Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari
Download 434.91 Kb. Pdf ko'rish
|
6 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bashorat qilish
Mulohaza – fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash
yo‘li bilan biror narsa haqidagi biron-bir fikr tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Masalan, «Terak – o‘simlik» degan shunday bir mulohazaki, unda terak haqida uning o‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash yoki rad etish,soxtalik yoki haqiqiylik, shuningdek, ehtimol tutilgan narsalar bor joyda biz mulohazalarga duch kelamiz. Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o‘z holicha tushunchalar mavjud bo‘lgan va ular birbiri bilan mantiqan bog‘lanmaganida, tafakkur jarayoni ham bo‘lmas edi. Ma’lumki, so‘zning hayoti faqat nutqda, gapdagina haqiqiydir. Xuddi shuningdek, tushunchalar ham faqat kontekstda «yashaydi». Ayrim tushuncha sun’iy «preparat», masalan, organizmdan ajratib olingan hujayra bilan barobar. Tafakkur – biror narsa haqida xulosa chiqarish demak. Bunda biz mulohaza ko‘rinishida ifodalay olmaydigan tushuncha biz uchun mantiqiy ma’noga ega bo‘lmaydi. Mulohaza (yoki mulohazalar) – keng ma’noda ifodalangan tushuncha, tushunchaning o‘zi esa – toraytirilgan mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish mumkin.Nima yuksakroq – tushunchami yoki mulohaza, degan masala atrofidagi bahslar sxolastik, shuning uchun ham besamardir.Fikrning bevosita, moddiylashtirilgan ifodasi bo‘lgan gap mulohazani,ifodalashning og‘zaki shaklidir. Har qanday mulohaza sub’ektning predikat, ya’ni tavsiflanayotgan narsa yoki hodisa bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning mantiqda ko‘rilmaydigan turlari sub’ekt, predikat va ular o‘rtasidagi aloqaning ehtimol tutilgan modifikatsiyalari bilan bog‘liq. Biz: «Olov kuydiradi», deymiz. Bu – mantiqan sub’ekt predikat bilan bog‘langan hukm. Olovni ham, kuyishni ham sezish mumkin, biroq ular o‘rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi. Sub’ektning o‘zgarishiga qarab mulohazalar, masalan, shaxssiz bo‘lishi mumkin: «Tong otyapti», «Kayfiyat yo‘q». Yakka, ayrim va umumiy mulohazalar farqlanadi: «Nyuton tortilish qonunini kashf etgan» Xulosa – mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida mavjud mulohazalardan yangi mulohaza – xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash yo‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi. Inson narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti bilan hozirgi zamon chegaralaridan o‘tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma’lum bo‘lmagan narsalarni oldindan ko‘rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va muqarrar bo‘lgan voqealarni bashorat qilishi mumkin. Bashorat qilish «murakkab narsani oddiy narsaga aylantirish»ning oliy darajasini tashkil etadi. Ilmiy bilim taraqqiyoti ilmiy bashorat kuchining o‘sishi va mazkur hodisa chegaralarining kengayishi bilan bog‘liq. Bashorat qilish jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish imkonini beradi. Ilmiy bilish nafaqat kelajakni bashorat qilish, balki bu kelajakni ongli ravishda shakllantirish uchun imkoniyat yaratadi. Har qanday fanning hayot mazmunini shunday tavsiflash mumkin: bashorat qilish uchun bilish, ish ko‘rish uchun bashorat qilish kerak. Masalan, D.I.Mendeleev yuz yil keyin kashf etilgan kimyoviyelementlarning mavjudligini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling