- Shamollatish tizimi. Avtoservis korxonalarining ishlab chiqarish inshootlari mehnat muxofazasi talablari asosida shamollatish jihozlari bilan ta’minlangan bo’ladi. Chunki ishlab chiqarish texnologik jarayonlarida yuzaga keladigan (yonilg’i va elektrolitning bug’lanishi, bo’yoqlar gazlari, avtomobil dvigatellaridan chiqadigan yonish mahsulotlari va h.k.) va havo tarkibiga qo’shiladigan har xil gazlar inson organizmiga zaharlovchi ta’sir ko’rsatadi. Bundan tashqari bu gazlar ta’minot tizimi jihozlarini va akkumulyatorlarni ta’mirlash, bo’yoqchilik ustaxonasida, ko’rish xandaqlarida, moy materiallari omborlarida havo tarkibida portlashga moyil qo’shilmalar yuzaga keltirishi mumkin.
- Bu holatlarning oldini olish maqsadida barcha turdagi korxonalarning ishlab chiqarish binolarida shamollatish tizimi tashkil qilinadi. Shamollatish tizimining asosiy vazifasi havo tarkibida gazlar konsentratsiyalarini hosil bo’lishiga yo’l qo’ymaslik va havoning mehnat muxofazasi qoidalari va yong’inga qarshi talablar asosida belgilangan maqdorlarda almashinib turishini ta’minlashdir.
- Mahalliy shomollatish uskunalari ish joyida ajralib chiqadigan zaharli gazlarni bino ichkarisida tarqalishiga yo’l qo’ymay tashqariga chiqarib yuboradi. Bundagi shomollatish ventilyatorlarining quvvati quyidagicha aniqlanadi:
- bu yerda: V2 – bir soat ichida so’rib olinishi kerak bo’lgan gazlar va havo qo’shilmalari miqdori, m3/s;
- F – so’rish shkafining ochiq yuzasi, m2;
- v – so’rish yuzasidagi gazlar va havo qo’shilmalarining harakat tezligi, m/s.
Do'stlaringiz bilan baham: |