04.05.23 - 2. Isitish, shamollatish va siqilgan havo ta’minoti.
- Issiqlik ta’minoti. Korxonaning inshootlarini isitishni loyihalanayotganda xonalardagi havoning hisoblangan parametrlari 8.1-jadvaldagi miqdorlarda qabul qilinadi.
- Ishdan tashqari vaqtda hamma xonalarda iliq haroratni ushlab turish uchun navbatchi isitgich ko’zda tutilishi kerak. Isitish tizimini ishdan tashqari vaqtda navbatchi isitishga o’tkazishni imkoni boricha avtomatlashtirish lozim.
| | | | - Avtomobillarga xizmat ko’rsatish
| | | | | | | | | | | | | | | | - Avtomibillarga texnik xizmat ko’rsatish va saqlash xonalarida shamollatish bilan moslashgan havo isitgich qo’llanilishi kerak. Bu tizim havo is itish jihozlarini markazlashgan yoki markazlashmagan holda joylashtirish yordamida amalga oshiriladi.
- Markazlashgan bug’-havo isitish usulida havo markaziy kamerada isitiladi va u yerdan markazdan qochma ventilyator hamda metali havo yuritgich va pol tagidagi kanallar yordamida xonalarga tarqatiladi.
- Markazlashmagan holda isitishda yaxlit blokka o’rnatilgan kalorifer, ventilyator va elektrodvigateldan foydalaniladi.
- Havo uzatish agregatlarini kolonnalar yoki devorlarda joylashtirilishi lozim.
- Ta’mirlash-tayyorlov va omborxonalarni isitishda past bosimli yoki yuqori bosim (maxalliy isitish asboblari) bug’li isitish tizimi qo’llaniladi.
- Avtomobillarni saqlash xonalari bilan darvoza yoki eshik bilan bog’langan ishlab chiqarish xonalarida qo’shimcha joy ko’zda tutiladi va u yerga uzatilayotgan havo miqdori hisobdagidan 10 % ga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |