalan, individual tafakkur jarayoni ham amaliyotdir. Amaliyotda nafaqat ishchi va muhandis, balki siyosatchi, olim, xullas, har bir odam ishtirok etadi. Agar tabiiy jarayonlar inson faoliyati sohasi bilan bog‘liq bo‘lmasa, ular amaliyot sohasiga kirmaydi. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etish lozimligi to‘g‘risida ko‘p so‘z yuritiladi, demak, nazariya amaliyotga zid bo‘lishi mumkin. Boshqa bir yondashuvga ko‘ra, yaxshi nazariyadan amaliyroq narsa yo‘q. Nazariya va amaliyot o‘rtasidagi soxta tafovutni bartaraf etish emas, balki amaliyotni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish muhim vazifadir. Samarali ish ko‘radigan sub’ekt va jamiyat yaxshi amaliyotchidir. Amaliyot shakllariga kelsak, ular inson faoliyatining tarkibiga muvofiq ancha ko‘p. Masalan, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy hayot amaliyoti, san’at va fan amaliyoti, til amaliyoti va hokazolar bor. Falsafa amaliyotga kategoriyalar, ya’ni amaliyotning barcha shakllariga xos bo‘lgan umumiy jihatlar nuqtai nazaridan yondashadi. 5. Download 434.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling