Reja: Bilish nazariyasining predmeti va o‘ziga xos xususiyatlari


Download 434.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana15.06.2023
Hajmi434.91 Kb.
#1486164
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
6 mavzu

Sofistika. Sofistika falsafiy metodlar jumlasidan bo‘lib, Qadimgi 
Yunonistonda, miloddan avvalgi V va IV asrning birinchi yarmida ijtimoiy-
siyosiy hayotda xususiy bir yo‘nalish sifatida paydo bo‘lgan. Sofistika 
namoyandalari: Protagor, Gorgiy, Gippiy, Antifont va boshqalardir. 
Sofistikaning paydo bo‘lishi, antik YUnonistonda iqtisodiy taraqqiyotga bo‘lgan 
ehtiyoj bilan bog‘liq. Bu oila urug‘ an’analaridagi turg‘unlikni bartaraf qilish, 
yangi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarga ehtiyoj davri edi. Sofistikaning inqirozi 
eramizdan avval IV acp o‘rtalarida boshlandi. Eramizning II asrida klassik 
yunon sofistlarining g‘oya va uslublarini qayta ishlashga intiluvchi yangi oqim 
paydo bo‘ldi. 
Sofistika mavjud nazariya va ma’lumotlarni saqlashga intiladi. U, yangi 
fikr eski fikrning bir qismi ekanligini asoslashga yoki mantiq qonunini tuzib, 
mavjud bilimlar tizimini barcha ziddiyatlardan tozalashga harakat qiladi. Bu 
metoddan semantik va mantiqiy qonunlarda istalgan isbotlash uchun 
foydalaniladi. Ko‘pgina darslik va qo‘llanmalarda bu ibora yunon tilidagi 
«sopism» so‘zi asosida, ya’ni ataylab xilma-xil ma’noga ega bo‘lgan 
tushunchalarni ishlatish orqali kerakli, ammo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, 
ko‘chma ma’nomazmunga erishish usuli, deb ta’kidlanadi. Bu usul 
qo‘llanilganda fikrning mazmuni ko‘chma ma’noda bayon qilinadi, ya’ni 
«Qizim, senga aytaman, kelinim,sen eshit», deganga o‘xshash holat 
nazarda tutiladi. U, nafaqat, Qadimgi YUnoniston, balki o‘pta asrlarda Evropada 
ham keng tarqalgan. Agar bu usul yolg‘on xulosalarga olib kelsa, nega o‘z 
davrining ko‘pgina dono kishilari undan foydalanganlar, degan savol tug‘ilishi 
mumkin. Ma’lumki, insoniyat tarixida hurfikrlilik va ijtimoiy-siyosiy 


jarayonlarga munosabatni to‘g‘ri ifodalashning iloji qolmagan zamonlar ko‘p 
bo‘lgan. Bunday holni inkvizitsiya hukmron bo‘lgan o‘pta asrlar Evropasiga ham 
tatbiq etish mumkin. O‘sha davrda ham ko‘pgina ziyolilarning ana shu usulga 
suyanmasdan iloji yuq edi. Umuman olganda, falsafada 
«do‘ppi tor kelib qolgan» ana shunday zamonlarda fikrni Gulxaniyning 
mashhur «Zarbulmasal» acapi kabi ifodalash hollari uchrab turadi. Buni o‘rta 
asrlar Evropasiga nisbatan olsak, unda Servantesning «Don Kixot» acapi nima 
sababdan shunday yozilganligi, uning bosh qahramoni esa nima uchun shamol 
tegirmonlariga qarshi jang qilganligi va bu lavhalar zamirida qanday botiniy 
mazmun yashiringani aniq bo‘ladi. 

Download 434.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling